dunyoviy taraqqiyot yo‘liga rahna solib, uni izdan chiqarish va
diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqdalar. Bu «ayrim
siyosiy kuchlar» diniy ekstremizm va terrorizm ning bevosita
ilh o m ch ilari va bajaru v ch ilari b o ‘lib, u la r п орок siyosiy
maqsadlari yo‘lida inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy
qadriyati — dindan foydalanishga urinm oqdalar. Bu xavfni
nazarda tutib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o ‘z yo‘limizda qat’iy-
ligimizni, ya’ni 0 ‘zbekiston aqidaparastlikning —
u xoh diniy,
xoh kom m unistik shaklda b o ‘lsin — har qanday ko‘rinishlariga
qarshi ekanligini doim o ta ’kidlab keladi.
1999-yilning 16-fevralida Toshkent shahrida terroristlar
to m o n id an uyushtirilgan portlashlardan boshlab terrorizm
m uam m osi 0 ‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga tahdid so-
luvchi asosiy xavf-xatarlardan biriga aylandi. Chunki teokratik
davlat qurish ilinjida bo'lgan terrorchilar jam iyatim iz siyosiy
texnologiyasidagi zaif nuqtalardan (ishsizlik, hokimiyat amaldor-
larining ayrim nuqsonlari va hokazolar) o ‘z g‘arazli maqsadlari
yo'lida foydalanmoqchi b o ‘ldilar.
Jinoyatning o ‘ta xavfli bu turiga
qarshi kurash Milliy xavf-
sizlik xizmati, IIV, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita,
M udofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kabi idora-
lar zimmasiga yuklatildi. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok
etayotgan tegishli davlat organlarining faoliyatini muvofiq-
lashtirish ham da terrorchilik faoliyatining oldini olish, unga chek
qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkor-
likda harakat qilishlarini ta ’m inlash 0 ‘zbekiston Respublikasi
Milliy xavfsizlik xizmati tom onidan amalga oshiriladi.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizm ga qarshi ku-
rashning asosiy prinsiplari (qonuniylik,
in so n h u q u q lari,
erkinliklari va q o n uniy m an faatlari u stu v o rlig i, ja zo n in g
muqarrarligi) bir qator norm ativ-huquqiy hujjatlarda o ‘z ifoda-
sini topgan bo‘lib, bu hujjatlarning asosiylari quyidagilardir:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi
(2001-yil 18-oktabrdagi o'zgartish va qo‘shim chalar bilan).
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash
to ‘g‘risida»gi qonuni (2000-yil 15-dekabr).
303
3. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, Jinoyat-protses-
sual kodeksi va M a’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi
kodeksiga
o'zgartish va qo‘shimchalar kiritish to ‘g‘risida»gi qonuni (2001-
yil 29-avgust).
4. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizm ni moliyalashtirish-
ga qarshi kurash to ‘g‘risida»gi qonuni (2004-yil).
Ushbu huquqiy-m e’yoriy hujjatlar orasida 0 ‘zbekiston Res
publikasining «Terrorizmga qarshi kurash to ‘g‘risida»gi va «Ji
noiy faoliyatdan olingan darom adlarni legallashtirishga va te r
rorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to ‘g‘risida»gi qonun-
lar alohida e’tiborga molik. Chunki, bu qonunlar tufayli 0 ‘zbe-
kistonda terrorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va
moddiy-texnik asoslari yaratildi. Unga ko‘ra terrorizmni tar-
g‘ibot qilish, terroristik guruh va tashkilotlarni
tuzish ham da
ularning faoliyati, tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan ter
roristik jinoyatlarga oid m a’lum ot va dalillami yashirish taqiq-
lanadi.
«Terrorizmga qarshi kurash to ‘g‘risida»gi qonunda «terro
rizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa m aqsadlarga
erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi,
m ol-m ulk va boshqa m oddiy obyektlarning yo‘q qilinishi
(shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi ham da davlatni,
xalqaro tashkilotni, jism oniy yoki
yuridik shaxsni b iron-bir
harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga m ajbur
q ilishga, x alq aro m u n o sa b a tla rn i m u ra k k a b la sh tirish g a ,
d av latn in g su v e re n ite tin i, h u d u d iy yaxlitligini buzishga,
xavfsizligiga p utur yetkazishga, qurolli
mojarolar chiqarishni
ko'zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini q o ‘rqitishga, ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, 0 ‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan
zo'rlik, zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy
qilmishlar» sifatida tavsiflangan1.
Terrorizm ga qarshi kurash dastaw al uni oziqlantiruvchi
Download
Do'stlaringiz bilan baham: