37
1000 tekshiriluvchi xonaning o‘rtacha hajmi.
Havodagi sanitar-ko‘rsatkichli mikroblarni aniqlashda oziqli agardan, gemolitik
streptokokklar uchun esa gensian binafsha qo‘shilgan qonli agardan foydalaniladi. Keyinchalik
koloniyalar mikroskop ostida ko‘riladi. Gumon qilingan koloniyalar esa qaytadan qonli agarga
ekiladi. Staph aureus havoni tuxum sarig‘ini tuzli agariga ekish usuli bilan ajratib olinadi.
Kasalxona ichida tillarang stafilokokk paydo bo‘lganda tekshirishlar infeksiya manbaini tarqalish
yo‘llarini aniqlashga qaratiladi.
5.4. Inson tana normal mikroflorasi
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko’p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari
bilan favqulotda aloqada bo’lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan
boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi
Turli bakteriyalar va
mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari bilan kontakda
bo’ladi.Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo’lsa, bularga qarshi organizm kurashishi
zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko’pchiligi
esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy
mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo’lib
odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog’lom odamlarda uchrovchi
mikroorganizmlar yig’indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil
qiladi. “Normal mikroflora” termini asosan sog’lom odam organizimidan doimo va ko’proq
topiladigon mikroblar yig’indisiga aytiladi. Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va
tashqiy muhit bilan bevosta aloqada bo’lgan organlarida ( yuqori nafas yo’llari, oshqozon ichak
sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma’lum
biotoplarini, mikrobiosenozini shakillantiradi. Har bir odam bitopida uchrovchi mikroorganizmlar
o’zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq qiladi.
Eng kam
mikroorganizmlar terida uchraydi va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2%
tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –og’iz bo’shlig’iga to’g’ri kelsa 60-
70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng boy organlar og’iz bo’shlig’i,
qin va yo’g’on ichak xisoblanadi. Chaqaloq mikroflora bilan tug’ilmaydi, mikrobiosenozlar
bolalarning hayoti jarayonida shakillanadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan
boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora (onaning tug’ish yo’llari, terisi, suti,
tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar mikroflorasi xisobiga) shakillanadi.
Me’yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar doimiy ravishda ta’sir
etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar
kiradi. Endogen omillariga esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-patogen
bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug’ma immun tanqisliklar va b. kiradi. Oxirgi
vaqtlarda
mikrofloraning buzilishi, immun va asab tizimidagi kasalliklar bilan birgalikda
namoyon bo’lishi kuzatilmokda.
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial glikokaliks bilan qoplangan
bo’lib, uning tarkibida mikroblarning ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon
hujayralarning musini mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo’lishiga qaramasdan, undagi
indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil qilib, bu plenka ichidagi
bakteriyalarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi boshqa bakteriyalarga nisbatan o’n, yuz
marotaba yuqoridir.
4
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin
organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida ishtirok
etadi. Ichakning mikroblar to’plami makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining
holatini aniqlaydi,
bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan
ozuqa moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, vitamin K, nikotin, folin
va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
4
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
38
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim
o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori
boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya,
modda
almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan
chiqishi
metobolizmning
buzilishiga,
natijada
mikronutrientlarning
-vitaminlarning,
mikroelementlarning, mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning
pasayishiga, bu esa makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga sabab
bo’ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan
qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo’lgan
vaqtda bu
mikroorganizmlar O
2
ning letal ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor
najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus
transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib
kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo’lsa 1
ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning
bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 10
1
dan 10
10
darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob,
hamda
anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi (22-jadval)
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni
tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari
joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish
usullariga qaralsin).
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo’shilgan qonli va
bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 35
0
C da 72 soat Bu oziq muhitlarda
bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar kulrang, to’q
jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib,
shakli - grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy
anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi.
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” firmasining
“Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,5
0
-38
0
S da 48 soat anaerob sharoitda o’sadi.
Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham
o’sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: