Dori vositalarining mikroblar bilan zararlanishini aniqlash
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qanday
bo’lishi quyidagi sabablarga bog’liq bo’ladi:
1) Xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori
yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.
2). Dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviytabiati.
3) Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x.k.)saqlash shart-
sharoitlari.
4) Dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari.
Mikroorganizmlar turli yo’llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga
suv yoki havo orqali o’tishi, idishlar,dorixona xodimlarining qo’llari, shuningdek, analiz
noto’g’riqilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv choq’ida xam o’tib qolishimumkin.
Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini
olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat'iy rioya qilish kerak:
1) Mikroorganizmlarga shikast yetkazmagan holda ashyodan foydalanish;
2) Dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan
holda to’g’ri saqlash;
3) Tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-
sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfektsiya qilish,sterillangan idishlardan foydalanish va
x.k.);
4) Xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to’la-to’kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy
gigienaga rioya qilish;
5) Dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan
qilib, yaxshilab o’ralgan bo’lishi kerak;
6) Agar bir necha marta foydalanishga mo’ljallangan dori mahsulotlari tarkibida
bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo’lsa (qand, oqsil moddalar va x.k.),u holda
bunday dorilarga konservant qo’shilishi lozim.
Suyuq dorivor moddalar mikroblar bilan zararlanganda dori solingan idish
tubida cho’kma hosil bo’ladi, cho’kma. miqdori ko’payadi, idishdagi dori xira tortib, yuzida yupqa
parda hosil bo’ladi, dori solingan idishda o’sha doriga xos bo’lmagan hid paydo bo’ladi va x. k.
Ko’pincha dorivor xomashyolar va dori darmonlar tarkibida mikroorganizmlarning mavjudligi
faqat mikrobiologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi, xolos. Dorivor moddalar yoki tibbiy
preparatlarning mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasi 1 g quruq preparat yoki 1 ml eritma
tarkibidagi
mikroorganizmlar
hujayrasi
miqdori
bilan
ifodalanadi.
Mahsulotlarning
mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasini aniqlashda ularning ayrimlari antimikrob ta'sir eta
olish xususiyatiga ega bo’lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Odatda antimikrob ta'sirlar
bakteriostatik (mikroorganizmlarning ko’payishini to’xtatuvchi yoki sekinlashtiruvchi) va
bakterotsid (mikroorganizmlarga halokatli ta'sir ko’rsatuvchi) kabi turlarga bo’linadi. Mikro
organizmlarning o’zi esa dorivor maxsulotlarga nisbatan sezuvchan yoki barqaror bo’lishi
mumkin. Bularning barchasi dorilarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini aniqlash
metodikasini murakkablashtiradi va har bir dori shakliga individual yondoshishni talab qiladi.
Noin'ektsion tibbiy preparatlarning mikrob bilan zararlanishini chegaralaydigan VOZ va
farmokopeya talablari xam mavjud. Nosteril dorivor moddalar Regoz da qo’llaniladigan nosteril
dori moddalar tarkibida patogen va shartli-patogen mikroflora namunalari uchramaydi. Mahalliy
intravaginal holatda qo’llaniladigan, shuningdek, quloq, burun kabi organlarni, davolashda
ishlatiladigan dorivor moddalarning 1 g (ml) si da 100 mikrob hujayradan ko’p mikroorganizmlar
bo’lmasligi kerak. Bundan boshqa turga mansub dori-darmonlar va dorivor xom-ashyolar
tarkibidagi saprofit bakteriyalar soni 1000 hujayradan, patogen zamburug’lar esa 1 g preparatda
100 hujayradan oshmasligi lozim.
123
Dorivor moddalar va xom ashyolarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini o’rganishga
kirishishdan avval, o’sha moddalarning antimikrob ta'sirini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |