Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

20.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
 
Fransiyaning  sobiq  Prezidenti  Fransua  Mitteran  1989  yilning  25 
oktyabrda  Yevropa  parlamentining  yig‘ilishida  Yevropa  tiklanish  va 
taraqqiyot  banki  (EETB)ni  tashkil  etish  tashabbusi  bilan  chiqdi. 
Shundan  so‘ng  1990  yil  29  mayda  Parijdagi  kelishuvga  asosan  EETB 
ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.  
1991  yil  15  –  17  aprel  kunlari  bank  boshqaruv  kengashining 
birinchi  yig‘ilishi  bo‘lib  o‘tdi va  unda  bank  ta’sischilari  bo‘lgan  40  ta 
mamlakat  va  2  ta  xalqaro  tashkilot,  ya’ni  Yevropa  ittifoqi  (EI)  va 
Yevropa investitsiya banki (EIB) ishtirok etdi.  
ETTB  faoliyatining  eng  asosiy  jihatlarini  quyidagilarda  ko‘ri-
shimiz  mumkin.  1991  yilning  noyabrida  ETTBning  Varshava  vako-
latxonasi  ochildi  va  Estoniya,  Latviya  va  Litva  davlatlari  bankga 
a’zoligi  tasdiqlandi.  Bugungi  kunda  ETTBning  aksiyadorlari  60 
mamlakat,  EI  va  EIB  xalqaro  tashkilotlar  hisoblanadi.  Umumiy  imzo-
langan kapital – 1964 mlrd yevro, to‘langan kapital – 5,2 mlrd yevro.  
ETTBning  faoliyat  maqsadi  va  asosiy  vazifasi  bozor  muno-
sabatlarini 
rivojlantirish 
va 
jahon 
iqtisodiy 
integratsiyasini 
chuqurlashtirish  uchun  tashkil  etish  hisoblanadi.  Shu  nuqtai  nazardan 
ETTBning  asosiy  vazifasi  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mam-
lakatlarida,  Rossiya  va  Markaziy  osiyo  mamlakatlarida  rejali  iqtiso-
diyotdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  jarayonlarini  tezlashtirishdan 
iborat.  Bugungi  kunda  ETTB  loyihalari  Yevropa  va  Osiyoning  27 
davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli 
o‘laroq,  bank  nizomiga  asosan  loyiha  amalga  oshirilayotgan 
davlatlarda  ko‘p  partiyaviylik,  plyuralizm  va  bozor  iqtisodiyoti 
tamoyillari amal qilishi shart.  
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali: 
-  sanoatda tarkibiy islohatlar o‘tkazish; 
-  raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; 
-  moliyaviy 
tashkilotlar 
faoliyati 
va 
huquqiy 
tizimni 
barqarorlashtirish; 
-  xususiy  sektorni  rivoji  uchun  infrastrukturani  qo‘llab  quvvat-
lash; 
-  korporativ  boshqaruv  tizimini  tadbiq  etish,  shu  jumladan 
tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi. 


366 
ETTBning  tarkibiy  tuzilishi  va  faoliyati  ustidan  boshqaruv 
kengashi,  direktorlar  kengashi  va  bank  prezidenti  nazorat  olib  boradi. 
Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo‘lib, bankning har bir 
a’zosidan  ikkitadan  shaxsni  boshqaruvchi  va  uning  muovinini  o‘z 
ichiga  oladi.  ETTBga  a’zo  mamlakatlar  xohishiga  qarab,  bu  shaxslar 
istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. 
Direktorlar  kengashining  23  a’zosi  bo‘lib,  uning  ikkitasi  EI  va 
EIB  tomonidan;  6  ta  direktor  AQSh,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya, 
Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar 
saylash bir xil davlatlarga to‘g‘ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 ta-
si  istisno  tariqasida  loyiha  amalga  oshirilayotgan  mamlakatlar 
tomonidan  va  6  tasi  donor  va  loyiha  amalga  oshirilayotgan  davlatlar 
kelishuviga ko‘ra saylanadi. ETTBni yig‘ilishlarida ovoz berish tartibi 
aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi.  
ETTB  ustav  kapitali  tarkibida  EI  va  EIBning  kvotalari  51  %  ni, 
Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  davlatlariniki  –  13%,  boshqa  Yevropa 
mamlakatlariniki  –  11%  ,  boshqa  a’zo  mamlakatlar  hissasiga  –  24  % 
kvota  to‘g‘ri  keladi.  Bankning  kapitali  tarkibida  eng  yuqori  ulush 
AQSh  (10%),  Italiya,  FRG,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya  va  Yaponiya 
(8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  
ETTBning  kredit  siyosatiga  e’tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  asosan 
a’zo  –  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  shuningdek 
hamkorlikda  sindikat  kreditlarini  berish,  korxonalarning  ustav 
kapitaliga  investitsiyalar  kiritish,  qimmatli  qog‘ozlarni  joylashtirishni 
kafolatlash,  mamlakat  infrastrukturasini  rivojlantirish  va  eksport  – 
import  operatsiyalari  bo‘yicha  dasturlarni  qo‘llab  –  quvvatlash 
masalalari alohida o‘rin tutadi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish