6.8.2. Yo'l va aerodrom qoplamalari betony
Avtomobil yo'llari va aerodrom qoplamalari murakkab atmosfera sharoitida ishlaydi. Ular doimo yog'in-sochin, muzlash va erish ta'sirida bo'ladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yo'l betonlariga yuqori haroratdan hosil bo'ladigan ichki zo'riqish ham salbiy ta'sir etadi.
Avtomobil va havo kemalarining harakatidan hosil bo'ladigan dinamik kuchlanishlar, zarblar, ishqalanishlar, turli gazlar betonning yemirilishini tezlashtiradi. Shu sababli yo'l betonlariga zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi, yedirilishga bardoshligi bo'yicha yuqori talablar qo'yiladi. Yo'l betonining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha markasi M300-M500, egilishdagi mustahkamligi 4-5,5 MPa. Betonning sovuqqa chidamliligi F150, F200 va yuqori.
Yo'l va aerodrom qoplamalari betoni 500 markali sement asosida tayyorlanadi. Ekspluatatsiya xossalarini yaxshilash uchun beton tarkibiga gidrofob, difil moddalar va superplastifikatorlar kiritiladi.
Beton uchun mayda to'ldirgich sifatida tozalangan kvars qumlari, yirik to'ldirgich sifatida esa granitsimon zich tog' jinslaridan chaqib saralangan chaqiqtoshlar ishlatiladi. Yo'l va aerodrom qoplamalari betonlari beton qorish sexlarida yoki avtobetonqorgichlarda sinchiklab qoriladi va maxsus beton quyish mashinalari yordamida quyiladi. Issiq-sovuqdan hosil bo'ladigan deformatsiya-larni hisobga olib beton deformatsiya choklari qoldirilib quyilishi kerak. Beton quyilgach, dastlabki kunlarda suvning bug'lanishini kamaytirish maqsadida uning yuzasi maxsus qoplamalar (etinol loki, bitum va qatron emulsiyalari, suvda eriydigan polimerlar va shu kabilar) bilan himoyalanadi.
6.8.3. Olovbardosh beton
Beton yuqori harorat ta'sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi, kristallogidratlar va Ca(OH), parchalanadi, yoriqlar hosil bo'ladi. Bu holat betonning buzilishiga sabab bo'ladi. Yuqori haroratda erkin holda hosil bo'lgan CaO ni biriktirish uchun beton tarkibiga kukunlangan SiO, kiritiladi, natijada 700-900°C haroratda nCaO.SiO2 singari qattiq minerallar hosil bo'ladi.
Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo'shimchalar (pemza, shlak, shamot, kul va shu kabilar) qo'shilgan sement, shlakli sement, giltuproqli sement va kremneftorli natriy qo'shilgan suyuq shisha asosida tayyorlanadi. Olovbardosh betonlar yuqori o'tga chidamli (1770°C dan yuqori), o'tga chidamli (1580-1770°C) va past o'tga chidamli (1580°C dan past) turlarga bo'linadi.
Mineral qo'shimchali sement va shlakli sement asosida 700°C haroratgacha olovbardosh betonlar tayyorlanadi. Ekspluatatsiya harorati 1000°C va kislotali muhitlarda olovbardosh betonlar suyuq shisha asosida ishlatiladi. Giltuproqli sement asosidagi betonlar 1580°C dan yuqori haroratga bardosh beradi. Olovbardosh betonlar fosfatli va alumofosfatli bog'lovchilar asosida tayyorlanadi. Fosfat bog'lovchili betonlar 1700°C gacha ishlatiladi, ular yuqori termik mustahkamlikka, olov ta'sirida kam miqdorda kirishish va yedirilishga bardoshlilik xususiyatiga ega.
Ishchi harorat 70(FC gacha bo'lganda, olovbardosh og'ir betonlar olishda kvarssiz magmatik tog' jinslari (siyenit, diorit, diabaz, gabbro) ishlatiladi. Yengil olovbardosh betonlar tayyorlashda g'ovak aynan shunday jinslar (pemza, vulqon tufi, kullar) ishlatiladi.
Olovbardosh beton 700-900°C haroratda ishlatilsa, to'ldirgich sifatida oddiy pishgan g'isht maydasi va donador domna shlaklari ishlatiladi. 900°C dan yuqori ishlatiladigan olovbardosh betonga to'ldirgich sifatida bo'laklangan shamot, xromit rudasi, shamot, xrommagnezit kukunlari va shu kabilar ishlatiladi.
Keramzit, perlit, vermikulit, vulqon tufi kabi g'ovak to'ldirgichlar asosida 700-1000°C haroratda ishlatiladigan yengil olovbardosh betonlar tayyorlanadi. Yengil betonning o'rtacha zichligi 2100 kg/m3 yuqori bo'lishi kerak. O'rtacha zichligi 500-1200 kg/m3 yacheykali olovbardosh betonlar olinadi.
Olovbardosh betonlar markasi M100-M250 boladi. Undan sanoat pechlari ichki qoplamalari, domna va marten pechlari poydevorlari, dudburonlar hamda monolit konstruksiyalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |