Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968 – 1971 yy.)



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968 – 1971 yy.) 
Yevropada  dollar  massasining  ortib  borishi  va  AQShda  oltin 
zaxiralarini  kamayishi,  London  va  Syurixdagi  erkin  oltin  bozorlarida 
oltinning unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar narxni  ta’minlab turish 
AQShga  qiyinchiliklar  tug‘dira  boshladi.  Mamlakatlar  o‘rtasida 
Bretton  –  Vuds  tizimining  qoidalari  kelishilganda  ushbu  narx 
(oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil 
etgan.  
Amerika  fuqarolariga  1934  yilda  oltinga  egalik  qilish 
ta’qiqlangan  bo‘lib,  boshqa  davlat  fuqarolari  oltin  quyma  va  oltin 
tangalarga  qonuniy  egalik  qilishi  mumkin  bo‘lgan.  Ularning  dollarni 
oltin  bilan  so‘ndirish  imkoniyati  faqat  erkin  bozorda  35  dollarga 
sotish  orqali  amalga  oshirilgan.  Amerikadagi  inflyatsiya  darajasining 
o‘sishi,  dollarning  yanada  qadrsizlanishi  natijasida  AQSh  to‘lov 
balansidagi  kamomad  o‘sdi,  oltinga  egalik  qilgan  fuqarolar  esa  erkin 
bozorda  faol  ravishda  oltin  xarid  qilar  edi.  O‘z  navbatida  AQSh, 
London  va  Syurix  erkin  oltin  bozorlaridagi  oltin  narxini  belgilangan 
miqdorda  ushlab  turish  uchun  qisqarib  borayotgan  oltin  zaxirasidan 
berishga majbur bo‘ldi.  


334 
Erkin  oltin  bozoridagi  dollarga  bo‘lgan  ishonchsizlik,  1968 
yilning  mart  oyida  AQSh  tomonidan  mavjud  pul  tizimga 
o‘zgartirishlar  kiritishiga  olib  keldi.  Ya’ni,  amaldagi  tizimni  saqlab 
qolish  maqsadida,  oltinni  erkin  bozordagi  faoliyatini  to‘xtatish  zarur 
degan  xulosaga  keldi.  Shunday  qilib,  “ikki  pog‘onali  oltin  bozori”: 
oltinni erkin bozori – mustaqil va mamlakatlar Markaziy banklarining 
oltin  hisob  –  kitoblari  –  mustaqil  faoliyat  yurita  boshladi.  AQSh 
taklifiga  binoan  oltinning  erkin  bozor  bahosini  belgilangan  35  dollar 
miqdorida  xarid  qilinishi  rad  etildi.  Shu  bilan  birga,  barcha  davlatlar 
oltin  unsiyasi  uchun  35  dollar  miqdorni  abadiy  belgilangan  narxda 
bo‘lishiga kelishib oldi.  
Mamlakat  Markaziy  banklari  va  Hukumatlari  “tashqi”  (erkin) 
bozordan  oltinni  sotish  va  sotib  olishdan  bosh  tortdi,  natijada  oltin 
Markaziy banklar o‘rtasidagi hisob – kitoblarda hisob birligi (1 unsiya 
=  35  doll)  sifatida  qo‘llanila  boshladi.  Oltinning  erkin  bozori  ham 
umumiy pul tizimiga aloqasi bo‘lmagan holda rivojlandi.  
Ikki  pog‘onali  oltin  bozorining  parallel  ravishda  amal  qilishi, 
AQShni yangi zaxira qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi fikrini ilgari 
surdi  va  maxsus  huquq  beruvchi  birlik  (SDR)ni  muomalaga  kiritish 
masalasi ko‘rildi.
94
  
Amerika  bunday  birlikni  kiritish  orqali  oltinning  o‘rnini 
bosuvchi  yangi  qog‘oz  pul  shaklidagi  jahon  valyutasini  joriy  etish 
bo‘lgan. SDRni amaliyotga joriy etish va uni emissiya qilish huquqini 
Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va 
uni  jahon  valyutasiga  aylantirish  xususida,  ilgari  surilgan  tizimni 
barpo  etish  orqali  AQSh  boshqa  davlatlar  bilan  birlashgan  holda  pul 
taklifini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Bu tizimni joriy 
etish,  albatta  dunyo  iqtisodiyotining  izdan  chiqishiga  jiddiy  xavf 
tug‘dirdi.  
SDR  amaliyotini  tarqalishiga  qarshilik  ko‘rsatayotgan  G‘arbiy 
Yevropa  va  qattiq  valyutaga  ega  bo‘lgan  mamlakatlar  AQSh  valyuta 
zaxiralarining sezilarsiz miqdorini tashkil etgan.  
Qog‘oz pullar nazariyasini qo‘llab – quvvatlagan Milton Fridman 
ham  o‘z  qarashlarida  jahon  valyuta  tizimidan  oltinni  butunlay  bekor 
bo‘lishini  ilgari  surgan.  Ya’ni,  Bretton  –  Vuds  tizimi  joriy  etilganda, 
AQShning  yetakchi  ekspertlari  sanoatda  dollarga  talab  ortishi 
natijasida  oltin  narxini  10  dollargacha  pasayishini  taxmin  qilishgan. 
                                           
94
 Special drawing rights. 


335 
Lekin,  ushbu  tizimni  mukammal  ishlashi  uchun  dollar  inflyatsiyasini 
belgilangan me’yorda saqlash lozim edi. 1973 yilning boshlariga kelib, 
oltinning bir unsiyasi 125 dollargacha ko‘tarildi.  
Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQShning taklifiga asosan 
ikki  pog‘onali  oltin  bozorining  yaratilishi,  Bretton  –  Vuds  tizimining 
faoliyat  yuritish  muddatini  bir  necha  yilga  cho‘zishga  xizmat  qildi. 
Chunki,  inflyatsiyaning  o‘sishi  oqibatida  Amerikaning  to‘lov  balansi 
kamomadi  ortib,  oltin  zaxiralari  qisqarib  bordi.  Yevropa  Markaziy 
banklari hisobvaraqlarida esa, “yevrodollar”lar miqdori ortib bordi. O‘z 
navbatida  erkin  oltin  bozorida  dollar  massasini  ortishi,  oltin  narxini 
ortishiga  va  dollarga  bo‘lgan  ishonchsizlikni  ortishiga  olib  keldi. 
Endilikda,  oltinga  egalik  qilgan  shaxslar,  uni  sotishdan  voz 
kechayotgan  edi.  Bu  o‘z  navbatida  avvaliga  erkin  oltin  bozori 
faoliyatini,  keyinchalik  Bretton  –  Vuds  tizimini  batamom  to‘xtashiga 
olib keldi.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish