70
Sil kasalligi asosan havo-tomchi, havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil
mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda teri va shilliq qavatlar orqali
yuqishi, xomilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin.
Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanda uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada
yuzaga
keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanda esa ichakdagi mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi.
Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik
qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan eridan butun organizmga tarqalib, generalizatsiyalangan
infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish
jarayonining mavjudligi bilan xarakterlanadi. So‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va
regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi
deb ataluvchi jarayon
yuzaga keladi. Bu xol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy
qobiq bilan o‘ralib kalsiy tuziga aylanadi va chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning
rezistentligi susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin.
Ikkilamchi sil, birlamchi sil kasalligi bilan og‘riganlarda endogen yo‘l bilan yoki kasallik
qayta yuqishi oqibatida yuzaga keladi.
Sil kasalligi turli klinik shakllarda (o‘pka, sil meningiti, ichak sili, teri-tanosil va siydik
yo‘llari a’zolari sili, suyak va bo‘g‘im sili) kuzatiladi.
Immuniteti.
Odamlarning ko‘pchiligi sil infeksiyasiga etarli darajada chidamli bo‘ladi va
ularga bolalikda kasallik yuqib o‘tishi odatda ohaklanib qoladigan birlamchi sil o‘choqlari
hosil
bo‘lishiga olib keladi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil
kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nosteril bo‘lib,
sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan
immunitet sil mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfotsitlarni faollashishi natijasida yuzaga
keladi.
Mikrobiologik diagnostikasi.
Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha:
balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar
bo‘ladi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullarda
foydalaniladi.
Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib,
havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. SHundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.
Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida
qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu
kislotalar asosiy fuksin bilan
ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular
atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar
to‘g‘ri ezilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda to‘da-to‘da
holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘lmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.
Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh
bo‘yicha (15-20% HCl yoki H
2
SO
4
eritmasi)
ishlov beriladi.
Lyuminessent mikroskopiya oddiy mikroskopiyaga qaraganda ancha sezgir. Preparat
odatdagicha tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalanadi va 1:1000 nisbatdagi
auramin bilan bo‘yaladi. So‘ngra preparat xlorid kislota qo‘shilgan spirt bilan rangsizlantiradi va
nordon fuksin bilan qo‘shimcha bo‘yaladi, bunday fuksin preparatlaridagi leykotsitlar, to‘qima
elementlarining tovlanishini “o‘chiradi” va qora fon bilan tilla rang yashil ravshan nur sochib
porlaydigan sil mikobakteriyalari surtmasida kontrast hosil qiladi.
Preparat lyuminessent
mikroskopda ko‘zdan kechiriladi.
Boyitish metodi, sil diagnostikasida mikroskopik metodning sezgirligini oshirishga
erishiladi. SHu metodlarning biri shilimshiqni eritadigan turli moddalar (ishqor, antimorfin)ni
materialga ta’sir ettirib, uni gemogen holga keltirishdan iborat. Bu – ma’lum hajmdagi material
sentrifugalangandan keyin cho‘kmadan olingan surtmalarda sil mikobakteriyalarini topishga
imkon beradi. Sil mikobakteriyalari kulturalarini ajratib olishning tezkor metodlari Prays va
SHkolnikova metodlari ishlab chiqilgan. Tekshiriladigan material buyum oynasiga tushirilib,
sulfat kislota bilan ishlanadi, fiziologik eritma bilan yuviladi va sitrat qon qo‘shilgan oziq
muhitiga quyiladi. 3-4 kundan
keyin buyum oynasi olinib, Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.
71
Mikroskopning kichik ob’ektivi bilan ko‘zdan kechiriladi. Mikobakteriyalar virulent
shtammlarining mikrokoloniyalari xivchinlari, soch tutamlari ko‘rinishida bo‘ladi.
Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqalarida biologik sinama o‘tkazish
hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml dengiz cho‘chqalarining
terisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan
infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi.
Serologik usulda
Do'stlaringiz bilan baham: