THE ROLE OF PROFESSIONAL REFLECTION IN THE PEDAGOGICAL ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL
TEACHERS
Abubakirova Sh.U.
-
magister of Tashkent state pedagogical university
Annotation.
This article discusses the significance and role of the value system in the
formation of the future teacher's personality. The factors that influence the development of
professional competence of a teacher were also studied. Based on the results obtained from the
pilot test, relevant conclusions and recommendations were developed.
Keywords:
The concept of value, social value, pedagogical value, educational value,
professional competence, socially active teacher.
Dunyoda boʻlajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiylashuvni
taʼminlash, qadriyatlar tizimini shakllantirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish, ijtimoiy
pedagogika fanining eng samarali usullarining interpretatsiyasidan keng foydalanish, kasbiy
kompetentlikning aksiologik komponent klassifikatsiyasi va xususiyatlariga doir ilmiy tadqiqotlar
amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat
siyosati toʻgʻrisidagi” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-
4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ 2909-son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
maqoladagi tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi. Boʻlajak oʻqituvchilarda qadriyatlar tizimini
rivojlantirishning falsafiy, sotsiologik asoslari A.Begmatov, M.Bekmuradov, V.Kanke, J.Kim,
M.Kaxxarova, Q.Nazarov, N.Rozov, I.Surina, J.Tulenov, E.Yusupovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Tadqiqot jarayonida boʻlajak oʻqituvchilar uchun zaruriy ahamiyatga ega pedagogik
qadriyatlarni aniqlashga yoʻnaltirilgan diagnostik materiallardan foydalanildi. Masalan, bolalar,
hamkasblar bilan muloqot, bolalarni yaxshi koʻrish va mehribonlik, maʼnaviy qadriyatlar (57 %
respondentlarda) yetakchi motiv ekanligi yaqqol namoyon boʻldi. Aksincha, kasbiy-ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qadriyatlar (35/15 %), jahon madaniyatini oʻzlashtirishga
qiziqish (19/8 %), muntazam oʻz-oʻzini takomillashtirib borish istagi (43/21 %) bugungi kunda
oʻqishga qabul qilingan talabalarda yuqori ekanligini koʻrsatdi. Pedagog mehnatining ijodiy, xilma-
xil tavsifga egaligi bilan tavsiflanuvchi oʻz-oʻzini namoyon etish istagi (58/34 %), pedagoglik kasbining
174
Do'stlaringiz bilan baham: |