Toshkent davlat yuridik universitetining akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/40
Sana28.03.2023
Hajmi0,88 Mb.
#922763
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
akademik halollik kodeksi.b6c22008

 Tadqiqot chegarasini aniqlash. 
Tadqiqotning oʻrganish doirasi qayergacha ekanligi tushuntiriladi. Bu 
yerda tadqiqotchi tadqiqot nimani qamrab olishini va nimaga eʼtibor 
qaratishini aniqlashtirishi kerak. Tadqiqot doirasi har doim tadqiqotning 
dastlabki bosqichlarida, har qanday maʼlumot toʻplashdan oldin koʻrib chiqiladi 
va kelishib olinadi. Tadqiqot chegarasini toʻgʻri belgilash orqali tadqiqot ishini 
maʼlum vaqt oraligʻida samarali amalga oshirish imkonini beradi. Tadqiqot 
chegarasini toʻgʻri belgilash tadqiqotchiga oʻrganilishi kerak boʻlgan tadqiqot 
natijalariga aniqlik kiritish imkonini beradi hamda nima uchun ayrim 
maʼlumotlardan foydalanib, boshqalari chiqarib tashlanganligi aniqlik kiritadi. 


43 
Tadqiqot chegarasi aniq belgilanmasi ilmiy ishning yakuniy nuqtasini aniqlash 
qiyin, chunki oʻrganish mumkin boʻlgan mavzularda hech qanday cheklovlar 
belgilanmagan.
Masalan, tadqiqot chegarasini quyidagicha belgilash mumkin

Tovar 
bozorlarida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida narx boʻyicha kartel 
kelishuvlarini tartibga soluvchi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti, 
shuningdek yuridik fandagi konsepsiyalar, doktrinalar, yondashuvlar, ilmiy-
nazariy qarashlardan iborat. 
Tadqiqot chegarasi aniqlashtirilgandan keyin endi tadqiqot mavzusini 
shakllantirish mumkin. 
Masalan, tadqiqot mavzusini “Oʻzbekiston Respublikasida narx boʻyicha 
kartel kelishuvlarini fosh qilish va isbotlashning huquqiy muammolari” deb 
nomlasa boʻladi.
120.
Tadqiqot muammosiga oid manba (adabiyot)larni koʻrib 
chiqish (muammoning oʻrganilganlik darajasi).
Tadqiqot muammosiga oid manba (adabiyot)larni koʻrib chiqish — 
tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy manbalarni oʻrganish, tegishli nazariyalarni, 
tadqiqot usullarini va mavjud tadqiqotlardagi kamchiliklarni aniqlash imkonini 
beradi.
Tadqiqotchi manba (adabiyot)larni koʻrib chiqishda faqat manbalarni 
umumlashtiribgina qolmay, balki tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy holatni tahlil 
qiladi, baholaydi va tanqidiy baholashi lozim. 
Tadqiqot muammosiga oid manba (adabiyot)larni koʻrib chiqish 
tadqiqotchining shu soha va mavzu boʻyicha adabiyotlar majmuasi bilan 
yetarlicha tanishligini namoyish etadi va ilmiy ishga ishonchlilik darajasini 
oshiradi. Shuningdek, tadqiqotning bu bosqichida oldingi tadqiqotlar 
umumlashtiriladi va amaldagi tadqiqot bilan qanday bogʻlanganligini 
tushuntiradi, mavzu boʻyicha maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni umumlashtiradi, 
boshqa tadqiqotlardan nimani oʻrganilganligini va tadqiqotdagi yangi gʻoyalar 
nimadan iborat ekanligini koʻrsatadi. 
121. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish