Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
qiziqarliligi va oʻziga jalb etish (45/12 %) bilan bogʻliq qadriyatlarda ham hozirgi vaqtda oʻqishga 
qabul qilingan talabalarda yuqori koʻrsatkichga egaligi, ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj 
bolalarga gʻamxoʻrlik qilish (32/33 %) imkoniyatining mavjudligi boʻyicha esa deyarli moslik kuzatildi. 
Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 
“Pedagogika” fakulteti bazasida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlariga tajriba guruhining 41 nafar, 
nazorat guruhining 3880 nafar talabalari hamda 10 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etildi. 
Aniqlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarda qadriyatlar tizimini rivojlantirishning 
tayanch darajasi oʻrganildi. Olingan natijalardan “Boʻlgʻusi hayotiy maqsadim” shkalasi boʻyicha 
talabalarning yarmi oʻrtacha darajani koʻrsatishdi (TG – 59,17%, NG – 57,50%). Tashxis natijalari 
ularning yetarlicha qismi hayotiy maqsadini obyektiv baholashgan, xayoliy maqsadlarni oʻylab 
topishmagan. Respondent-talabalarning uchdan bir qismi past koʻrsatkichlarga ega boʻlishdi (TG – 
19,17%, NG – 19,17 %). Bu esa mazkur talabalarning aniq istiqbolli maqsadni oʻz oldiga qoʻymasligi, 
bugungi kun bilan yashash istagida ekanligini koʻrsatadi. Talabalarning koʻpchilik qismida “Hayotdan 
mamnunlik” oʻrtacha darajani aks ettirdi (TG – 76,67%, NG – 75,00%). Bu koʻrsatkich ularning katta 
qismi hayotiy faoliyatni qiziqarli, emotsionallikka boy va mazmunga ega, deb hisoblashini koʻrsatadi. 
Respondentlarning juda kam qismi yaxshi natijalarga erishganman, deb hisoblashadi (TG – 7,5 
%, NG – 5 %). Sinaluvchilarning yarmi oʻz yutuqlarini oʻrtacha baholashgan (50/53,33 %), biroq 
koʻpchilik talabalar oʻz natijalarini past deb eʼtirof etishgan (42,5/ 41,67%). 
Tajriba guruhining 23,33 %, nazorat guruhining 18,33 % talabalari kelajak uchun maqsadlarni 
belgilash, istiqbolni ongli nazorat qilib boʻlmasligini eʼtirof etishgan. 
Faktorli tahlil natijalari hayot mazmunining anglanganligi shkalasi boʻyicha umumiy 
koʻrsatkichlarda talabalarda oʻrtacha darajada ekanligini koʻrsatdi (TG – 68 %, NG – 66,7%). 
Ijtimoiy-maishiy qadriyatlar tizimida quyidagi koʻrsatkichlar aniqlandi: moddiy taʼminlanganlik 
(TG – 42,5 %, NG – 40 %), ishonchli doʻstlarining borligi (TG – 17,5 %, NG – 19,17 %). Vositali 
qadriyatlar – “Taʼlim”, “Tarbiyalanganlik”, “Tartiblilik”, “Ijro intizomi” boʻyicha bir xil koʻrsatkichlar 
qayd etildi(TG – 50 %, NG – 51,67 %). 
Pedagogika oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning koʻpchilik qismi (TG – 
56,67% va NG – 57,50%)da kasbiy faoliyatga yoʻnalganlik mavjudligini koʻrsatgan holda, kattagina 
koʻrsatkichga ega qismining maqsadi kundalik turmush (TG – 38,33%, NG – 40,00%) yoki diplom olish 
uchun oʻqiyotganini qayd etishgani (5,00% va 2,50%). Mazkur natijalarga asoslangan holda taʼlimiy 
tajriba-sinov dasturida talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish 
lozimligi haqidagi xulosaga kelindi. Amalga oshirilgan ilmiy tahlillar, taqdim etilgan nazariy metodik 
ishlanmalar va tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan 
holda quyidagi xulosalarga kelindi: 
1.Talabalarda qadriyatlar tizimini rivojlantirish atrof-muhit va oʻz-oʻziga nisbatan munosabat 
tavsifini aks ettiruvchi va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida namoyon boʻladigan, pedagogik 
kompetentlikning oʻzaro aloqador aksiologik komponentlarida sifat oʻzgarishlarini hosil qilishga 
yoʻnaltirilgan obyektiv jarayon boʻlib, tashqi va ichki taʼsirlarning oʻzaro aloqadorligini hisobga 
olishni talab etadi. 
2.Tahlil natijalari asosida kasbiy-qadriyatga yoʻnalganlik pedagogik faoliyatga doir ilmiy 
bilimlarni egallash va aksiologik munosabatni shakllantirishga imkon beradigan kognitiv (kasbiy 
bilimga doir qadriyatlar), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabat orqali aniqlashtiriladigan 
emotsional 
komponent 
(kasbiy 
munosabat 
qadriyatlari) 
va 
pedagogik 
faoliyatda aksiologik munosabatni amalga oshirishga imkon beradigan xulq-atvor komponenti 
(kasbiy koʻnikmalarga doir) aniqlashtirildi. 
3.Talabalarda 
qadriyatlar 
tizimini 
rivojlantirishning 
pedagoglik 
kasbiga aksiologik munosabatni tarkib toptirishga doir kasbiy qadriyatlarni oʻzlashtirish, kasbiy 


175 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish