Siyosatshunoslik


 Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова Л.В. Политология. — М., 2000. — С. 31


bet4/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова Л.В. Политология. — М., 2000. — С. 31.


Lokk, Monteskyo, Russo, Medison, Berk, Tokvil kabi muta- 
fakkirlar tomonidan siyosiy tadqiqotlar yanada rivojlantirildi.
Siyosatshunoslikning boshcja ijtimoiy fanlar tarkibidan mus- 
taqil fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o ‘rtalaridan 
XX asr boshlariga qadar davom etdi. Xuddi shu davrda u mus- 
taqil fan sifatida to ‘liq shakllandi. Bu jarayonda siyosiy tadqi­
qotlar bilan shug‘ullangan ilmiy markazlar muhim rol o‘ynadi. 
Jumladan, 1871-yilda Fransiyada «Siyosiy fanlarning ozod 
(erkin) maktabi» ish boshladi (Hozir bu maktab Parij universi- 
tetining siyosiy tadqiqotlar markaziga aylangan). AQSHning 
Kolumbiya universitetida 1880-yildan siyosiy fanlar maktabi, 
Angliyada 1895-yildan iqtisodiy va siyosiy fanlarning London 
maktabi, 1903-yildan boshlab esa siyosiy fanlarning Amerika 
assotsiatsiyasi faoliyat yurita boshladi. Bugun bu assotsiatsiya
16 mingdan ortiq a’zoga ega.
Yuqorida ta’kidlangan ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan 
chop etilgan jumal, turli tahlilnoma va boshqa xil nashrlarda 
o'sha davr siyosatshunosligining dolzarb muammolari ilmiy 
jamoatchilikka havola etilgan.
Siyosatshunoslik shug‘ullangan m uam m olar unda turli 
tarmoqlarning turkumlanishiga olib keldi. Jumladan, parlamen- 
tarizm masalalari bilan shug'ullangan taniqli siyosatshunos va 
sotsiolog G. Moska 1896-yilda «Siyosiy fan elementlari» nomli 
asarini, V. Pareto siyosiy elitalar nazariyasini, R. Mixels siyosiy 
partiyalar mohiyatiga oid partologiya asoslarini yaratdilar. Shu 
tariqa XX asr boshlarida siyosatshunoslikning mustaqil fan sifatida 
ajralib chiqish jarayoni nihoyasiga yetdi. Yevropada «siyosat fani» 
atamasi e’tirof etilib, keng tarqala boshladi. Biroq 1933-yilda 
Germaniyada natsional sotsialistlaming davlat tepasiga kelishi, 
so'ngra boshlanib ketgan fashistik terror Yevropada siyosiy 
tadqiqotlar rivojiga chek qo‘ydi. Z. Freyd, G. Markuze kabi 
o'nlab yevropalik mashhur olimlar AQSHga ketishga majbur 
bo'ldilar. Shu bois siyosiy tadqiqotlar markazi ham AQSHga 
ko‘chdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin siyosatshunoslikning fan 
sifatida taraqqiy etishida yangi davr boshlandi. Bu fanga m u- 
ayyan mamlakatlar manfaatlari nuqtayi nazaridan emas, balki


umuminsoniy manfaatlar nuqtayi nazaridan qaraluvchi xalqaro 
fan sifatida yondashish kelib chiqdiki, bunda BMTning tashkil 
topishi va faoliyati katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, AQSH 
va G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarining oliy ta ’lim tizimida 
siyosatshunoslik fani XX asming o ‘rtalariga kelib keng qamrovli 
o ‘rinni egallay boshladi. 1948-yili Parijda BMTning ta ’lim, 
fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKO 
tashabbusi bilan siyosatshunoslaming xalqaro konferensiyasi 
o ‘tkazildi. Konferensiyada siyosiy fanlami siyosiy nazariya, si­
yosiy institutlar, partiyalar, guruhlar, ijtimoiy fikr, xalqaro mu- 
nosabatlardan iborat to ‘rt guruhga bo ‘lish hamda YUNESKO 
a ’zolari b o 'lg an m am lakatlar oliy t a ’lim tizim ida siyo- 
satshunoslikni fan sifatida o ‘qitishni yo'lga qo‘yish taklif etildi. 
G 'arbiy Yevropaning barcha, Sharqiy Yevropaning ayrim 
davlatlari ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etdilar. Shu asnoda 
asta-sekin siyosiy fan institutlari tiklandi. 1949-yilda siyosiy 
fanlarning xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etildi. 1956-yilda 
Fransiyada siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasi joriy etildi. 
Siyosiy guruhlar va siyosiy muvozanat nazariyasi bo‘yicha D. 
Trum en, D. Iston, R. Teylor; siyosiy tizim lar nazariyasi 
bo‘yicha D. Iston, R. Aron; partiyaviy tizimlar b o ‘yicha M. 
Dyuveije, U. Bemxem; siyosatning tarkibiy-funksional masala­
lari bo ‘yicha T. Parsons, Ch. Bernard, R. M erton kabi olimlar 
dunyoga tanildilar. Siyosatda konflikt va konsensus nazariya­
si, qiyosiy siyosatshunoslik sohalarida S. Lipset, G. Almond,
S. Verba kabilar salmoqli asarlar yaratdilar. Natijada, XX 
asming so'nggi choragiga kelib siyosatshunoslik alohida nufuzga 
ega bo'lgan fan sifatida shakllandi.
Biroq sobiq SSSR va unga mafkuraviy tobe davlatlarda siyo­
satshunoslik fani o‘qitilmadi, fanga doir biror jum al yoki gazeta 
nashr etilmadi. Chunki mustabid tuzum fuqarolaming siyosat 
ilmidan xabardor bo‘lishlari ularda kommunistik partiya va sovet 
davlati siyosatiga nisbatan tanqidiy, hech bolmasa tahliliy yonda- 
shuvni shakllantirishidan xavfsirar edi. Faqat SSSRning parcha- 
lanishi tezlashgach, ya’ni 1989-yildan boshlab Rossiyada bu fan 
plyuralistik asosda mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. So- 
vetlardan keyingi makonda tashkil topgan mustaqil davlatlarda
9


siyosiy ta’lim va siyosiy madaniyat masalalariga qiziqish ommaviy 
tarzda keskin kuchayib ketdi.
Jumladan, 0 ‘zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo‘lga 
kiritilishi siyosiy fanlami o'rganish va o‘qitishga nisbatan eskicha 
yondashuvlarni batam om o ‘zgartirib yubordi. M ustaqillik 
sharoitida oliy ta ’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki 
choralaridan biri m am lakatim izda siyosatshunoslik fanini 
o‘rganish va o'qitishga kirishishdan iborat bo‘ldi. Chunki, amalga 
oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlaming samarali bo‘li- 
shi fuqarolaming siyosiy fan va demokratik madaniyat asoslari- 
dan qanchalik xabardorliklariga bevosita bog'liqdir. Demokra­
tik islohotlami yanada chuqurlashtirish va jamiyatni sifat jihatdan 
yangi pog‘onaga ko‘tarish fuqarolardan awalgidek qaram, mute, 
beparvo bo‘lib qolishni emas, balki erkin, mustaqil mushohada, 
siyosiy madaniyatda keskin o‘zgarishlar yasash, bozor iqtisodi- 
yotiga va demokratiyaga mos bo‘lgan omma mentalitetini shakl- 
lantirishni taqozo etmoqda. Mustaqillik va o ‘zlikni anglashning 
kuchayishi jarayonida ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy 
faoliyat, davlat, siyosiy partiyalar, nodavlat, nohukumat tashki- 
lotlarining ish usullarini, siyosat va inson, davlat va jamiyatning 
•o‘zaro munosabatini, siyosatshunoslikning asosiy tushunchalarini 
anglashga bo‘lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. Shu bois 
siyosatshunoslikni o ‘rganish inson kamolotining, mamlakatda 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning zarur shartiga 
aylanmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimiz Prezidenti
I. A. Karimov: «Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson 
dunyoqarashining shakllanishida m a’rifatning, xususan, ijtimo­
iy fanlarning o ‘m i beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi, 
psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi — ulaming barchasi odam- 
ning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»1, 
deb ta’kidlagan edi.
Mamlakatimiz oliy o ‘quv yurtlarida 1992-yildan boshlab 
siyosatshunoslik fanini o ‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Bu harakat, av- 
valo, siyosiy bilimlarga nisbatan ijtimoiy ehtiyojni qondirish

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish