Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.) 
1970  yillarning  boshida  AQSh  iqtisodiyotida  inflyatsiya 
darajasining  yuqoriligi  Bretton  –  Vuds  tizimi  faoliyatini  davom 
ettirishiga  ham  jiddiy  xavf  sola  boshladi.  Inflyatsiyani  oldini  olish 
maqsadida 1971 yilning 15 avgustida AQSh Prezidenti Nikson barcha 
ish  haqi  va  narxlarni  muzlatdi,  shuningdek,  Bretton  –  Vuds  tizimi 
qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi.  
Xususan,  AQSh  Yevropa  mamlakatlari  Markaziy  banklari 
hisobvaraqlarida  yig‘ilgan  dollarni  oltin  bilan  so‘ndirish  xususidagi 
talabini  qondirishdan  bosh  tortdi.  AQSh  Prezidenti  oltin  standartidan 
butunlay voz kechganligi to‘g‘risida axborot berdi. Jahon pul tizimi 30 
yillarning tartibsizligiga qaytdi.  
1930  yillarda  AQShda  dollarni  oltinga  bog‘liqligini  saqlanishi, 
jahon pul tizimidagi tartibsizliklarni chuqurlashib ketishini oldini olgan 
edi.  Endilikda,  dollar  oltin  bilan  ta’minlanmagan  oddiy  qog‘oz  pulga 
aylangan  edi.  Bu  o‘z  navbatida  iqtisodiy  salbiy  oqibatlarni:  valyuta 
to‘siqlari,  devalvatsiyaning  ortishi  xalqaro  savdo  va  investitsiya 
faoliyatini  to‘xtashi  kabi  moliyaviy,  iqtisodiy  “urush”ni  yuzaga 
kelishiga,  jahon  moliyaviy  –  iqtisodiy  inqirozi  bo‘lishiga  jiddiy  xavf 
tug‘dirdi.  
Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy – iqtisodiy inqirozni 
oldini  olish  uchun  turli  chora  –  tadbirlar  loyihalarini  ishlab  chiqdi. 


336 
1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh 
tomonidan ilgari surilgan taklif Yamayka konferentsiyasida muhokama 
qilindi  va  tasdiqlandi.  Ushbu  kelishuvga  asosan  jahon  valyuta  tizimi 
oltin bilan ta’minlanmagan bo‘lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu 
davrdan boshlab, oltin milliy valyutalarning ta’minlanganlik vazifasini 
bajarishni to‘xtatdi.  
AQSh  Prezidenti  Nikson  tomonidan  jahon  valyuta  tizimiga 
kiritilgan  yangilik,  amaldagi  Bretton  –  Vuds  tizimi  yoki  20  yillarning 
oltindeviz standartidan ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan 
mamlakatlar  qat’iy  belgilangan valyuta  kurslarini  saqlashi  bilan birga, 
yangi  tizimga  ko‘ra  valyutalar  oltin  yoki  boshqa  jahon  pullari  bilan 
ta’minlanmaganligi  bekor  qilindi.  Yevropa  valyuta  kurslari  sun’iy 
ravishda baholandi.  
AQSh  dollarining  kursini  doimiy  35  doll  darajada  bo‘lishini 
ta’minlashi  to‘g‘risidagi  kelishuvga  asosan  dollarning  devalvatsiyasi 
38 dollar qilib belgilandi.  
Yangi  valyuta  tizimida  valyutalarning  yagona  ayriboshlash 
qoidalarining mavjud emasligi, ularni qat’iy ayriboshlash kursini amal 
qilishida  kelishmovchiliklarni  keltirib  chiqardi.  Shuningdek,  Smitson 
kelishuvida  AQShdagi  inflyatsiyani,  dollar  kursi  va  tashqi  savdo 
kamomadini tartibga soluvchi qoidalarning yo‘qligi, iqtisodiy vaziyatni 
yanada chuqurlashtirdi. 
Yevropa  mamlakatlari  iqtisodiyotida  “yevrodollar”  massasini 
muntazam  o‘sishi,  oltinga  ayriboshlash  shaklining  barham  topishi 
natijasida erkin bozordagai oltinning bahosi 215 dollargacha ko‘tarildi. 
Mamlakatlar  valyuta  ayriboshlash  kurslari  o‘rtasidagi  nomutanosib-
liklarni  kelib  chiqishi,  dollarga  yuqori  baho  berilganligi  va  Yevropa, 
Yaponiya  davlatlari  valyutalari  sun’iy  baholanganligidan  dalolat 
bergan edi. Buning natijasida 1973 yilning fevral – mart oylarida jahon 
moliya  bozori  ishtirokchilari  sarosimaga  tushdi.  Chunki,  dollarga 
ishonchsizlikni yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan 
bosh  tortdi.  Shunday  qilib,  Smitson  kelishuvi  imzolanishidan  bir  yil 
o‘tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham topdi.  
Smitson  kelishuvida  belgilangan  qoidalarni  o‘zini  to‘liq  oqlama-
ganligi  dollarga  bo‘lgan  ishonchsizlikni  yanada  kuchaytirdi.  Moliya 
bozoridagi  tartibsizliklar  dollar  dealvatsiya  qilinishini  talab  etdi. 
Qog‘oz  pullarning  suzib  yuruvchi  kursida,  valyuta  kurslari  talab  va 
taklifdan  kelib  chiqib  erkin  aniqlandi.  Bu  esa,  Yevropa  valyuta 


337 
birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi, Shveysariya franki 
va  Yaponiya  iyenasi  kabi  qattiq  valyutalarni  qadri  ko‘tarilishiga  olib 
keldi.  Shu  qatorda  yevrodollar  muammosining  barham  topishi  bilan 
AQSh  to‘lov  balansi  kamomadi  ham  me’yorlashdi.  Chunki,  dollar 
kursi  tushishi,  AQShning  jahon  bozoridagi  tovarlari  bahosiga  ijobiy 
ta’sir  qildi  va  Amerika  eksportini  o‘sishini  ta’minladi.  O‘z  navbatida 
valyuta  bozorini  tartibga  solish  uchun  vaqti  –  vaqti  bilan  davlat 
tomonidan  valyuta  interventsiyasi  o‘tkazilishi,  valyuta  bozorini  erkin 
faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatdi.  
Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar 
mavjudiligi  ayon  bo‘ldi.  Chunki,  qattiq  valyutaga  ega  bo‘lgan 
mamlakatlar  milliy  valyutasining  qadrini  o‘sishi  iqtisodiyotga  salbiy 
ta’sir  ko‘rsata  boshladi.  Ya’ni  milliy  valyutaning  uzoq  vaqt  o‘sish 
tendentsiyasiga  ega  bo‘lishi,  milliy  ishlab  chiqaruvchilar  tovarlarini 
narxini  o‘sishiga,  iste’mol  tovarlari  bozorini  Amerika  tovarlari  bilan 
to‘lishiga  olib  keldi.  Iqtisodiyotda  shu  kabi  holatlarni  oldini  olish 
maqsadida  boshqa  davlatlar  1930  yillarda  bo‘lgani  kabi,  turli 
valyutaviy  nazoratlar,  valyuta  devalvatsiyasi  va  boshqa  iqtisodiy 
me’yorlar  joriy  qilindi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  dollarning 
qadrsizlanishi, Amerikada import tovarlarining bahosini o‘sishiga ta’sir 
ko‘rsatdi.  Boshqa  davlatlarda  arzon  amerika  tovarlariga  bo‘lgan  talab 
yanada  ortadi.  AQSh  bozorlarida  esa  eksport  tovarlarini  hajmini 
kamayishi,  ichki  bozorda  bunday  tovarlarning  (go‘sht  va  bug‘doy) 
bahosini  o‘sishiga  olib  keldi.  Aytish  joizki,  dollarning  qadrsizlanishi 
eksporterlarga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan  bo‘lsa,  bu  –  inflyatsiya 
solig‘ini  to‘layotgan  iste’molchilar  to‘lov  qobiliyatiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatgan.  
AQShning 1971  yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan 
voz kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib yuruvchi valyuta kurslarini 
joriy  qilinishi,  jahon  valyuta  tizimida  uzoq  vaqt  inflyatsiyani 
saqlanishiga  sabab  bo‘ldi.  Qog‘oz  pul  nazariyasi  tarafdorlari  bo‘lgan 
keynschilar va Milton Fridman kabi iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi 
natijasida  dollarni oltinga  nisbatan  kursi  8  –  10  dollargacha  tushishini 
taxmin  qilishgan  edi.  Amaliyotda  esa  Bretton  –  Vuds  tizimi  joriy 
etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida 
umuman  pasaymadi.  Aksincha,  1971  yillarga  kelib  oltinning  bozor 
bahosi  bir  necha  marta  oshib  ketdi.  Fransiyaning  davlat  maslahatchisi 
Jak Ryueff tomonidan 50 – 60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar 


338 
miqdoridagi narx taklif qilinishi, AQShning qarshiligiga sabab bo‘lgan 
edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning erkin bozordagi bahosi 70 
dollardan bir necha marta oshdi.  
1973  yilda  butun  davlatlar  iqtisodiyotida  hukm  surayotgan 
inflyatsiyani  ijtimoiy  –  iqtisodiy  oqibatlari  tobora  chuqurlashib  bordi. 
Erkin  bozorda  narxlarni  shakllanishida  noaniqliklar  va  beqarorlik 
yuzaga  keldi.  Bu  jahon  valyuta  tizimini  qat’iy  valyuta  kurslariga  va 
paritetiga asoslangan Bretton – Vuds tizimi qoidalaridan chiqish bilan 
izohlanadi.  
Ya’ni  amaliyotga  valyutalarning  suzib  yuruvchi  kurslarini 
kiritilganligi,  oltinning  rasmiy  qiymatini  yo‘qolganligi  va  AQShning 
boshqa  davlatlar  Markaziy  banklari  hisobvarag‘larida  yig‘ilgan 
“yevrodollar”larni  oltinga  ayriboshlashdan  bosh  tortishi,  Bretton  – 
Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan
95

Mamlakatlar  o‘rtasidagi  savdo  –  iqtisodiy  munosabatlarni  va 
investitsiya  oqimini  qayta  tiklash  maqsadida  1976  yil  Kingston 
(Yamayka)  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  konferentsiyada  Xalqaro  valyuta 
fondi tomonidan yangi valyuta tizimi taklif qilindi. 1978 yilning apreli 
oyida  ratifikatsiya  qilingan  Yamayka  kelishuvi,  valyutalarni  qat’iy 
belgilangan  kurslarini  bekor  qildi.  Shu  bilan  birga,  oltin  likvid  aktiv 
sifatida  Markaziy  banklarda  tayanch  valyuta  bo‘lib  qoldi.  Xalqaro 
valyuta  jamg‘armasi  Yamayka  kelishuvi  doirasida  davlatlarga  valyuta 
kurslarini  aniqlash  qoidalarini  tanlash  xuquqini  berdi.  Yamayka 
kelishuviga asosan oltin demonetizatsiyasi
96
 ko‘zda tutilgan. Ya’ni: 
-
 
ikki  davlat  valyutalari  nisbatida  –  oltin  va  oltin  paritetining 
rasmiy qiymati bekor qilindi; 
-
 
davlat  organlari  va  Markaziy  banklar  dollarni  oltinga  ayribosh-
lash to‘xtatildi;  
                                           
95
  1967  йилда  Франция  Марказий  банки  ҳисобварағида  йиғилган  4,704  млрд  долларни  4,2 
минг  тонна  олтинга  айрибошланиши  ва  олтинга  эркин  конвертирланадиган  франкни  жорий 
қилиши,  кейинчалик  Германиянинг  ҳам  шундай  йўл  тутиши,  1971  –  1973  йилларда  Бреттон  – 
Вудс  тизимини  инқирозга  учратди.  Чунки  АҚШ  нинг  олтин  захиралари  12,5  минг  тоннагача 
камайиб кетиши натижасида Р.Никсон раҳбарлигидаги Президент маъмуриятини олтинни эркин 
айрибошланишига  чек  қўйишига  сабаб  бўлди.  Долларнинг  10  %  га  девальвация  бўлиши 
натижасида олтиннинг баҳоси кўтарилди. Валюта инқирози НАТО таркибидаги АҚШ, Франция 
ва Германия ўртасида келишмовчилик келтириб чиқарди. (

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish