Toshkent davlat yuridik universiteti


X. BOB. BАNKROTLIKNING HUQUQIY АSOSLАRI



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

X. BOB. BАNKROTLIKNING HUQUQIY АSOSLАRI. 
TАDBIRKORLIK SUBYEKTLАRI FАOLIYATINI TUGАTISHNI 
HUQUQIY TАRTIBGА SOLISH
 
 
10.1.
 
To‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik 
 
Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, mulkning 
daxlsizligini taʼminlash, fuqarolik huquqlarini to‘sqinliksiz amalga 
oshirishda bankrotlikning oldini olish va huquqiy tartibga solishga alohida 
eʼtibor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari ishtirok etadigan raqobat kurashida 
qaysidir korxona to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorga aylanishi tabiiy. Barqaror 
iqtisodiy 
tizim 
shakllangan, 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
ham 
korxonalarning inqiroz bo‘lish hodisalari kuzatiladi. Iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiy tanglik jarayonlariga 
barham berish talab etiladi. Bugungi sharoitda qarzdor korxonaning 
bankrot bo‘lishidan ko‘ra uni saqlab qolish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan 
foydalidir.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish iqtisodiy sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi
1

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bankrotlik va to‘lovga 
qobiliyatsizlik tushunchalari o‘rtasida qatʼiy farqni belgilamagan bo‘lsa-da, 
ko‘p hollarda bu tushunchalar nazariyada ham, amaliyotda ham bir 
maʼnoda qo‘llanilmaydi
2

Milliy 
qonunchiligimizda 
bankrotlik 
va 
iqtisodiy 
nochorlik 
tushunchalari bir xil maʼnoda qo‘llanilishini ko‘rish mumkin. Bankrotlik 
to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga ko‘ra bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) 
– iqtisodiy sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari 
bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga 
qodir emasligi. 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ–4947-сон «Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги фармони // 
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. – №6. – 70-модда. 
2
Раҳмонқулов Ҳ.Р., Гулямов С.С. Корпоратив ҳуқуқ. Ҳуқуқшунослик олий ўқув юртлари учун 
дарслик. – Т.: ТДЮИ, 2007. – Б. 373. 


237 
Аdabiyotlarda bu tushunchalarning maʼno-mazmuniga bag‘ishlangan 
fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lsa-da, yagona yondashuv mavjud emas
1
.
To‘lovga 
qobiliyatsizlik 
tushunchasi 
qarzdorning 
kreditorlar 
talablarini bajara olmaslik holatini bildiradi. To‘lovga qobiliyatsizlik holati 
ish qo‘zg‘atilishidan oldin paydo bo‘ladi va bu holat qarzdor bankrot deb 
topilib, davlat ro‘yxatidan chiqarilguncha yoki qarzdor to‘lov qobiliyati 
tiklanguncha saqlanib turadi. Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv 
va tugatishga doir ish yuritish taomillari qarzdorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi natijasida qo‘llaniladi, qarzdorning bankrotligi natijasida 
emas. Bankrot deb topilgan barcha qarzdorlar to‘lovga qobiliyatsiz 
hisoblansa, to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorlarning barchasi ham bankrot deb 
topilmasligi mumkin. 
To‘lovga qobiliyatsizlik qarzdorning moliyaviy holatini anglatsa, 
bankrotlik to‘lovga qobiliyatsizlikning huquqiy oqibatidir
2
. To‘lovga 
qobiliyatsizlik bankrotlikning o‘zi emas. To‘lovga qobiliyatsizlik 
qarzdorning iqtisodiy holati, bankrotlik esa to‘lovga qobiliyatsiz 
qarzdorning sud hujjati asosida tugatilishidir
3
. Shunga o‘xshash fikrlarni 
boshqa adabiyotlarda ham uchratish mumkin
4

F.H. Otaxonov va F.B. Ibratova yozadiki, bu o‘rinda qarzdor 
korxonaning sudgacha bo‘lgan ahvolini nochor so‘zi bilan ifodalab, 
xo‘jalik sud qarori bilan korxona bankrot deb eʼtirof etilgan bo‘lsa, 
qarzdor korxonani bankrot deb topilishini ajratish lozim.
1
Шершеневич Г.Ф. Конкурсное право. – Казань, 1898. – С. 140; Ткачев В.Н. Актуальные проблемы 
несостоятельности (банкротства) в современном российском праве: дисс. … канд. юрид. наук. – М., 
1999. – С. 139; Попондопуло В.Ф. Конкурсное право. Правовое регулирование несостоятельности 
(банкротства): Учеб. пособие. – М.: Юристъ, 2001. – С. 27; Телюкина М.В. Комментарий к 
Федеральному закону «О несостоятельности (банкротстве)». – М, 2003. – С. 14. 
2
 http://www.bankruptcy24.co.za/index.php?option=com_content&view=article&id=63:definition-
insolvency-vs-bankruptcy&catid=48:general-articles&Itemid=65 
3
 https://www.debt.org/faqs/insolvency/; 
https://www.debt.org/faqs/insolvency/; 
https://www.hg.org/insolvency-law.html  
4
Кораев К.Б. Правовое положение неплатежеспособного должника. Диссертация на соискание 
ученой степени доктора юридичических наук. – Санкт-Петербург, 2014. – С. 24; Витрянский В.В. 
Пути совершенствования законодательства о банкротстве // Вестник ВАС РФ. – 2001. – №3. – С. 92; 
Телюкина М.В. Теория и практика несостоятельности (банкротства). – М., 2002. – С. 105; 
Попондопуло В.Ф. Проблемы совершенствования законодательства о несостоятельности 
(банкротстве) // Правоведение. – 2006. – №3. – С. 23; Москалева О.А. Категория 
неплатежеспособности в конкурсном праве России // Предпринимательское право. – 2007. – №4. – С. 
24; Карелина С.А. Механизм правового регулирования отношений несостоятельности. – М., 2008. – 
С. 124; Merrill J.H. The American and English encyclopaediya of law. Volume XI. Edward Thompson 
Company, Law Publishers. – New York. 1890. – P. 168-170; Judicial and Statutory Definitions of Words 
and Phrases. Tom IV. West Publishing Company. – Indiana, 1928. – P. 324; Journal of the National 
Association of Referees in Bankruptcy. – Indiana, April 1963, – P. 37, July 1964, – P. 74; Insolvency: a 
practical legal handbook for managers. Woodhead publishing ltd. – London, 1996. – P. 12; Jurinski J.J. 
Bankruptcy step-by-step. Second edition. Barron’s educational series. – New York, 2003. – P. 33. 


238 
Bankrot tushunchasi esa faqat sudning hal qiluv qaroridan so‘ng 
korxonaga nisbatan qo‘llanishi mumkin
1
. Demak, bankrotlik sudning hal 
qiluv qarori bilan bankrot deb topilgan qarzdorning huquqiy holatini 
anglatadi. 
Shuni alohida taʼkidlash joizki, ayrim davlatlar (Yaponiya, Koreya, 
Norvegiya, Finlandiya, Qozog‘iston) qonunchiligiga ko‘ra to‘lovga 
qobiliyatsizlikni bartaraf qilish bo‘yicha sudda ikki xil ish ko‘riladi: 
bankrotlik to‘g‘risidagi ish va reabilitatsiya to‘g‘risidagi ish. Bu holatda 
to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasiga ustunlik berish talab etilmaydi
chunki bankrotlik va reabilitatsiyani o‘z ichiga oluvchi umumiy 
tushunchadan foydalanishga ehtiyoj yo‘q. Germaniya, АQSH, Rossiya, 
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq sudda yagona ish doirasida turli 
taomillar (masalan, sud sanatsiyasi, tugatishga doir ish yuritish) 
qo‘llaniladi, maxsus qonunlarning tuzilishi ham shunga mos ravishda 
ishlab chiqilgan. Ushbu vaziyatda to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasidan 
foydalanish talab etiladi. Germaniya To‘lovga qobiliyatsizlik statutida ham 
to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasidan keng foydalanilib, to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qarzdor bankrot deb topilishi yoki 
sud sanatsiyasi orqali sog‘lomlashtirilishi mumkin. 
Yuqoridagilarga asosan to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrot, bankrotlik 
tushunchalariga quyidagicha taʼrif berish taklif etiladi: 
to‘lovga qobiliyatsizlik – qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha 
kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi. 
Bankrotlik – iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan uni tugatish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan tugatishga doir ish yuritish taomilining 
qo‘llanilishi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish