tug‘dirish orqali ular e ’tiborini ijtimoiy
m uam m olardan chal-
g‘itish borasidagi manfaatlariga xizmat qiladi.
Shu bois, ayrim G ‘arb ommaviy axborot vositalari tom oni
dan tashviq etilayotgan «islom terrorizmi», «islom ckstremiz-
mi» kabi iboralarning orqasida ba’zi xorijiy davlatlarning siyosiy
m anfaatlari va maqsadlari yashiringanligini ijro hokimiyatining
vakillari b o ‘lm ish ichki ishlar organlari xodim lari chuqur
anglamoqlari lozim. Buni anglash xalqimizning azaliy qadriyati
b o ‘lmish diniy qadriyatlarga, diniy e ’tiqodga, fuqarolarimizning
konstitutsiyaviy huquqlariga tajovuz etishga olib keluvchi xatti-
h a rak atlard an tiyilishga olib keladi. S huningdek, «funda
mentalizm» tushunchasi mohiyatida ijobiy m a’no
ham borli-
gini tushunish, ya’ni islom dinining tub qadriyati hisoblanmish
ezgulik va adolat kategoriyalarining ekstrem izm va terrorizm
kabi yovuzlik kategoriyalariga zid ekanligini anglashga ko‘mak-
lashadi. Eng muhim i — fundam entalizmning siyosiy emas, balki
mafkuraviy hodisa ekanligini anglashga olib keladi. Afsuski
ommaviy ongda nafaqat fundam entalizm va ekstremizm o ‘rta-
sidagi farqni, balki fundamentalizmning mafkuraviy hodisa ekan
ligini, ekstremizm esa din niqobidagi siyosiy hodisa ekanligini
bilmaslik hukm ronlik qilmoqda.
Shubhasiz,
har qanday dinda, jum ladan, islom dinida ham
tajovuzkor, g‘ayridiniy, g‘ayriinsoniy totalitar m azhab va oqim-
lar uchraydi. Bir vaqtlar arab dunyosida tajovuzkorligi bilan
tanilgan «Musulmon birodarlari», «Al-jamoa al-islomiya» (Misr),
Falastin, Iordaniya, Jazoir va boshqa m am lakatlarda katta ta ’sir
kuchiga ega bo‘lgan «Hizbulloh», «Fath», «Xamas» kabi terrorchi
tashkilotlar bu fikrning isbotidir.
U lam ing faoliyati muayyan
darajada Isroil davlatining ekspasiyaviylik siyosatiga ham qarshi
qaratilgandir. Biroq bundan islom dini tajovuzkor, radikal dindir,
degan xulosa chiqarish noto‘g‘ridir.
Dindagi muqaddas aqidalam i niqob qilib olgan terrorchilik
tash k ilo tlari va to ta lita r sektalar b o sh q a d in larg a e ’tiqod
qilinadigan mintaqalarda ham uchraydi. M asalan, chorak asrdan
buyon xristian dinidagi katolik va protestant yo‘nalishlari o ‘rta-
sida davom etib kelayotgan terroristik, ekstremistik harakatlarni
«Irlandiya Respublika Armiyasi» nom li terrorchi
tashkilot fao-
307
liyatida, Yaponiyadagi sintoizm dini mazhablaridan bin — «Aum
Senrikyo» harakatlarida, 1990-yillarda U krainada qator jino-
yatlar sodir etgan «Oq birodarlik» nomli diniy m azhab faoliya-
tida, Shri Lankadagi buddizm diniga mansub «Ilay Lamani ozod
qilish yo‘lbarslari» kabi terrorchi tashkilotlarining
xatti-hara-
katlarida ham yaqqol kuzatish mumkin.
«Islom fundamentalizmi» islomdagi hozirgi uch oqim dan
(traditsionalizm va m odernizm bilan birga) biri b o ‘lib, o'zini
diniy uyg‘onish tarafdori deb ataydi ham da mustaqil «islom ta-
raqqiyot yo‘li»ni islomning fundamental prinsiplaridan izlashga
urinadi. Islom a n ’an ach ilarid an farq qilgan h o ld a islom
fundam entalistlari islomdagi fundam ental prinsiplarni qayta
tiklash va ularga amal qilish tarafdorlaridir.
Dem ak, diniy fundam entalizm aqidaning o ‘zgarmasligini
himoya
qiladigan, vahiy va m o‘jizalam ing muqaddas kitoblar-
dagi bayonining harfiy talqiniga tarafdori, ularning h ar qanday
majoziy talqiniga murosasiz, so‘zm a-so‘z
talqinga asoslangan
e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadi-
gan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida
belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarning q at’iy va og'ishm ay baja-
rilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llanila-
digan istilohdir1.
«Islom fundamentalizmi» deganda islom dinining siyosiy
hayotga aralashuvi va pirovardida siyosiy hokimiyat uchun ku-
rashuvi nazarda tutiladi. Ayrim adabiyotlarda diniy fundam en
talizm diniy ekstrem izm bilan bir-biriga q o ‘shilib ketgan
tushunchalar sifatida talqin etiladi2.
Bunday talqin muayyan m a’noda to ‘g‘ridir, chunki dindagi
fundam ental asoslarni zo‘rlik bilan
hayotga tatbiq etish diniy
ekstremizmni; ekstremizm esa diniy terrorizm ni vujudga kelti-
radi. Chunki «ekstremizm» so‘zi aslida fransuzcha-lotinchadan
kelib chiqqan b o ‘lib, keskin fikrlarning bildirilishi va qattiq tad-
birlarning qo‘llanilishi yoki keskin fikr va choralarni yoqlovchi,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: