TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
o‘zbek adabiyotshunosligining yirik namoyondalari ilmiy faoliyatiga nazar tashlasak, o‘ziga xos
mushtarak jihat ko‘zga tashlanadi.
Har bir yetuk adabiyotshunoslar o‘zlarining tadqiq obyekti qilib birinchi galda atoqli so‘z
san’atkorlarini, yozuvchi va shoirlar ijodini tanlaganligini ko‘ramiz. Ular ilmiy ijodining bitta qirrasi
(asosiy ilmiy faoliyati) shu ijodkorlarning poetik olamini ochishga qaratilganligiga guvohi bo‘lamiz.
Chunonchi, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov adabiy jarayonda qahhorshunos va
cho‘lponshunos sifatida tanilgan bo‘lsa, Naim Karim faoliyati Cho‘lpon, H.Olimjon, Zulfiya, Oybek,
U.Nosir, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘z davrining yetuk ijodkorlari hayoti va ijodini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Umarali Normatov esa qodiriyshunos va qahhorshunos sifatida tanilganligini
kuzatishimiz mumkin.
Albatta, ushbu olimlarning ilmiy ijodi shu keltirilgan ijodkorlar ijodi bilangina cheklanib
qolmagan, balki adabiy jarayonda faol ishtirok etib, uning yetakchi tendensiyalarini ochuvchi,
boshqa zamondosh shoir va adiblarning poetik mahoratini tadqiq etuvchi ko‘plab ilmiy kuzatishlarni
ham amalga oshirganlar.
Chunonchi, O.Sharafiddinov va N.Karimovlar she’riyat, U.Normatov esa nasr bilimdoni
sifatida e’tirof etilgan. Ayni paytda, ta’kidlash joizki, ular ilmiy faoliyatining asosiy yadrosini yuqorida
tilga olingan atoqli so‘z zargarlari ijodi tashkil etishi, shubhasiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki katta
ilmiy salohiyat yuksak badiiyat namunalarini taqozo etadi. Shuning uchun ham bu olimlar o‘zlarining
ilmiy ob’ektlari qilib birinchi navbatda iste’dodli ijodkorlarning badiiy yetuk asarlarini tanlashlari
tabiiy holdir.
Shu jihatdan Matyoqub Qo‘shjonovning ilmiy-ijodiy faoliyati ham o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Uning ilmiy faoliyati markazida XX asr o‘zbek adabiyotining uch yirik namoyondasi – Abdulla
Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi turadi. Olim bu atoqli so‘z san’atkorlari ijodining dastlabki
tadqiqotchilaridan biri sifatida ularning poetik olamini chuqur ilmiy tahlillar bilan asoslab
beruvchilardan biri bo‘ldi.
Uning 50-yillarda yozgan “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati”, mustaqillik davrida chop
etilgan “O‘zbekning o‘zligi” kabi ilmiy risolalari qodiriyshunoslikdagi o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lsa,
“Oybek mahorati” va adib haqidagi turkum kitob-u maqolalari oybekshunoslikdagi alohida sahifani
tashkil etadi. Uning 60-yillarda Umarali Normatov bilan hamkorlikda yozgan “Mahorat sirlari”,
keyinchalik “A.Qahhor ijodida satira va yumor”, 80-yillarda yaratilgan “Qahhor mahorati” kabi
tadqiqotlarida Abdulla Qahhor asarlari teran tahlillar orqali ochilgan va olimga qodiriyshunos,
oybekshunos va qahhorshunos degan ilmiy e’tirofni taqdim etdi.
Albatta, Matyoqub Qo‘shjonov ilmiy merosi bu bilangina cheklanib qolmaydi. Uning o‘z
davrining atoqli ijodkorlari bo‘lgan Shukur Xolmirzayev, Abdulla Oripov, Muhammad Ali kabi ko‘plab
shoir va yozuvchilar haqidagi adabiy portretlari, maqolalari, adabiy jarayonning yetakchi
tendensiyalarini belgilab bergan obzorlari, rus va jahon adabiyoti namoyondalari ijodiga
bag‘ishlangan ilmiy kuzatishlari, adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotlari ko‘lami shu darajada kengki,
o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining yarim asrdan ziyodroq tarixini Matyoqub
Qo‘shjonovsiz tasavvur qilish qiyin. Uning ilmiy ijodida XX asr o‘zbek adabiyotining yirik
namoyandalari ijodidan tortib endi adabiyotga kirib kelayotgan yosh iste’dodgacha, bolalar
adabiyotining Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmat kabi vakillari ijodigacha qamrab olinganligini
ko‘ramiz. Olim ilmiy salohiyatining o‘ziga xosligi shundaki, u turlanib-tuslanmadi. Davr shamoli
qayerga qarab essa, o‘sha tomonga qarab og‘avermadi.
Adabiyotshunoslik ilmining asosini ilmiy-estetik mezonlar belgilashini asosiy qoida sifatida
bilgan olim, eng avvalo, badiiy asardan go‘zallik, nafosat olamiga munosabatni izladi, tahlilda asosiy
e’tiborni shunga qaratib ijod qildi.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |