Pedagogik psixologiya


Mavzu. O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI



Download 138,95 Kb.
bet15/34
Sana02.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#308653
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
Пед психология маъруза матни 2021

Mavzu. O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI

1.Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni.

2.Pedagogik muloqot, pedagogik o‘zaro harakatlar psixologiyasi.

3.Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatning individual uslubi.

4.Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli, pedagogik jamoa psixologiyasi.

Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. O’qituvchining o’rni va uning vazifalari, o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniklanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbik etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boravyeradi.

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga quyayottan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda tug`ri Hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog`liqdir.

Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. o’qituvchi - sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qushimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari Hollarda Ham keraqli maslahatlar borishda bilimlar manbaidan biridir, Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo’lib Hisoblanadilar.

Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun Ham ukituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yulga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mehanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O’qituvchi maktabning pedagog jamoa a'zosi sifatida maktab, Hayoti faoliyatini uyutirishda bevosita ishtiroq etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ro’zalar o’qib, suhbatlar olib borar ekan, dyemak, u pedagogik bilimlar targ`ibotchisi Hamdir, vazifalarning shu qadar ko’pligi uchun Ham jamiyatning o’qituvchilar oldiga qo’yadigan talablari tushunarlidir.

Ma'lumki, pedagogik faoliyat - kishi myehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhim o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog`liq xislaglariga qaratilgan.

O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:

- o’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni syevish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini syevishi, davlatining mustaqilligi g`oyasida yashashidan iboratdir;

- ijtimoiy javobgarlikni yoqsak darajada his etishi;

- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma'naviy pokligi, ma'naviyat va ma'rifat buyicha yoqsak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;

o’zini qo’lga ola bilish, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.

Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir:

- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg`onish mafko’rasining hamda umuminsoniy boyliqlarning. Mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g`oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;

- keng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;

- yosh va pedagogik psixologiya, ijgimoiy psixologaya va pedagogika, yosh fiziologayasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bulishi;

- o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jaHon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi;

- ta'limda tarbiya metodikasini egallashi;

- o’z ishiga ijodiy yondashishi;

- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;

- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi;

- o’z bilimi va pedagogik maHoratini doimiy ravishda oshirib boriish,

Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to`la javob bera oladigan bo’lishiga intilishi shart.

O’qituvchi jamiyat tomondan quyilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma'muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

O’qituvchining o’z ishidan nimanidir ko’tayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kuzatish, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta'limi bulimlari va maktab diryektorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar.

Jumladan, xalq ta'limi bulimlarining mudirlari uquvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab diryektorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi uringa quyadilar. Shu bilan birga xalq ta'limi bulimlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maqtab hammasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e'tibor bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi uringa qo’yadilar.




Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish