Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 tashkil etilgan. U
XTTB va XRAga nisbatan boshqa strategik siyosatni amalga oshiradi.
XMK asosan xususiy sohani kreditlash bilan shug‘ullanib, uning
kreditlari bo‘yicha XTTB va XRAdan farqli o‘laroq, davlat kafolati
talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan loyiha summasining
25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7 – 8 yil va eng
yuqorisi 15 yilgacha berilishi mumkin. XMKning moliyaviy resurslari
xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish asosida
shakllantiriladi. ,
Do'stlaringiz bilan baham: |