Asosiy tashuvchilar. Shaxsiy kalit sifatida har xil kalitlardan foydalanish mumkin, masalan:
smart-kartalar va o'quvchilar;
touch Memory qurilmalari bilan ishlaydigan elektron qulflar va o'quvchilar;
turli xil USB ulagichlari va olinadigan USB disklari;
tizim ro'yxatga olish fayllari Windows, Solaris, Linux.
«Tasdiqlayman»
O’IBD o’rinbosari
_______ A. G’aybullayev
Guruhlar
|
1-KI
|
2-KI
|
5-AX
|
6-AX
|
Dars o‘tilgan sanasi
|
|
|
|
|
Mavzu: 5 - Simmetrik shifrlar.
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni _____
|
Mashg’ulot turi
|
Nazariy/Amaliy
|
Mavzu rejasi
|
Shifrlash turlari.
Simmetrik shifrlash tarifi.
Simmetrik shifrlash usullari.
|
Mashg’ulot maqsadi
|
Axborot xavfsziligi asoslari fani to’g’risida tushuncha olish.
|
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o’zlashtirish o’quvchida shaklanadigan asosiy bilim, ko’nikma va kompetensiyalar.
|
Pedogogik vazifalar:
1. Shifrlashni turlarga bo’linishini asoslarini tushuntiradi;
2. Simmetrik shifrlash tarifini yoritib beradi;
3. Simmetrik shifrlash usullari bilan tanishtiradi.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1. Shifrlashni turlarga bo’linishini tushuntiradilar;
2. Simmetrik shifrlash tarifini aytib beradilar;
3. Simmetrik shifrlash usullarini yoritib beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, amaliy topshiriq berish va boshqalar.
|
O’qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, kompyuter, proektor, vidoefilm, namunalar, chizma, interaktiv doska, elektron yo’riqnoma.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda.
|
O’qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlanganm guruhlarda ishlashga mo’ljallangan o’quv xonasi
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so’rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarini baholash
|
O‘quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi;
2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
3. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi(-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy xujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv materiallari bayoni:
1. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi(-ilova).
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun savollar beradi(-ilova). Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi(-ilova) har bir guruhga topshiriq beradi(-ilova) va baholash mezoni bilan tanishtiradi(-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi(-ilova).
3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifasini bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qayta aloqa o’rnatadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, garuhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarni, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.
5. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzuni nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
3-bosqich. Yakuniy
(10 daq.)
|
Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab, baholaydi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi(-ilova).
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
5- Mavzu: Simmetrik shifrlar
Reja:
Shifrlash turlari.
Simmetrik shifrlash tarifi.
Simmetrik shifrlash usullari.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Simmetrik kriptotizimlar.
Assimetrik kriptotizimlar.
Elektron imzo tizimlari.
Kalitlarni boshqarish.
Shifrlash usullari turli alomatlari bo‘yicha turkumlanishi mumkin.
Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o’zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo’lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish va tarqatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |