2. Siyosatshunoslikning predmeti, qonuniyatlari va
kategoriyalari
Xo‘sh, siyosatshunoslik nima? U jamiyat haqidagi fanlar tizi
mida qanday o ‘rin egallaydi? Uning predmetini nima tashkil
etadi?
«Siyosatshunoslik» atamasi lug‘aviy m a’nosiga ko‘ra yunon-
cha «politika» — davlat yoki ijtimoiy ishlar hamda «logos» —
ta’linwrt so‘z1arining birikishidan tashkil topgan bo‘lib, siyosat
haqidagi
ta’limot degan m a’noni anglatadi. Bu haqda birinchi
atamani Aristotel ( mil. av. 384—322-y.), ikkinchi atamani esa
Geraklit (mil. av. 530—470-y.) ilmiy muomalaga olib kirgan.
Siyosat insonlaming o‘ziga xos faoliyati sifatida qadim zamon-
lardayoq ilmiy tadqiqotlaming obyektiga aylangan. Siyosatga
i
oid bilimlar siyosiy tafakkuming ilk ko‘rinishlari sifatida 2,5 —
3 ming yil aw al paydo bo‘lgan. Awallari siyosatga oid bilimlar
falsafaning uzviy bir bo‘lagi hisoblangan. Platon ( mil. av. 427—
347-y.) siyosatshunoslikka oid asarlarini «Qonunlar», «Davlat»,
Aristotel esa «Politika» deb nomlagan. Qadimgi Gretsiya va
Rimda polis — davlat va jamiyat qurilishining o‘ziga xos shakli
bo'lib, u o‘z hududida yashovchi erkin mulkdorlar va ishlab
chiqaruvchi jamoalaming iqtisodiy hamda siyosiy suverenitetiga
tayangan. Bu suverenitet har bir fuqaroga shahar—davlat, ya’ni
polis hayotiga oid muhim masalalami hal etishda ishtirok etish,
eng muhimi, xalq yig‘inida ovoz berish orqali qatnashish huquqini
ta’minlagan hamda muayyan majburiyatlar yuklagan.
Siyosatshunoslik jamiyat haqidagi fanlardan bin sifatida
ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida muhim o ‘rin tutadi hamda siyo-
satni o ‘rganishda o‘ziga xosligi, maqsad va vazifalari bilan ajra
lib turadi. U ham falsafa, iqtisodiy nazariya, sotsiologiya, etika,
huquqshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlar singari jamiyat
hayoti, ijtimoiy munosabatlami o‘rganadi. Biroq siyosatshunoslik
o‘zining tadqiqot obyektiga ko‘ra boshqa ijtimoiy fanlardan farq
qiladi. Uning predmetini ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy,
axloqiy, diniy sohalaming mohiyati va o'ziga xos muammolari
emas, balki siyosiy sohaning tabiati va o‘ziga xos muammolari,
siyosiy h o k im iy atn in g am alga oshirilishi b ilan b o g ‘liq
munosabatlar tashkil etadi. U jamiyatda ijtimoiy tartibni, adolatni
ta ’minlovchi siyosiy institutlar haqidagi fandir.
Siyosat an’anaviy soha bo‘lganligi bois nafaqat siyosat
shunoslik, balki falsafa, sotsiologiya, iqtisodiy nazariya, psixo-
logiya, huquqshunoslik, tarix, siyosiy tarix, davlat va huquq na-
zariyasi, madaniyatshunoslik, mantiq, geografiya va boshqa fanlar
bilan ham doimo aloqada bo‘lgan. Jumladan, huquqshunoslik
fanlaridan davlat va huquq nazariyasi, ma’muriy huquq, siyosiy
14
va huquqiy ta ’limotlar tarixi, xalqaro huquq kabilar siyosat
obyektlari va davlat siyosati masalalarini bevosita o‘rganadi. Si
yosatshunoslik fani yuqoridagi huquqiy fanlar bilan bog‘liq bo'lib,
ijtimoiy hayotning xilma-xil masalalarini o ‘rganishda ularda
ishlab chiqilgan nazariy xulosalarga, amaliy tajribalarga asos-
langan holda ish olib boradi hamda jamiyatdagi siyosiy muno-
sabatlami tartibga soluvchi huquqiy normalardan, umuman bu
fanlaming yutuq va imkoniyatlaridan foydalanadi.
Garchi uning predmeti va mazmuni boshqa ijtimoiy-siyo-
siy fanlardan farq qilsa-da, biroq siyosiy jarayonlar va munosabat-
laming kechishini o‘rganishda boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar-
ning xulosalariga tayanadi, ularda ishlab chiqilgan nazariy qoida
va xulosalaming mohiyatini umumlashtiradi.
Jamiyat hayotida biror-bir siyosiy o‘zgarish, siyosiy voqea-
hodisalar siyosatning ta ’siridan chetda qolmaydi. Shu bois
siyosatshunoslik fan sifatida jamiyat hayotining turli sohalari-
dagi o‘zgarishlarda siyosatning o‘m i va rolini ilmiy-nazariy ji-
hatdan asoslaydi. Bu hoi, shubhasiz, uning boshqa siyosiy fanlar
bilan bog'liqligini, o'zaro aloqalarini ifodalaydi. Bunday aloqa-
dorlik siyosiy fanlarda jamiyatning siyosiy hayoti va munosa-
batlariga daxldor masalalami o ‘rganish bilan ham belgilanadi.
Masalan, falsafa siyosatning birmuncha umumiy tomonlari-
ni o‘rganadi. Siyosiy muammolar, voqea-hodisalami falsafiy
jihatdan umumlashtirish asosida ishlab chiqilgan nazariy qoida
va xulosalar, falsafaga xos umumiy qonuniyatlar siyosatshunos
lik fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi
holat siyosatshunoslikning falsafa fani bilan qanchalik bog'liq
ekanligini ko‘rsatadi.
Siyosiy fanlaming har biri jamiyat hayotiga oid masalalami
turli tomondan o'rganganligi uchun ham biz jamiyat, uning
rivojlanishi to ‘g‘risida aniq tushuncha va bilimga ega bo‘lamiz.
Shuningdek, so'nggi yillarda fanlaming tarixiy taraqqiyot
davomida tabiiy ravishdagi b o ‘linishi hamda fanlararo mehnat
taqsimotining ro‘y berishi siyosatni u yoki bu jihatdan tahlil
etuvchi siyosiy nazariya, siyosiy institutlar to ‘g‘risidagi ta ’li-
mot, siyosiy sotsiologiya, xalqaro siyosat nazariyasi, siyosiy
ta ’limotlar tarixi, siyosiy antropologiya, siyosiy psixologiya,
15
siyosiy geografiya, siyosiy ekologiya, siyosiy astrologiya kabi
m asalalar bilan shug‘ullanuvchi oraliq fanlarni vujudga keltirdi.
Jum ladan, siyosatshunoslik va boshqa fanlar orasida oraliq
mavqeni egallovchi fanlardan biri siyosiy sotsiologiya siyosat va
jamiyat, ijtimoiy tu zu m va siyosiy institutlar o ‘rtasidagi o ‘zaro
aloqadorlikni; siyosiy psixologiya inson hissiyotlari va irodasi,
e ’tiqodining um um an, siyosiy xulq-atvorning siyosatga ta ’sirini;
siyosiy antropologiya insondagi biologik, intellektual, sotsial,
m adaniy, diniy va boshqa xususiyatlarning siyosatga t a ’sirini
o'rgansa, siyosiy geografiya siyosiy jarayonlarning hududiy joyla-
shish, iqtisodiy-geografik, tabiiy iqlim sharoitlari va boshqa ta-
biiy om illar (dengiz va okeanlarga yaqinlik, kuchli davlatlar bilan
q o ‘shnichilik) bilan bog‘liqligini o ‘rganadi. Siyosiy astrologiya
esa, garchi xulosalari taxm iniy va shubhali b o ‘lsa-d a, fazo,
y u ld u zlar jo y lash ish i, quyosh faolligining siyosiy h o d isalar,
ommaviy xulq-atvor ham da siyosiy faollikka ta ’sirini o ‘rganadi.
D em ak, siyosatni turli fanlar nuqtayi nazaridan o ‘rganish
im koniyati mavjud va ayni paytda yuqorida qayd etilgan fan lar
ning birortasi ham siyosat to ‘g‘risida yaxlit, tugal tasavvurni
berm aydi. U lardan hech biri siyosatni o ‘ziga xos ijtim oiy hodisa
sifatida yaxlitligicha maxsus o ‘rganm aydi. Siyosatshunoslik esa
siyosat sohasi bilan bo g ‘liq b o ‘lgan bilim lar to ‘g ‘risida ana shu
vazifani am alga oshiradi.
Siyosat nim a? U jam iyatni tartibga solish va o ‘zgartirishga
qodirm i? Agar qo d ir b o ‘lsa, uni qay ahvolda tartibga soladi va
o ‘zgartira oladi? Siyosiy hokim iyat nim a? Davlat bilan fuqaro-
ning, hokim iyat bilan xalqning bir-biriga m unosabati qanday
tam oyillar asosida qurilm og‘i kerak? D em okratik davlat nim a?
U ni qanday barp o etish m um kin? U shbu siyosiy m asalalar
b o ‘y ic h a
u m u m n a z a r i y
t a d q i q o t l a r
o lib
b o r is h
siyosatshunoslikning predm etini tashkil etadi va bu savollarga
batafsil javob beradi.
M odom iki shunday ekan, siyosatshunoslik nim ani o ‘rgana-
di, ya’ni uning predm eti nim a, degan savol tu g ‘iladi. Bunga
quyidagicha javob berish m um kin.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |