Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet98/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6.8.4. Kislotabardosh beton


Kislotabardosh beton suyuq shisha - polimer bog'lovchi, kukun to'ldirgich, qotiruvchi, mayda va yirik to'ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Kislotaga chidamli kukun to'ldirgichlar toza kvars qumi, andezit, bazalt, diabaz va shu kabilar asosida olinadi. Suyuq shishani qotirish uchun kremneftorli natriy (Na2SiF6) qo'shiladi. To'ldirgich sifatida kvars qumi, granit, andezit, kvarsit kabi kislotaga chidamli chaqiqtoshlar ishlatiladi. Ushbu komponentlar asosida ratsional tarkibda tayyorlangan beton qorishmasi turli zichlashtirish usullari bilan qoliplanadi, 10 sutka davomida 15-20°C haroratda ochiq havoda saqlanadi. Beton qotgach, yuzasi sulfat yoki xlorid kislotasi bilan ho'llanib, yanada zichlashtiriladi.
Kislotabardosh beton konsentrlangan kislotalar, tuzli muhitlarga o'ta chidamli bo'lsa-da, suv ta'sirida 5-10 yilda, ishqoriy qorishmalarda esa bundan ham tezroq buziladi. U kimyo sanoati sexla-rining pol, devor qismlarini, elektroliz vannalarini futerovka qilishda (qoplashda), mineral o'g'itlar saqlanadigan omborxonalarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi.


6.8.5. Radioaktiv nurlardan himoyalovchi beton


Maxsus betonning bunday turi atom elektrostansiyalari, termoyadro sinash poligonlarida, ommaviy qirg'in qurollaridan himoyalovchi inshootiar qurilishida ishlatiladi. Betonga o'ta og'irlik, zichlik va tarkibida muayyan miqdorda vodorod bo'lishi (odatda, suv tarkibida) kabi maxsus talablar qo'yiladi. Beton tayyorlashda sement, shlakli sement va giltuproqli sement ishlatiladi.
To'ldirgich sifatida magnetit (Fe3O4), gematit (Fe2O3) kabi tarkibida 60% dan ko'p temir bo'lgan temir rudasi, qo'ng'ir temir (limonit) Fe2O3∙nH2O va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 80% bariy sulfati (BaSO4) bo'lgan barit rudasi (barit) beton tayyorlashda mayda va yirik to'ldirgich sifatida ishlatiladi. Mayda to'ldirgich sifatida kvars yoki limonit qumi, cho'yan pitrasi ishlatiladi. Metall yirik to'ldirgich metallni qayta ishlash zavodlan chiqindilaridan olinadi. O'ta og'ir betonlarning o'rtacha zichligi to'ldirgich turiga bog'liq bo'lib, magnetit to'ldirgichli beton 4000 kg/ m3, metall to'ldirgichli beton 6000 kg/m3 bo'ladi.
O'ta og'ir beton mustahkamlik bo'yicha markasi M100, M200 va M300 boladi. Beton tarkibini tanlashda suvning miqdoriga alohida ahamiyat beriladi, chunki beton tarkibidagi kimyoviy bog'langan suv kishi organizmi uchun xavfli bo'lgan nurlar va neytron oqimlarini samarali yutuvchi hisoblanadi. O'ta og'ir beton atom reaktori aktiv korpusini himoyalashda ishlatilganda, olovbardoshlik va o'tga chidamlilik talab etiladi. Og'ir beton massiv quyilganda sementdan kam miqdorda issiqlik ajrab chiqishi va kirishishi asosiy omil hisoblanadi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish