Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ichki tartib-qoidalari


Talabalarni moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 59



Download 306,5 Kb.
bet10/13
Sana12.06.2022
Hajmi306,5 Kb.
#657134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ҚМИИ Ички тартиб қоидалар 2022

58. Talabalarni moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
59. Institutga xorijdan hamda respublikaning uzoq shahri va viloyatlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalar belgilangan mezonlar asosida komissiya xulosasiga kо‘ra hamda institut rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Talabalar turar joylariga joylashtiriladi.
60. Talabalar turar joylariga joylashish uchun talaba ariza bilan murojaat qiladi hamda tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mazkur murojaat о‘rnatilgan tartibda institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan hamda belgilangan mezonlar asosida kо‘rib chiqiladi.
61. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar, qoida tariqasida, belgilangan tartibda vaqtincha hisobga olinadi.
62. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar Talabalar turar joylari tо‘g‘risidagi Nizom, mazkur Qoidalar hamda Talabalar turar joylari xona va jihozlaridan foydalanish bо‘yicha lokal hujjat va shartnomalarda belgilangan huquqlarga ega bо‘ladi va majburiyatlarni bajaradi.


V-BOB. MUASSASA HUDUDI VA BINOLAR ICHIDAGI TARTIB


63. О‘quv binolarini zarur jihozlar (mebel, о‘quv uskunalari vaboshqalar) bilan ta’minlanishi uchun muassasaning moliya-iktisod ishlari bо‘yicha prorektori mas’ul hisoblanadi.
64. Bino ichiga kirish xizmat ruxsatnomalari, elektron ruxsatnoma, vaqtinchalik ruxsatnoma va talabalik guvohnomalari hamda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
65. Institut hududi va binolarida quyidagilar ta’qiqlanadi:
Oraliq va yakuniy nazorat topshirayotgan talabaning о‘rniga boshqashaxsning kirishi va topshiriqlarni bajarishi;
institut hududida, binolarda, yо‘laklarda, auditoriyada, maxsus ajratilmagan boshqa joylarda tamaki mahsulotlarini chekish;
alkogolli ichimliklar (pivo, vino va boshqalar), giyohvandlik moddalari iste’mol qilish, shuningdek, ularni iste’mol qilgan holatda bо‘lish;
bezorilik qilish, sо‘kinish, uyatli sо‘zlar aytish, о‘zgalarni haqarot qilish, odamlar osoyishtaligiga putur yetkazadigan hatti-harakatlar sodir etish;
diniy mazmundagi yozma yoki elektron vositalardagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish;
terrorizmning har qanday kо‘rinishiga qaratilgan nojо‘ya harakatlarni va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish;
milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish; haqoratomuz va uyatli sо‘zlarni sо‘zlash, ovozini baland kо‘tarib gaplashish;
inson sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi, ma’naviy buzuqlikning har qanday kо‘rinishlari (pornografiya, alkogolizm, kashandalik, giyohvandlik) ni targ‘ib etuvchi, talaba yoshlarning ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazuvchi, umume’tirof etilgan axloqiy qadriyatlarga putur yetkazuvchi, milliy, diniy, etnik nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik, missionerlik, fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi har qanday ma’lumotlarni saqlash, tarqatish, targ‘ib etish;
xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etish, shilqimlik qilish, о‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini mensimaslikda ifodalanuvchi behayo sо‘zlardan foydalanish;
behayolikni targ‘ib qiluvchi pornografik materiallarni qanday shaklda bо‘lishidan qat’i nazar (rasm, audio, video, bosma nashr) tayyorlash, saqlash, tarqatish, targ‘ib qilish;
institut hududida azart о‘yinlarni о‘ynash;
bino ichida bosh kiyimda va ustki kiyimda (palto, pо‘stin, kurtka) yurish, baland ovoz bilan gapirish, shovqin solish, mashg‘ulotlar bо‘layotgan chog‘da koridor bо‘ylab yurish, auditoriya eshigini sababsiz ochish;
professor-о‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar hamda talabalarning muassasaga turli diniy konfessiyalarga xos ibodat libosida, shortik, yirtiq va yamoq kiyim, sport kiyimida kelish, ularni odamlar diqqatini tortadigan: tanani shaffof kо‘rsatib turadigan, yelka, kо‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan kiyimda, shuningdek, metall zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda va institutda kiyinish madaniyatiga mos bо‘lmagan boshqa kiyim va kо‘rinishda kelish;
institut hududi, binolari va TTJlarida diniy marosim va ibodatlarni amalga oshirish (О‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 5 iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi Qonuni 8,9-moddalari);
о‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida uyali aloqa vositalaridan foydalanish,ruxsatsiz uyali aloqa vositalari va boshqa qurilmalar orqali tasvirga olish va ovozni yozib olish (faqat favqulodda holatlarda, kasallik va boshqa hollarda, ota-onasi yoki boshqa yaqinlariga xabar berish uchun aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin);
talabalar turar joyida soat 22.00 dan 06.00 gacha fuqarolar osoyishtaligini buzadigan, dam olishlariga xalaqit beradigan xatti- harakatlarga yо‘l qо‘yish (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan foydalanish);
talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash va begona shaxslarning turar joy binolariga kirishlarini oldini olish maqsadida qishki vaqtda soat 21:00 dan, yozgi vaqtda 22:00 dan keyin talabalar turar joyi binolariga kirishga ruxsat etilmaydi (muassasa ma’muriyati, vakolatli organlarning xizmat vazifasi doirasidagi tashrifidan tashqari);
institut hududiga, mashg‘ulotlarga begona (muassasaga aloqador bо‘lmagan) shaxslarni boshlab kelish;
institutga kirishda har bir talaba, xodim va tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar tomonidan о‘z telefoni abonentining chaqiruv ovozini tо‘lik о‘chirib qо‘yish (telefonni «ovozsiz» rejimga о‘tkazish lozim);
institutda о‘tkaziladigan о‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin talabalar telefonini о‘chirib qо‘yishi, telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qо‘yishi shart;
talabalarga telefonini bо‘yniga osib olish, telefon yordamida atrofdagilarga zо‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zо‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yо‘li bilan zarar yetkazish;
talabalar о‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefon orqali sо‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jо‘natish, telefonni stol ustiga qо‘yish, musiqa, shu jumladan, naushniklar orqali tinglash, surat va video tasvirlarni kо‘rsatishda telefondan foydalanish (о‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) kо‘rish, diktofon, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish, suratga olish va video tasvirga tushirish, telefon (GPRS, Bluetooth, о‘qituvchi ruxsatisiz Internet, ijtimoiy tarmoqlar va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish (О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori);
muassasaning professor-о‘qituvchilari va boshqa xodimlari о‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefon aloqasidan foydalanish.
Institutning ichki tartib qoidalarini buzgan xodim, doktorant va talaba dastlab ogohlantiriladi (og‘zaki, yozma tarzda), sо‘ngra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jazo choralari kо‘riladi.
66. Ish vaqti tugagandan sо‘ng xona va auditoriyalarning kaliti bino xavfsizligini ta’minlovchi biriktirilgan qо‘riqlash xizmatixodimi(yoki boshqa mas’ul shaxs)ga maxsus jurnalga imzo qо‘yish orqali topshiriladi.
Bino xavfsizligini ta’minlovchi qо‘riqlash xizmati xodimi (yoki boshqa mas’ul shaxs)ish vaqti tugagandan sо‘ng yong‘in va texnika xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr yoritkichlar о‘chirilganligi, deraza va eshiklar qulflanganligi, xodim va talabalarning о‘z vaqtida binodan chiqib ketganligini tekshirib chiqadi.

VI-BOB. ISH VA О‘QISHDAGI YUTUQLARI UCHUN RAG‘BATLANTIRISH




67. Xodimlar quyidagi shakllarda rag‘batlantiriladi:
davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga tavsiya etish tо‘g‘risida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taklif kiritish;
mehnat faoliyatida alohida о‘rnak kо‘rsatayotganligi uchun faxriy yorliklar va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish;
institut faoliyat samaradorligiga munosib hissa qо‘shib, belgilangan topshiriqlarni о‘z vaqtida bajarib kelayotgan xodim va talabalarni institut rektorining faxriy yorlig‘i hamda turli nominatsiyadagi diplomlari bilan taqdirlash, moddiy rag‘batlantirish;
yubiley sanalari munosabati bilan moddiy rag‘batlantirish, sovg‘alar berish;
kasb bayrami munosabati bilan bir yо‘la beriladigan mukofotlar;
bayram sanalari munosabati bilan beriladigan mukofotlar va boshqa shakllardagi rag‘batlantirish choralari.
68. Ish xaqi, kо‘shimcha tо‘lovlar, ustamalar va mehnatga oid qonunhujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tо‘lovlar mazkur Qoidalarda belgilangan rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
69. Talabalar о‘qishda yuqori kо‘rsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va institutijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
tashakkurnoma e’lon qilish;
pul mukofoti yoki qimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlash;
faxriy yorliq, darajali va turli nominatsiyali diplomlar bilan taqdirlash;
shuningdek, talabalarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidai davlat granti va tо‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalkaro, respublika va institutmiqyosida о‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, institut kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (ota-onasining vafoti, nogironligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi) talabalarga bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravarigacha miqdorda bо‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam tо‘lovi berilishi mumkin.
70. Talabalarni rag‘batlantirish institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi, fakultet dekanlari, О‘zbekistan Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qо‘mitasi, Xotin-kizlar masalalari bо‘yicha maslahat kengashi taqdimnomasi yoki tavsiyanomasi, stipendiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.

VII-BOB. MEHNAT VA О‘QUV INTIZOMINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK




71. Institut xodimga mehnat intizomini birinchi marta buzgani uchun yoki hukuqbuzarlikni ehtiyotsizlikdan sodir etgan taqdirda quyidagi ta’sir choralarini qо‘llashi mumkin:
ogoxlantirish;
bir martalik mukofotdan mahrum qilish (agar mukofotlashga oid lokal hujjatlarda nazarda tutilgan bо‘lsa);
rag‘batlantirishdan mahrum qilish.
72. Mehnat intizomini buzganligi uchun institut xodimiga quyidagi intizomiy jazo choralarini qullashga hakli:
xayfsan;
о‘rtacha oylik ish hakining о‘ttiz foizidan ortiq bо‘lmagan mikdorda jarima;
mazkur Qoidalarning 27-bandida kо‘rsatilgan holatlar bо‘yicha о‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bо‘lmagan miqdorda jarima (xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish mehnatga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi);
mehnat shartnomasini bekor qilish.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qо‘llash ta’qiqlanadi.
73. Intizomiy jazo va ta’sir chorasini qо‘llash institut rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Aynan bitta mehnat intizomini buzganlik uchun ham intizomiy, ham ta’sir chorasi qо‘llanilishi mumkin emas.
74. Intizomiy jazo chorasi sifatida jarima ilgari mazkur xodimga sodir etilgan nojо‘ya xatti-harakati uchun xayfsan berilgani yoki berilmaganidan qat’i nazar qо‘llaniladi.
75. Intizomiy jazo qо‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinadi. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir qilgan nojо‘ya xatti-harakati uchun jazo qо‘llashga tо‘siq bо‘la olmaydi. Xodim mehnat intizomini buzganligi xususida tushuntirish xati berishdan bosh tortganligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Intizomiy jazoni qо‘llashda sodir etilgan nojо‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘irligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
76. Intizomiy jazo choralari bevosita nojо‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab uzog‘i bilan bir oy ichida qо‘llaniladi. Bir oylik muddatga xodimning kasal yoki ta’tilda bо‘lgan vaqti qо‘shilmaydi.
77. Nojо‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy о‘tganidan sо‘ng moliya-xо‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasidaaniqlanganda esa sodir etilgan kundan boshlab ikki yil о‘tganidan keyin jazoni qо‘llab bо‘lmaydi. Jinoiy ish bо‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
78. Intizomiy jazo berilganligi tо‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Xodim tilxat berishdan bosh tortgan holda tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish