TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
O.Sharafiddinov, B.Nazarov, U.Normatov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, B.Karimov, S.Meli,
Q.Yo‘ldoshev, S.Umirov, O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev kabi ko‘plab olim-u yozuvchilar, shogirdlar
tomonidan yozilgan maqola va xotiralarda M.Qo‘shjonov ilmiy-ijodiy merosi va shaxsiyatining asosiy
yo‘nalishlari ochib beriladi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov nashriyotda ishlab yurgan
kezlari o‘zi bosh bo‘lib chop ettirgan munaqqidning dastlabki kitobi haqida ma’lumot berar ekan,
“Qo‘shjonovning “Oybek asarlarida xarakter yaratish mahorati” degan kitobi o‘zbek
adabiyotshunosligida yangi bir yo‘nalishni boshlab berdi va bu holat atoqli yozuvchilar e’tiborini ham
jalb etdi. Oybek, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor kabi adiblar olimni har jihatdan qo‘llab-
quvvatladilar” (O‘sha manba, 23-b.), deb uning ilmiy kuzatishlarida yozuvchining xarakter yaratish
mahorati bosh yo‘nalish ekanini ta’kidlaydi. Akademik B.Nazarovning “Tanqidchi shaxsi va ijodiy
o‘ziga xoslik” nomli maqolasi va unga ilova shaklida olim vafotidan keyin qo‘shilgan “Sabrgul”
1
epilogi olim shaxsiyati va ilmiy-ijodiy merosining asosiy yo‘nalishlarini ochib berishi bilan alohida
ajralib turadi. B.Nazarov M.Qo‘shjonov faoliyatining dastlabki yillaridayoq adabiy jamoatchilikka,
birinchi navbatda adiblarga ko‘rsatgan ta’siri haqida quyidagilarni yozadi:
“50-yillar oxiri – 60-yillar avvalidan boshlab adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan katta-
yu kichik adiblar o‘z ijodiy komposlarini, ma’lum ma’noda M.Qo‘shjonov fikrlaridagi yo‘nalishlarga
qarab to‘g‘rilaydigan bo‘ldilar. U asta-sekin munaqqidlarning ham karvonboshisiga aylana bordi”
2
.
Olim Qo‘shjonov ilmiy salohiyatining asosiy fazilatini, eng avvalo, “asardagi badiiy tarovatni, uni
belgilovchi omillarni hamda yozuvchi mahoratining sir-asrorlarini yoritish”da deb biladi. “Matyoqub
aka jim, indamay yursa ham, ichi g‘alayonga to‘la odam edi. Talabchanligi va haqgo‘yligi bois hamma
bilan ham chiqishavermas, lekin buni yuzaga chiqarmasdi...
...chiqishish-chiqishmasliklarga ko‘p ham e’tibor bermas, vaqtini, zehnini maqola va kitob
chiqarishga qaratardi...” Bu – B.Nazarovning M.Qo‘shjonov shaxsiyati va ilmiy faoliyatiga berilgan
haqqoniy va to‘g‘ri bahosi.
Olim shaxsi va ilmiy-ijodiy merosi, xotiralari bilan tanish kishilar bu bahoga qo‘shiladilar,
albatta. B.Nazarov maqolaga ilova qilingan “Sabrgul”da olim umrining so‘nggi yillarida turli
xastaliklar bilan, jumladan ko‘zining xiralashib qolishidan qiynalsa-da, bir zum ilmiy faoliyatdan
chekinmaganligini, yangi yozilgan asarlarni magnitofon lentasiga yozdirib, tinglab turib maqolalar
yozganidan xabar berar ekan, shunday deb yozadi:
“Domla ana shunday - oddiy vaqtni hayotga aylantira oluvchi edi. Matyoqub akani
taniganlarning ko‘pi u kishining mergan bo‘lganini yaxshi bilishadi. Ha, Matyoqub aka ham to‘g‘ri,
ham ko‘chma ma’noda mergan edi. Lekin uning merganligi kimnidir, nimanidir yo‘q qiluvchi
merganlik emas, aksincha, bor qiluvchi – bor qilishga bo‘ysundirilgan merganlik edi”
3
. Mana shunday
kuyinchaklik bilan yozilgan dil so‘zlarni, olimning sinchilik va yozuvchilik mahorati haqidagi fikrlarni
U.Normatov, Sh.Xolmirzayev, Q.Yo‘ldoshov, S.Umirovlarning maqolalarida ham o‘qiymizki, bu
qarashlar kitobxonda munaqqidning ham shaxsiyati, ham olimlik salohiyati haqida muayyan
tasavvur hosil qiladi.
Matyoqub Qo‘shjonovning ilmiy ijodini tadqiq etgan ilm ahlining e’tirof etishlaricha, olim
tadqiqotlari bilan tanishgan kitobxon tahlil jarayonida badiiy asarni yana bir bor o‘qigandek
taassurot oladi. Matyoqub Qo‘shjonov nazariyotchi olim sifatida syujet va kompozitsiya, konflikt
kabi poetik unsurlarning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur tadqiq etgan. Binobarin, uning badiiy asarni
baholashdagi asosiy mezonlari ham ayni shu masalalarga bog‘liq holda davom ettiriladi. Odatda,
1
Б. Назаров. Сабргул. “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2005 йил, 19 август.
2
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
3
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |