Telegram kanalida bepul tarqatdi



Download 1,87 Mb.
bet35/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

QO‘SHIMCHA TESTLAR

28. Usmon Nosir necha yil yashagan va shuning necha yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan?


A) 25 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6-7 yilidagina
B) 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6-7 yilidagina#
C) 25 yil yashagan bo‘lsa, shuning 4-5 yilidagina
D) 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 4-5 yilidagina

29. Usmon Nosir 1931-yilda…


A) Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. #
B) Qo‘qondagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Qo‘qon davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.
C) Namangandagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Namangan davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.
D) onasi Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi.

30. Usmon Nosir qachon va qayerda tug‘ilgan?


A) 1910-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyatida
B) 1912-yil 12-noyabrda Toshkent shahrida
C) 1912-yil 13-noyabrda Naman­gan shahrida#
D) 1913-yil 13-noyabrda Andijon shahrida

31. Usmon Nosir necha yoshligida otasi vafot etadi, otasining kasbi nima edi?


A) go‘dakligidayoq; hunarmand #
B) olti yasharligida; kosib
C) sakkiz yasharligida; dehqon
D) uch yasharligida; baqqol


17-§. MIRTEMIR


«BULUT». «BALIQ OVI». «TO‘RG‘AY». «SHUDRING». «QISHLOG‘IM». MIRTEMIR SHERLARI HAQIDA
(Darslikda 25–37 betlar)
1. Quyidagi misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan?
Qoraqumg‘on qaynar, yozilur chochiq,
Zog‘orami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch.
Borini ayamas, barini qo‘yar,
Yupqami yo go‘ja, tolqon, qo‘g‘irmoch.
A) «Baliq ovi» B) «To‘rg‘ay» C) «Shudring» D) «Qishlog‘im»#

2. Quyidagi misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan?


Esimda go‘daklik – unutilmas choq,
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor xat...
A) «Bulut» B) «Shudring» C) «Qishlog‘im»# D) «Baliq ovi»

3. Mir­temir ijodida o‘ttizinchi yillar qanday ahamiyat kasb etadi?


A) Bu davrda u ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishladi. #
B) Bu davrda u o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop ettirdi.
C) Bu davrda u «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy to‘plamini nashr ettirdi.
D) Bu davrda u «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plami tayyorladi.

4. Mirtemirning birinchi she’ri qanday nomlanadi?


A) «Tanburim ovozi»# B) «Shu’lalar qo‘ynida»
C) «Shudring» D) «Zafar»

5. Mirtemirning she’riy to‘plamlarini toping.


1) «Zafar»; 2) «Qaynashlar»; 3) «Tong»;
4) «Shu’lalar qo‘ynida»; 5) «Sur’at».
A) 1, 2, 3, 4 # B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5

6. Mirtemirning she’rlar va dostonlar to‘plamlarini toping.


1) «Bong»; 2) «Poytaxt»; 3) «O‘ch»;
4) «Sur’at»; 5) «Qoraqalpoq daftari»; 6) «Tingla, hayot!»;
7) «Izlaganim»; 8) «Tog‘day tayanchim».
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8 # B) 3, 4, 5, 6, 7
C) 1, 5, 6, 7, 8 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8
7. Mirtemir umrining oxirida qaysi she’riy to‘plamni tayyorladi?
A) «Yodgor» B) «Yodgorlik»#
C) «Kipriklarim» D) «Tog‘day tayanchim»

8. Mirtemir qaysi ijodkorlarning she’rlarini, dostonlarini o‘zbekchaga o‘girgan?


1) Pushkin; 2) Lermontov; 3) Nekrasov; 4) Shevchenko;
5) Homer; 6) Sh. Rustaveli; 7) Hayne; 8) Tagor;
9) Maxtumquli; 10) Berdaq; 11) N. Hikmat; 12) Yesenin.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 11, 12
C) 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 10, 12 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11#

9. Mirtemir o‘ttizinchi yillarda qaysi ijodkorlarning she’rlari va dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi?


1) Pushkin; 2) Lermontov; 3) Nekrasov; 4) Shevchenko;
5) Homer; 6) Sh. Rustaveli; 7) Hayne; 8) Tagor;
9) Maxtumquli; 10) Berdaq.
A) 1, 2, 3, 4# B) 5, 6, 7, 8 C) 7, 8, 9, 10 D) 2, 4, 8, 9

10. Mirtemir tarjima qilgan qoraqalpoq xalq dostonini toping.


A) «Manas» B) «Qirq qiz» #
C) «Alpamis» D) «Qirq jigit»

11. Mirtemirning vafotidan keyin necha jildlik «Asarlar»i nashr etildi?


A) to‘rt jildlik # B) olti jildlik
C) sakkiz jildlik D) o‘n ikki jildlik

12. Xalqimiz «obirahmat» deya nimani ataydi?


A) qish faslidan keyin chiqadigan boychechakni
B) kuzda yig‘ishtirib olinadigan mevalarni
C) yozda qurg‘oqchilikda yog‘adigan yomg‘irlarni
D) bahor faslida yog‘adigan yomg‘irlarni#

13. Mirtemir «Bulut» she’rida bulutni nimalarga o‘xshatadi?


A) oqqa, sutga, qutga B) sutga, qutga, oppoq paxtaga
C) sutga, barqutga # D) o‘tga, sutga, qutga, qaldiroqqa

14. Mirtemirning qaysi she’rida sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida ham she’r nomi uchramaydi?


A) «Baliq ovi» B) «To‘rg‘ay»
C) «Shudring»# D) «Qishlog‘im»
15. Mirtemirning qaysi she’rining lirik qahramoni – yosh, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi – erta tongda qishlog‘idagi jar ustiga qurilgan osma ko‘priklardan o‘tib, o‘t-o‘lanlari toptalmagan qirlarga oshiqadi?
A) «Baliq ovi» B) «To‘rg‘ay» C) «Shudring»# D) «Qishlog‘im»
16. Mirtemir «Shudring» nomli she’rida shudringni nimalarga qiyoslaydi?
1) kelinlar taqinchog‘iga; 2) uzuk ko‘zlariga;
3) ko‘zmunchoqqa; 4) qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga;
5) ko‘z yoshlarga; 6) kumush bilakuzukka.
A) 1, 2, 3, 4, 5 # B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 6 D) 4, 5, 6

17. Mirtemir qaysi she’ri misolida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni, ya’ni tongni sevish – bu yorug‘likni sevish, unga intilish demak haqiqatini ramziy ifodalagandek tuyuladi?


A) «Baliq ovi» B) «To‘rg‘ay»#C) «Shudring» D) «Qishlog‘im»
18. Mirtemir o‘z she’rida nimani sholikor-u chorvadorni, bog‘bon-u paxtakorni – barcha mehnat ahlini uyg‘otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlashini aytadi?
A) shudringni B) to‘rg‘ayni# C) qaldirg‘ochni D) baliqni

19. Mirtemir qaysi she’rida bir obraz misolida «Haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak», – degan fikrni ilgari suradi?


A) «Bulut» B) «To‘rg‘ay»#C) «Shudring» D) «Qishlog‘im»

20. Quyidagi misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan?


Bizning qishloq tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida.
Etagida chopqillar soy,
Yozda tiniq, kuzda tiniq.
A) «Qishlog‘im» B) «Shudring» C) «To‘rg‘ay» D) «Baliq ovi»#

21. Mirtemir qaysi she’rida endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘aygan pallasida xotiralarga berilgan bir inson sifatida gavdalanadi?


A) «Qishlog‘im»# B) «Shudring» C) «To‘rg‘ay» D) «Baliq ovi»

22. Mirtemirning «Baliq ovi» she’rida bolaning mo‘ljali ulkan baliqni tutib, kimga olib borib, undan maqtov eshitish edi?


A) onasiga B) otasiga C) buvisiga# D) bobosiga
23. Mirtemirning qaysi she’rining lirik qahramoni «yoramazon aytar» pallalarini qo‘msaydi?
A) «Qishlog‘im» # B) «Shudring»
C) «Bulut» D) «Baliq ovi»

24. Mirtemirning qaysi she’rida mehmonni otaday ulug‘lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko‘rsatish kabi azal-azaldan qolgan udumlarimiz ulug‘lanadi?


A) «Bulut» B) «Shudring»
C) «Qishlog‘im»# D) «Baliq ovi»



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish