3.10-rasm. Karraliligi turlicha bo‘lgan polistpastlar. Qurilish mashinalarida asosan redo‘qtor polispastlar keng (tarqalgan) ishlatiladi. Kanatning barabandagi o‘ramalar soniga qarab, yakka va qo‘shaloq polispastlar bo‘ladi. Qo‘shaloq polispastlar ikkita bir xil yakka polispastdan iborat bo‘ladi, yukni ko‘tarishda, tushirishda uning qat’iy tik xolatda bo‘lishini ta’minlaydi hamda baraban va tayanchlarga yuk bir tekis tushishini ta’minlaydi. Polispastlarning asosiy ko‘rsatkichlari uning karraligini «a» hisoblanadi, uni yuk osilgan kanat o‘ramalari sonining barabanidagi o‘ramalar soniga bo‘lgan nisbati tarzda topiladi. Barabanga o‘raladigan kanatning eng taranglashishi (zo‘riqishi)
Fmax Gyuk Gk/dan kc bu yerda: GyuK - ko‘tarilayotgan yukning og‘irligi;
GK -qo‘zg‘aluvchan blok oboymasining yuk qamrovchi organning (ilmoq), stroplar va xokazolarning og‘irligi; d - polispastning tipi; - kanat sistemasining f.i.k..polispast karraligi:
kc n bln ƞp-polispastning f.i.k.; ƞb1-og‘diruvchi bloklarning f.i.k.; i ƞ-bloklar soni
4.To‘xtatgichlar va tormozlar Qurilish mashinalarining mexanizmlari tormozlar va to‘xtatgichlar bilan jihozlanadi. To‘xtatgichlar-chig‘irlarda, tallarda, domkratlarda qo‘llanilib, ular ko‘tarilgan yoki tushirilgan yuklarni ma’lum vaziyatda ushlab, vallarni teskari aylanib ketmasliklarini ta’minlash uchun ishlatiladi. Tuzilishi bo‘yicha xropovikli-tashqi ilashishi, ichki ilashishi va friksion - rolikli va ponali turlarga bo‘linadi
Vazifasi bo‘yicha tuxtatgichlar tushiruvchi va to‘xtatuvchi, boshqarilishi bo‘yicha avtomatik va boshqariladigan xillarga bo‘linadi.
Rasmga qaralsin: har qanday xropovikli to‘xtatgich valga yoki barabanga bikir qilib mahkamlangan, maxsus shakldagi tishi bor, tashli g‘ildirak 1 dan va ko‘zg‘almas o‘kda erkin o‘tiradigan tishlagich 2 dan iborat. Yuk ko‘tarilganda tishlagich g‘ildirak tishlarida erkin sirpanib uni aylanishga to‘sqinlik qilmaydi. Yuk tushayotgan g‘ildirakni aylanishga to‘sqinlik qiladi. Tormozlar barabandagi yoki mexanizm validagi burovchi momentni; tormozning bir-biriga tegib turuvchi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas elementlari orasida ishqalanish kuchlari tufayli hosil bo‘ladigan burovchi momentni qisman yoki butunlay muvozanatlaydi. Tormozlar vazifasi bo‘yicha dvigateldan uzib qo‘yilgan mexanizmlarni tuxtatish uchun mo‘ljallangan to‘xtovchi (stopor) tormozlarga va tushirilayotgan yukning tezligini rostlash uchun mo‘ljallangan, yukni tutib turish va tushirish tormozlariga bo‘linadi.
Tormozlar ularning bir-biriga tegib turuvchi ish elementlarining konstruktiv bajarilish nuqtai nazaridan kolodkali, lentali, diskli va konusli tormozlarga bo‘linadi.
Lentali va kolodkali tormozlar qurilish mashinalarini mexanizmlarini to‘xtatish va ishga tushirishda keng ko‘llaniladi.