O’quv qo’llanma
174
katta etibor qaratilmoqda (plazmani 3-6 oy davomida karantinlash,
detergent bilan qayta ishlash va b).
Bundan tashqari donor va retsipiyent
plazmasida antitanachalar
mavjudligi bilan bog‘liq immunologik reaksiyalar ehtimoli yuqori.
Ulardan eng og‘irlari klinik jihatdan titrash, gipotoniya, bronxospazm,
to’sh orti sohasida og‘riqlari bilan namoyon bo‘luvchi – anafilaktik shok
hisoblanadi. Qoidada bu reaksiya retsipiyentda
IgA yetishmovchiligi
bilan asoslanadi. Bunday holatlarda plazmani quyishni to‘xtatish talab
etiladi, adrenalin va prednizalon yuboriladi. Hayotiy zaruratlarda
davolashni yangi muzlatilgan plazmani quyish yordamida antigistamin va
kortikosteroid preparatlarni infuziya boshlanishidan 1 soat oldin va ularni
quyish paytida takroriy kiritish buyurilishi mumkin.
10.5. Kriopretsipitatni qo‘yish.
So‘nggi paytlarda dori vositasi hisoblangan donor qonidan
olinadigan kriopretsipitat
nafaqat Willebrand kasalligi, gemofiliya A
bemorlarni davolash uchun transfuzion vosita sifatida, balki VIII
faktorning tozalangan konsentratlarini
olish maqsadida keyinchalik
fraksiyalanuvchi dastlabki xom-ashyo sifatida qaralmoqda.
Gemostaz uchun VIII faktor miqdorini operatsiya paytida 50 %
gacha va operatsiyadan oldin va keyingi davrda 30 % gacha ushlab turish
zarur. VIII faktorning bitta birligi 1 ml yangi muzlatilgan plazmaga mos
keladi. Qonning bir dozasidan olingan kriopretsipitat kamida 100 TB VIII
faktorni o‘z ichiga olishi kerak.
Kriopretsipitatni qo‘yishda ehtiyoj hisobi quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
Tana vazni (kg) x70 ml/kg=qon hajmi (ml)
Qon hajmi (ml) x (1,0 - gematokrit) =plazma hajmi (ml)
Plazma hajmi (ml) x (VIII faktorning quyish uchun zarur miqdori)
(TB) VIII faktorning zarur miqdori (TB): 100 TB = bir martalik
transfuziya uchun kerak bo‘lgan kriopretsipitat dozasining miqdori.
Retsipiyent sirkulyasiyasida quyilgan VIII faktorning yarim yashash
davri 8-12 soat, shuning uchun, qoidada davolash darajasini quvvatlash
uchun kriopretsitatni qayta quyish zarur.
Umuman quyiladigan kriopretsipitatning miqdori A gemofiliyani
og‘irligiga va qon ketishining ifodalanishiga bog‘liq. Gemofiliyada VIII
faktorning miqdori1% dan kam bo’lganda og’ir, 6-30 % miqdorda engil
sifatida baholanadi.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
175
Kriopretsipitat quyishning terapevtik samarasi faktorning tomir ichi
va tomirdan tashqari sathda tarqalish darajasiga bog‘liq. Kriopretsipitat
tarkibida quyilgan VIII faktorning o‘rtacha
chorak qismi terapiya
jarayonida tomirdan tashqari sathga o‘tadi.
Kriopretsipitat quyishlar bilan davolash davomiyligi qon ketishining
og‘irligi va joylashishi, bemorning klinik javobiga bog‘liq. Katta xirurgik
operatsiyalarda yoki tishlar ekstraksiyalarida VIII faktor miqdorini 10-14
kun davomida 30 % dan kam bo‘lmagan holda ushlash kerak. Agar u
norma chegarasida (30-40) bo‘lsa, unda VIII faktor odatda 10 % dan
yuqori bo‘ladi. Kriopretsipitatni belgilashga yana bitta ko‘rsatma – bu
gipofibrinogenemiya bo‘lib, u juda kam hollarda alohida, ko‘pincha o‘tkir
TITQIS belgisi bo‘lib kuzatiladi. Kriopretsipitatning bitta dozasi o‘rtacha
250 mg fibrinogenni o‘z ichiga oladi. Shunga qarmasdan
kriopretsipitatning katta dozalari trombotik asoratlar va eritrotsitlarning
yuqori sedimentatsiyasini o‘z ichiga oladigan giperfibrinogenemiyani
chaqirishi mumkin. Katta dozalarni quyishda bir vaqtning o‘zida (10 va
undan ortiq) kriopretsipitat ABO tizimi bilan mos bo‘lishi kerak. Har bir
dozaning hajmi katta emas: birdaniga katta
dozalarni quyish volemik
buzilishlarga olib keladi, buni kattalarga qaraganda kam qon hajmiga ega
bo‘lgan bolalarda hisobga olish kerak. Kriopretsipitatni quyishda
anafilaksiya, plazma oqsillariga allergik reaksiyalar, volemik zo‘riqishlar
kuzatilishi mumkin. Transfuziolog doim ularning rivojlanish xavfini
yodda tutishi va ular paydo bo‘lganda mos terapiyani o‘tkazishi kerak
(quyishlarni to‘xtatish,
prednizolon, antigistamin vositalar, adrenalin
belgilashi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: