Ключевые слова:
интеграция, много предметность, обобщение, непрерывность, меж
предметная связь, взаимозависимость.
IMPROVING LEARNING PROCESSES BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH IN PRIMARY
CLASSES
Ergasheva S.T.
-
magister of Tashkent state pedagogical university
Annotation.
This article examines the problems that arise in the process of reading on the
basis of an integrated approach in primary classes. Questionnaires were also drawn up in primary
schools on these issues. As a result of the survey, a methodology for organizing integrated classes
in primary classes was developed.
Keywords:
integration,
multi-predicate,
generalization,
coherence,
sciencelararo
relationadorlik, interrelational.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi
tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod
176
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida “Moddiy va maʼnaviy
hayotni uygʻun rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy boʻgʻin boʻlishi lozim. Maktab
taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”
deb taʼkidladi.
Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraqqiyotida tabaqalashtirilgan holat hukm sursa ham,
amaliyotda integratsiya, oʻzaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yana-da oshiradi. Soʻnggi
yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolarini hal etishga bagʻishlangan ilmiy
tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir. Hozirgi kunda, ayniqsa, darslarni integratsiyalashga doir
izlanishlar davom etmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlarda ham qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni oʻz ichiga olgan, 10-12 yoshli
bolalarga moʻljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. Oʻqish, yozish va ogʻzaki nutq “til
sanʼati”ga tarix, geografiya, fuqaroshunoslik, jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya,
tabiatshunoslikka va shu kabilarga birlashtirildi. Integratsiyaning bunday usulidan toʻliqsiz va toʻliq
holdaoʻrta maktablarda qoʻllanilmoqda.
Fanlararo aloqadorlik muhim pedagogik muammo. Bu sohada koʻplab olimlar ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirganlar. Fanlararo aloqadorlikning ahamiyati, tasnifi toʻgʻrisida I.G.Petsalotsi,
Y.A.Komenskiy,
A.V.Usova,
I.D.Zverev,
P.G.Kulagin,
N.A.Loshkareva,
V.N.Maksimova,
M.I.Maxmutov, V.N.Fedorova kabi olimlar tomonidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Fanlararo aloqadorlik muammolari yuzasidan R.Safarova, A.Musurmonov, P.Musayev,
A.Ch.Choriyev, T.Z.Dayanayeva, A.A.Salomov, B.Abdullayeva kabi oʻzbek olimlari ham ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borganlar. Bu va boshqa tadqiqot ishlarida fanlararo aloqadorlikning turli yoʻnalishlari
va tamoyillari, ularning oʻquv jarayonida muayyan fanlarni oʻzlashtirishda qoʻllanilishi, oʻquv
fanlararo aloqadorlik asosida tanlangan taʼlim mazmuniga qoʻyiladigan talablar ilmiy-amaliy
jihatdan hal etilgan. Ammo matematika fanini ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari bilan
aloqadorligini taʼminlashning didaktik asoslarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik muammo hal
etilmagan.
Oʻquv fanlararo aloqadorlik oʻquvchilarning idrok etish faoliyatlarini shakllantirib, rivojlantirib
borish asos sifatida belgilab olingan oʻquv fani gʻoyalari va metodlariga tayangan holda amalga
oshiriladi. Oʻquv fanlararo aloqadorlik oʻquvchilarning oʻzlashtirish qobiliyatlarini jadal shakllantiradi
va oʻquv fanini ilmiylik asosida qurishga xizmat qiladigan umumiy tamoyillarni ochib beradi. Taʼlim
sohalari mazmunini, masalan, adabiyot, biologiya, matematika oʻquv fanlari oʻrtasidagi
aloqadorlikni hisobga olmasdan aniqlab boʻlmaydi. Shuning uchun oʻquv fanlararo aloqadorlik
alohida oʻquv predmetlari boʻyicha taʼlim mazmunini tanlash manbayi boʻlib xizmat qiladi.
Oʻquv fanlarining umumiy tuzilish elementlari oʻqitishda oʻquv fanlararo aloqadorlikni amalga
oshirishning quyidagi obyektiv asoslarini yaratadi[8]:
1) oʻzlashtiriladigan bilim, tushuncha va dalillar; 2) tushunchalar, qonunlar, nazariyalar;
3)oʻquvchi shaxsi dunyoqarashini shakllantiruvchi gʻoyalari; 4) tarixiy muammolar va ilmning
rivojlanish yoʻli; 5) muayyan oʻquv fanining metodologik asoslari va metodlari; 6) idrok etishning
umumlashtirilgan metodlari; 7) belgilab qoʻyilgan maxsus koʻnikma va malakalar; 8) oʻquv fanining
ilmiy uslubi; 9) taqdim etilgan bilimlarning gʻoyaviy-tarbiyaviy jihatlari.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlangʻich, tabiat haqidagi elementar bilimlarni
birlashtiradi; oraliq — predmetlar boʻlimlarini boʻlish integratsiyasi; yakuniy — tabiatshunoslikni
oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan taʼlimning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy
taʼlimni toʻliqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi.
Boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslardan foydalanish samaradorligini aniqlash
maqsadida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tajriba-
sinov ishlarini olib bordik. Ushbu maqsadda 12 soatlik dars mashgʻulotlarini kuzatdik. Tadqiqot
177
Do'stlaringiz bilan baham: |