Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Marketing axboroti turlari, manbalari. Birlamchi axborot. Ikkilamchi axborot



Download 140,09 Kb.
bet23/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

5.2. Marketing axboroti turlari, manbalari. Birlamchi axborot. Ikkilamchi axborot
Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot turlarini manbalariga ko‘ra 2 ta turga ajratish mumkin. Bular jumlasiga, ichki axborot va tashqi axborot turlari kiradi.
Ichki axborot turiga quyidagi ma’lumot manbalari kiradi:

  1. Barcha faoliyat turlari bo‘yicha joriy xarajatlar.

  2. Sotuv hajmi.

  3. Ombordagi mahsulot qoldig‘i.

  4. Mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar soni.

  5. Moddiy ta’minotchilar ko‘lami.

  6. Marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan favqulotdagi ma’lumotlar.

Ichki axborot quyidagi talablar asosida shakllanadi:

  • joriy yakunlanayotgan kun yakunida firma do‘konida har bir tovar guruhi miqyosida qolgan zahiralar qoldig‘i;

  • bir kunlik sotuv hajmi;

  • buyurtma berish kerak bo‘lgan tovarlar assortimenti;

  • savdo bo‘yicha qilingan kundalik, haftalik, oylik, choraklik va yillik xarajatlar miqdori;

  • davlat oldidagi pullik majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar miqdori;

  • agar mavjud bo‘lsa turli shtraflar miqdori;

  • ko‘rilgan zararlar miqdori.

Ushbu axborotlar yana operativ axborotlar deb ham nomlanadi. Chunki mazkur ma’lumotlardan ba’zi hollarda tezkor foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Bu erda muhim o‘rinni zaruriy axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Tezlikda va sifatli olingan axborot samarali qaror qabul qilishda eng kuchli omil hisoblanadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim. Qurilish kompaniyalari ichki axborotga egalik qilish orqali ishlab chiqarish sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga, fidoyi xodim va ishchilarni rag‘batlantirish orqali mehnat samaradorligini ko‘tarishga, korxona brendini yaratishga imkoniyatlar yaratadi.
Marketing tashqi axborot turiga quyidagi ma’lumot manbalari kiradi:

  1. Boshqa xo‘jalik, tadbirkorlik va biznes sub’yektlari bilan tuzilgan shartnomalar, ularning bajarilish holati.

  2. Ta’minotchilar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilish holati.

  3. Bozordagi savdo uchun yaratilgan shart-sharoitlar.

  4. Raqobatchilarning bozordagi ulushi.

  5. Bozordagi talab va takliflarning ko‘lami.

  6. Reklama natijalari.

  7. Iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari.

  8. Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar)da kompaniya faoliyatiga tegishli ma’lumotlar. Bunday ma’lumotlardan rivojlangan davlatlardagi juda ko‘plab mashhur kompaniyalar keng foydalanadi. Masalan, Amerika qo‘shma shtatlarida “Market riserch korpreytion of Amerika” kompaniyasi haftalik jurnalida iste’molchi va mijozlariga tovarlar bo‘yicha bozordagi ulushining o‘zgarishi, tovarlarning narxi va qadoqlashdagi o‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi.

  9. Marketing tadqiqotlarining natijalari.

  10. Ijtimoiy-demografik omillar, tashqi siyosiy va iqtisodiy omillar asosida shakllangan ma’lumotlar bazasi.

Demak, marketingda tashqi axborotlarga tashkilotning marketing muhitidagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan axborot manbai bo‘lib, kompaniya marketologlariga tashqi muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
Marketing tadqiqotlarini osonlashtirish va birlashtirish uchun marketing axboroti odatda birlamchi axborot va ikkilamchi axborotga bo‘linadi.
Birlamchi axborot - bu biror-bir konkret maqsad uchun operativ yig‘ilgan axborotdir. Ko‘pchilik marketing izlanishlari birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni taqozo qiladi. Bu axborot to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun ularni yig‘ishning aniq rejasi mavjud bo‘lishi lozim. Marketolog bu jarayonni amalga oshirishda izlanish usullari, izlanish vositalari, tegishli to‘plamni tuzish rejasini va savolnoma beriladigan auditoriya bilan aloqa usulini puxta o‘ylab olish kerak. Masalan, izlanish usullari kuzatuvdan, tajribadan va savol-javob o‘tkazishdan iborat bo‘lishi mumkin. Izlanish vositalari esa o‘z navbatida anketalardan yoki texnik qurilmalardan iborat bo‘lishi mumkin. Tegishli to‘plamni tuzish rejasi esa to‘plam birligini tanlashdan, to‘plam kattaligini tanlashdan va tanlash mexanizmini ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi mumkin. Savolnoma berilib, uning asosida o‘rganiladigan auditoriya bilan aloqa usullari esa telefon aloqasini, pochtani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni o‘z ichiga qamrab olishi mumkin.
Shuningdek, birlamchi axborotga korxonaning kunlik hisob-kitoblari, xodimlarning kunlik mehnat ko‘rsatkichlari, iste’molchi va mijozlar haqida joriy ma’lumotlar, kunlpk shartnomalar soni va bajarilish holati kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin.
Ikkilamchi axborot esa oldindan belgilangan maqsadlar uchun yig‘ilgan va saqlangan axborotlardir. Shuning uchun ham marketologlar, eng avvalo, ikkilamchi axborot yig‘ish bilan marketing tadqiqot ishlarini boshlaydilar. Ikkilamchi axborot manbalari ichki va tashqi ko‘rinishda bo‘lib, ularni tegishli idoralar yoki nashr etilgan manbalardan olish mumkin. Masalan, ichki ko‘rinishdagi birlamchi axborot manbalariga korxonaning foyda va zarari haqidagi hisobotlar, balans hisobotlari, tovar yoki xizmat sotuvi haqidagi ma’lumotlar, kommivoyajerlarning hisobotlari, u schyot-fakturalar, tovar material boyliklarning hisob-kitob vedomostlari, oldingi izlanishlar haqidagi hisobotlar kirishi mumkin. Tashqi ko‘rinishdagi birlamchi axborot manbalariga esa davlat korxonalarining nashrlaridan olinishi mumkin bo‘lgan axborotlarni, kitoblarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni, davriy nashrlardagi axborotni va kommersiya ko‘rinishidagi axborotlar etkazib beradigan kompaniyalarni keltirish mumkin.
Ikkilamchi axborot ma’lum afzalliklarga ega: u nisbatan arzon, tez yig‘iladi; ko‘rib chiqilayotgan muammolarning yanada kengroq ko‘rinishini olish imkonini beradi. Biroq ikkilamchi axborot ayrim hollarda quyidagi kamchiliklarga ham ega: ma’lumotlarning o‘zining noto‘liqligidan kelib chiqib tadqiqot maqsadlariga mos kelavermaydi; to‘plangan ma’lumotlar eskirgan bo‘lishi mumkin; o‘rganish natijalari to‘liq nashr etilmaydi; ular qarama-qarshi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin; ba’zan axborotning ishonchliligini tekshirish qiyin.
Ikkilamchi axborotning asosiy manbalari: ichki va tashqi manbalarga ajratiladi. Kompaniya ichida ichki manbalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar, savdo faoliyatiga doir ma’lumotlar, inventarizatsiya ma’lumotlari, aksiyadorlar yig‘ilishlarida rahbarlarning hisobotlari, iste’molchilarning shikoyatlari va shikotyalarga berilgan sharhlar, kompaniyaning ish yozishmalari va oldingi marketing tadqiqot materiallari.
Ikkilamchi axborot foydalaniladigan moliyaviy va buxgalteriya hisoblatlarini o‘rganish asosida kelgusi yil byudjetlari yil davomida har bir mahsulot uchun xarajatlarni aniqlaydi. Savdo faoliyatiga doir ma’lumotlar esa alohida korxonalar yoki bo‘linmalar, mahsulot guruhlari va alohida mahsulotlar, hududlar, sotuvchilar va sotuvni tahlil qilish imkonini beradi. Bunda sotuvni oldingi davrlar bilan taqqoslanadi va kompaniyaning biznes muvaffaqiyat darajasini aniqlash mumkin. Bunda axborotlarning eng muhim manbai to‘lov hujjatlari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va savdo faoliyati to‘g‘risida turli xil iqtisodiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun bu hujjatlarni tizimli hisobga olish va qayta ishlash korxonaning iqtisodiy holati haqida eng ishonchli va to‘liq axborot beradi. Xorijiy kompaniyalar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, to‘lov hujjatlarining aylanmasidan tavsiflovchi axborotlardan muvaffaqiyatli biznes yuritish maqsadida keng foydalaniladi.
Birlamchi axborotda esa buxgalteriya hisoblar tizimidagi hisoblarning kvadrat matritsali to‘plamining barcha debetlari vertikal va kreditlari gorizontal joylashgan holdagi ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi. Har bir bitim boshqa bir hisob va xarajat uchun daromad sifatida qayd etiladi. Korxonalarda bunday axborot texnologiyalarini yaratish birlamchi buxgalteriya hisobining ishonchlilik darajasini sezilarli darajada oshiradi va menejerlarning vazifalarini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Bu sxema bo‘yicha boshqaruv xodimlarining har biri korxona xo‘jalik faoliyatining ma’lum bir bo‘limi uchun javobgardir. Shuningdek, marketing xizmatlari ishonchli axborot qamrovi tufayli kompaniya biznesiga malakali ta’sir ko‘rsata oladi.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish