3.3-rasm. Ilmoqlar va sirtmoqlar. a) Universal xalkasimon strop;
b) Ikki tomonda xalqasi bo‘lgan universal strop;
v) Bir tomonda halqa ikkinchi tomonda ilmog‘i bo‘lgan strop;
g) 2 + 8 gacha yakka stroplardan tashqil topgan ko‘p tarmoqli stroplar bo‘ladi (3.3- rasm). Stroplarni uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin. Halqali tortqich 10m gacha, to‘g‘ri yengillashtirilgan strop 2,5 dan 5 m gacha va ko‘p shaxobchaligi 2,6 dan 8m gacha bo‘lishi mumkin.
3.4-rasm. Po‘lat simli arqonlarni maxkamlash usullari. Katta o‘lchamga va uzunlikka ega bo‘lgan elementlarni ko‘tarish uchun turli traversalar ishlatiladi. Traversani plakatlari ko‘rsatiladi (3.4-rasm). Blok. Bloklar alohida blok oboymalari montaj ishlarida, yuk ko‘tarish qurilmasi sifatida ham, qurilish mashinalarining ish jihozlarida, boshqarishni kanat-blok sistemasida ish organlari tarzda ham ishlatiladi. Baraban. G‘altaklar kanatlarni bir qavat yoki ko‘p qavatli qilib o‘rash uchun mo‘ljallangan. G‘altaklar cho‘yan yoki po‘latdan qo‘yiladi. Kanatni uzoqqa chidashi chig‘ir g‘altaklari va bloklari diametrigabog‘liq. 2.O‘k, val, podshipnik, muftalar. Qurilish mashinalarining aylanib ishlatiladigan detallari o‘klar yoki vallarga o‘rnatiladi. O‘qlar mashinalarning aylanuvchi qismlarini tutib turadi, ular ayla nuvchan va qo‘zg‘almas bo‘lishi mumkin. Vallar o‘rnatilgan detallar bilan birga aylanib, burovchi moment uzatadi. O‘qlar o‘rnatilgay detallar bilan aylanishi yoki aylanmasligiga qaramasdan burovchi moment uzatmaydi. Vallar pog‘onali, tirsakli va egiluvchan bo‘lishi mumkin. Vallar ichida eng ko‘p ishlatiladigani pog‘onali vallardir. Ular chervyak va tishli shesternyalar tayyorlangan materiallardan tayyorlanadi (3.5-rasm).
Tirsakli vallar asosan ilgarilanma harakatni aylanma harakatga aylantirib berish uchun yoki aksincha xizmat qiladi.
Detallar bilan biriktirish uchun o‘qlar va vallarda shponka ariqchalari. shlislar, rezbalar o‘yiladi, ba’zan esa ular profilli qilib tayyorlanadi. O‘q va vallarni mustahkamlikka x;isoblashda ularni ikki tayanchga o‘rnatilgan va ustiga yuk qo‘yilgan to‘sin sifatida qaraladi. O‘qlar faqat egilishga hisoblanadi:
d= 10m / d-o‘qning diametri;
Meg- maksimal egiluvchi moment;
beg- egilishdagi joiz kuchlanish
Podshipniklar. Podshipniklar aylanadigan vallar va o‘qlarning tayanchi hisoblanadi. Ishlash davomida ishqalanish turiga qarab, ular dumalab, ishqalanish va sirpanib ishqalanish turiga qarab, ular dumalab ishqalanish va sirpanib ishqalanish podshipniklariga bo‘linadi. Dumalash podshipniklari ichki va tashqi tayanch xalkalardan iborat bo‘lib, halqalarda turli shakldagi zoldirlar yoki roliklar dumalaydigan yo‘lchalar bo‘ladi (3.6-rasm).