Xalqaro mintaqaviy taraqqiyot banklari
Nomi va
joylashgan
joyi
Tash-
kil
topgan
yili
A’zo
mamla-
katlar
soni
Shundan
rivojla –
nayotgan
Ustav
kapita-li
Shundan
to‘langa-ni
Loyiha –
larni
moliya-
lashti-
rish
Mlrd dollar
Amerikalararo
taraqqiyot
banki (ATB),
Vashington
1959
46
30
101,0
4,3
13,6
Afrika
tarqqiyot banki
(AfTB),
Abidjon
1963
77
51
29,7
2,0
2,6
Osiyo
taraqqiyot
banki (OTB),
Manila
1965
61
45
47,0
3,0
5,4
368
AfTB tashkil topgan paytda unga a’zo mamlakat sifatida faqat
Afrika qit’asidagi mamlakatlar kirishi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq,
keyinchalik bankning moliyaviy resurslari bazasini shakllantirishda
muammolar vujudga kelganligi sababli rivojlangan mamlakatlarni a’zo
bo‘lishiga ruxsat berildi.
Xalqaro valyuta va kredit tashkilotlari ichida Xalqaro hisob
kitoblar banki (Bazel) alohida o‘rin tutadi. HHKB 1930 yilda oltita
mamlakat (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya va
Yaponiya)ning
hukumatlararo
Gaga
shartnomasi
va
shu
mamlakatlarning konventsiyasi asosida Shveytsariyada tashkil etildi.
XHKB dunyodagi barcha banklar uchun kapitalning yetarliligi
bo‘yicha xalqaro talablarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
Masalan, XHKB banklar kapitalini ularning riskka tortilgan aktivlariga
nisbatan umumiy kapitali bo‘yicha 0,08 va asosiy kapitali 0,04
bo‘yicha koeffitsiyent bo‘lishi zarurligi belgilagan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aynan shu talablarni,
mos ravishda 0,05 va 0,1 koffitsiyentda o‘rnatgan. Xususan,
malakatimiz tijorat banklari banklarida ushbu talab yuqori darajada
bajarilayotganligini Prezidentimiz Islom Karimov alohida e’tirof etib:
“Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa
banklar monitoringi bilan shug‘ullanadigan xalqaro Bazel qo‘mitasi
tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar
ko‘pdir
100
” deya ta’kidladilar.
XHKB – markaziy banklarning banki. XHKBga uning ustavi
bo‘yicha ikkita asosiy vazifa qo‘yilgan. Birinchisi, markaziy banklar
o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rag‘batlantirish, xalqaro moliyaviy operat-
siyalarni amalga oshirishga qulay muhit yaratish; ikkinchidan, unga
a’zo mamlakatlar o‘rtasida xalqaro kredit va boshqa operatsiyalarni
amalga oshirishda bank – agent yoki bank – depozitariy sifatida
faoliyat yuritadi.
XHKBning asosiy moliyaviy resurs manbasi Markaziy bank-
larning qisqa muddatli (asosan 3 oy muddatga) depozitlari yoki
oltinlari hisoblanadi. Aktiv operatsiyalari sifatida bankning Markaziy
banklarga xorijiy valyutalarda beradigan kreditlarini ta’kidlash
mumkin.
100
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir. T: O‘zbekiston, 2010. B 36.
369
Do'stlaringiz bilan baham: |