Toshkent davlat yuridik universitetining akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi


Tadqiqot gipotezasi (takliflari)ni shakllantirish



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/40
Sana28.03.2023
Hajmi0,88 Mb.
#922763
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
akademik halollik kodeksi.b6c22008

Tadqiqot gipotezasi (takliflari)ni shakllantirish.
Tadqiqot gipotezasi ilmiy tadqiqotning kutilayotgan natijasi haqidagi 
bayonotdir. Gipoteza haqiqiy tadqiqot gipotezasi boʻlishi uchun uchta 
xususiyatga ega boʻlishi kerak — aniq, tekshirish imkoniyati mavjud va toʻgʻri. 
Aniqlik.
Yaxshi tadqiqot gipotezasi nima tahlil qilinayotgani va 
baholanayotgani hamda kutilayotgan natija haqida aniq bayon etishi kerak. 
Tekshirish imkoniyati mavjudlik.
Tadqiqot gipotezasi ilmiy gipoteza 
sifatida tan olinishi uchun gipotezani tekshirish (sinovdan oʻtkazish) 


44 
imkoniyati boʻlishi kerak. Agar uni tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bu 
gipoteza emas. Yaʼni, gipotezani asoslantirish uchun tadqiqotchida yetarlicha 
maʼlumot toʻplangan boʻlishi kerakligini anglatadi.
Toʻgʻrilik.
Ilmiy gipoteza boʻlishi uchun uni inkor qilish mumkin boʻlishi 
kerak. Boshqacha qilib aytganda, gipoteza toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini 
tekshirishning aniq bir usuli boʻlishi kerak. Agar gipotezaning notoʻgʻri 
ekanligini baholashning hech qanday usuli boʻlmasa, bu ilmiy gipoteza deb 
hisoblanmaydi. 
122.
 Maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va sharhlash.
Maʼlumotlarni yigʻish
— bu tadqiqot savoliga javob topish, gipotezani 
tekshirish va natijalarni baholash uchun barcha tegishli manbalardan maʼlumot 
toʻplash jarayoni hisoblanadi. Maʼlumotlar turli manbalardan toʻplanishi 
mumkin. Manbalar birlamchi va ikkilamchi manbalarga boʻlinadi. Birlamchi 
manbalardan maʼlumotlarni toʻplashning bir necha usullari mavjud. Masalan, 
soʻrovlar oʻtkazish, intervyular olish, kuzatish, jadvallarni va kontentni tahlil 
qilish va hokazo. Ikkilamchi manbalar esa mavjud boʻlgan ilmiy ishlar va 
akademik adabiyotlarni oʻrganish orqali vujudga keladi.
Birlamchi maʼlumotlar
— tadqiqotning noyob topilmalaridir. Birlamchi 
maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish, odatda, ikkilamchi maʼlumotlarni 
oʻrganishga qaraganda koʻproq vaqt va kuch talab qiladi. Birlamchi 
maʼlumotlarni yigʻish usullariga intervyu, soʻrovnoma, sud qarorlari, maʼmuriy 
hujjatlar va boshqalar kiradi.
Ikkilamchi maʼlumotlar
— kitob, gazeta, ilmiy jurnallar, yuridik davriy 
nashrlar onlayn portallarda va hokazolarda nashr etilgan manbalarni oʻz ichiga 
oladi. Ikkilamchi maʼlumotlarni yigʻish haqida dissertatsiyaning “Muammoning 
oʻrganilganlik darajasi” bobida chuqurroq muhokama qilinadi.
Tadqiqot manbalarini oʻrganishni ikkilamchi manbalardan boshlash 
tavsiya etiladi, chunki ikkilamchi manbalarda asosan muammolar, tahlil va 
tanqidiy yondashuvlar mavjud boʻladi. Tadqiqot muammosiga oid manbalarni 
koʻrib chiqish izlanuvchiga oldingi tadqiqotchilar tomonidan qanday 
maʼlumotlardan foydalanilganligini, maʼlumotlarni olish uchun qanday usullar 
qoʻllanilganligini va tadqiqotchilar tomonidan maʼlumotlarni yigʻish va tahlil 
qilishda qanday qiyinchiliklar duch kelinganligini bilishga yordam beradi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish