Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Ta’minlanmagan qog‘oz pullar (1931 – 1945 yy.)



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Ta’minlanmagan qog‘oz pullar (1931 – 1945 yy.) 
Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi 
o‘zining hususiyatini yo‘qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab 
qolish  maqsadida  turli  choralarni  qo‘lladi.  Lekin  yigirmanchi  asrning 
30  yillarida  dunyo  mamlakatlari  iqtisodiyotida  yuzaga  kelgan  moliya-
viy  tartibsizliklar  oqibatida  muomalada  oltin  standartini  amal  qilishini 
butunlay to‘xtadi. Mamlakatlar iqtisodiyotidagi inqiroz tobora chuqur-
lashib,  ishsizlik  darajasi  ortib  bormoqda  edi.  Xalqaro  iqtisodiy  muno-
sabatlarda  davlatlar  o‘z  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  turli 
valyuta  cheklovlarini  o‘rnatish,  milliy  valyutalarni  devalvatsiyalash, 
savdo va valyuta ustidan nazoratni kuchaytirish orqali o‘zaro iqtisodiy 
va  moliyaviy  urush  olib  borishdi.  Iqtisodiyotda  to‘g‘ri  va  egri  suzib 
yuruvchi  valyuta  kurslari  yuzaga  keldi
92
.  Xalqaro  savdo  va  investit-
siyalarni  to‘xtab  qolishi  natijasida  o‘zaro  savdoni  amalga  oshirish 
uchun  xukumatlar  ishtirokida  tuzilgan  bitimga  ko‘ra  tovarlar  barter 
qilindi.  AQSh  davlat  kotibi  Kordell  Xoll  ushbu  holatga  izoh  berib, 
“Ikkinchi  jahon  urushining  asosiy  sababi  30  yillarda  yuzaga  kelgan 
moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” – deya ta’kidlagan edi.
93
  
AQShda  oltin  standartini  amal  qilishi  Yevropaga  nisbatan  ikki 
yilga  cho‘zildi.  1933  –  1934  yillarda  AQShning,  “turg‘unlikni  oldini 
oladi”  –  degan  teskari  siyosati  tufayli  oltin  standarti  amaliyotda 
to‘xtatildi.  Amerika  fuqarolariga  mamlakatda  (shu  jumladan  xorijda) 
oltinni  ishlatish,  olib  yurish  man  etildi  va  dollarli  hisob  –  kitoblarni 
                                           
92
 “Clean floating” – плавающий курс, определяемый действием закона спроса и предложения на 
рынке. 
Прим. пер
 
93
  Hull  C. 
Memoirs.  New  York,  1948.  Vol.  I.  P.81.  Shuningdek: 
Gardner  R. 
Sterling  –  Dollar 
Conspiracy. Oxford: Clarendon Press, 1956. P. 141. 


330 
oltin  bilan  so‘ndirish  ta’qiqlandi.  Lekin,  1934  yildan  keyin  ham 
AQShda  oltin  standartining  o‘ziga  xos  yangi  shakli  amal  qildi.  Unga 
asosan  qadrsizlangan  dollar  1/35  unsiya  oltinga  tenglashtirilib,  oltin 
bilan  chet  el  hukumatlari  va  banklar  talablari  qondirilgan.  Dollarning 
oltinga  oz  bo‘lsada  bog‘liqligi  va  Yevropadagi  tartibsizliklar  hisobiga 
AQShga kirayotgan oltin hajmi yanada ortdi.  
Milton  Fridman  va  Chikago  maktabi  vakillarining  qarashlarida 
iqtisodiy va siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy 
tartibsizliklar  ko‘rsatib  berdi.  Fridman  va  uning  izdoshlari  –  erkin 
bozor  sharoitida  qanday  taklif  bilan  chiqishdi?  Ularning  qarashlari 
bo‘yicha  dastlab  oltin  standartidan  voz  kechish  va  milliy  valyutani 
chiqarish  vakolati  davlat  ixtiyorida  bo‘lishi  lozim  edi.  Ya’ni,  davlat 
tomonidan  chiqarilgan  ta’minlanmagan  qog‘oz  pullar,  qonuniy  to‘lov 
vositasini  bajarishiga  erishish  nazariyasini  ilgari  surilgan.  Shundan 
so‘ng  dastlab  davlat  qog‘oz  pullarni  muomalaga  chiqarishi  va  boshqa 
valyuta  kurslariga  nisbatan  tebranishiga  imkon  berish  kerak.  Bunda 
inflyatsiya darajasini belgilangan me’yorda bo‘lishini davlat tomonidan 
nazorati  ta’minlanishi  lozim  edi.  Lekin  1930  yillardagi  jahon 
iqtisodiyotidagi  tartibsizliklarni  kelib  chiqishi,  aynan  mamlakatlar  pul 
tizimini izdan chiqishi bilan bog‘liq edi.  
Shunday  qilib,  30  yillarning  ta’minlanmagan  qog‘oz  pullariga 
asoslangan  pul  tizimining  ayanchli  tajribasi  va  uni  oqibatida  yuzaga 
kelgan  iqtisodiy  tanglik  shuni  ko‘rsatdiki,  ikkinchi  jahon  urushidan 
so‘ng  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarni,  xalqaro  ishchi  kuchi 
migratsiyasi  va  kapital  oqimini  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  AQSh  o‘z 
oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo‘ydi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish