382
Mahsuldor maydon o’lchamlarini aniqlash uchun quduqni sinash dalillarini
sinchkovlik bilan tahlil qilish, olingan natijalarni quvurlar birikmasini teshish
oraliqlari, kernni o’rganish ma’lumotlari va quduqlarda kon-geofizik tadqiqotlar
materiallari (elektr
va radioaktiv karotaj, yonlama zondlash karotaji va b.), quduq
konstruktsiyasining texnik tavsifi va h.k.lar bilan taqqoslash zarur bo’ladi.
Neftlilik va mahsuldor maydonlar chegaralarini aniqlashda suv-neft tutash yuza
xaritasidan foydalanish kerak.
Neftga to’yingan qatlam qalinligi (h)
odatda qatlamning og’ish burchagiga
tuzatish kiritmasdan, qatlamning vertikal qalinligi aniqlanadi (chunki qatlam hajmini
hisoblaganda odatda maydonning gorizontal tekislikka proektsiyasining vertikal
qalinlikka ko’paytmasi olinadi).
Neftga to’yingan qalinlikni to’g’ri aniqlash muhim masala hisoblanadi. Buning
uchun kernni tahlil qilish, elektr va radioaktiv karotaj ma’lumotlaridan hamda suv-
neft tutash yuzasi va neftga to’yingan foydali qalinlik chegaralarini o’rnatish
imkonini beruvchi quduqni sinash materiallaridan foydalaniladi.
Ayniqsa karbonat
jinslarda neftga to’yingan qalinlikni aniqlash murakkabdir. Bu holda ushbu qiymatni
aniqlashda tadqiqotlar majmui (kernlarni o’rganish, elektr va radioaktiv karotaj,
mexanik karotaj)dan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Neftga to’yingan
qalinlikning pastki chegarasini aniqlash oraliq zonaning mavjudligi
bilan
murakkablashadi; odatda oraliq zona o’tkazuvchan kollektorlarda 0,3 m gacha,
yomon o’tkazuvchan kollektorlarda 8 m va undan ko’pni tashkil etadi.
Qatlamning neftga to’yingan qalinligini alohida burg’ilangan quduqlar bo’yicha
to’g’riroq aniqlash uchun yonlama elektr zondlash ma’lumotlaridan foydalanish
kerak.
Agar kollektor birin-ketin almashinuvchi yupqa qumtosh, qum, gil va h.k.
qatlamchalardan tashkil topgan bo’lsa, mavjud kern materiallari bo’yicha qatlamning
haqiqiy qalinligini aniqlash qiyin kechadi, chunki kernning chiqishi o’zgaruvchan
bo’lib, odatda 50-60% dan oshmaydi.
Neft bilan to’yingan qalinlikning haqiqiy qiymatini
aniqlashda kuzatuvlar
majmuasidan (kernni o’rganish, quduqni sinash, elektr va radioaktiv karotaj) hamda
quduqning texnik ma’lumotlaridan (quduq tubi holati, teshiklarni otish oraliqlari va
b.) foydalaniladi.
Qatlamning o’rtacha neftga to’yingan foydali qalinligi turli usullar: o’rtacha
arifmetik qiymat yoki maydon bo’yicha o’rtacha me’yordagi kattalik bilan
hisoblanishi mumkin.
Odatda qazilgan quduqlar soni juda kam va bu quduqlar bo’yicha aniqlangan
qalinliklar qiymati bir-biridan anchagina farqlansa, u holda o’rtacha arifmetik qiymat
hisoblanadi. Agar qazilgan quduqlar soni ko’p bo’lib, ularda qatlam qalinligi bir tekis
o’zgarsa, u holda o’rtacha qalinlik izopaxit xaritasini tuzish va shu asosda maydon
birligiga mos keluvchi o’rtacha me’yordagi qalinlikni hisoblash mumkin:
n
2
1
n
n
2
2
1
1
f
...
f
f
f
h
...
f
h
f
h
h
,
(18.3)
383
bunda f
1
, f
2
..., f
n
qo’shni izopaxitlar bilan chegaralangan qatlamning ayrim
uchastkalarining maydoni, m
2
; h
1
, h
2
, ..., h
n
ko’rsatilgan
uchastkalarga mos
keluvchi va ikki qo’shni izopaxitlar orasidagi o’rtacha qiymat tarzida aniqlanadigan
o’rtacha izopaxitlar, m.
Qatlamning mahsuldor qismining hajmi (Fh)
eng muhim parametr hisoblanadi.
Uyumning hajmini to’g’ri aniqlash uchun neft va gazi bor bo’lgan kollektorlarning
tarqalish chegaralarining ishonchli aniqlanishi zarur; bu vazifa ayniqsa har xil
litologik tarkibli qatlamlar bilan bog’liq uyumlar uchun murakkabdir.
Mahsuldor qatlam hajmini aniqlash arifmetik usulda, izopaxit xaritalar va
litologik xaritalardan foydalanib hamda umum-statistik kesim tuzish yo’li bilan
bajariladi.
Qatlam hajmini arifmetik usul bilan aniqlash eng oddiy usul bo’lib, tuzilish
shakli oddiy, jinslarning fatsial tarkibi ma’lum darajada bir xil va qalinligi deyarli
o’zgaruvchan bo’lmagan monolit qatlamlar uchun qo’llaniladi. Uning mohiyati
shundayki, bunda qatlamni neftga to’yingan foydali qalinligining o’rtacha qiymati
quduqlar bo’yicha aniqlanadi va bu o’rtacha qiymatni quduqlar joylashgan plandagi
qatlam proektsiyasi maydoniga ko’paytiriladi.
Qatlam quduqlar bilan etarli darajada qazilganda mahsuldor hajmni aniqlash
uchun izopaxit xaritalaridan foydalanish kerak. Izopaxit xaritalarini oddiy usul bilan
tuzish tarkibi va tuzilishi har xil qatlamlarning borligi
bilan metodik jihatdan
murakkablashadi. Bunday hollarda qo’shni burg’ quduqlar orasidagi kollektorlarning
tarqalish chegaralarini belgilash usuli qanday kechadi, degan savol paydo bo’ladi. Bu
chegaralar turli metodlar: qo’shni quduqlar orasidagi qalinlik qiymatini oddiy
interpolyatsiya qilib, keyinchalik izopaxit xaritalarini tuzish yo’li bilan; kon-
geofizika ma’lumotlari bo’yicha qatlamning kollektorlik xususiyatlari va potentsial
qarshilik (PS) anomaliyasi orasidagi korrelyatsion bog’liqlik asosida qatlamning
geoelektrik tavsifidan foydalanish yo’li bilan; qatlam qalinligi qiymatining o’zgarish
qonuniyatidan foydalanish yo’li bilan o’tkaziladi.
Izopaxit xaritalarini tuzish uchun qalinlik
qiymatini
oddiy
interpolyatsiya
qilish
qo’llanilganda
interpolyatsiyaning
ikkita
usulidan foydalaniladi: chiziqli va nochiziqli
(18.1
rasm).
Chiziqli
interpolyatsiyada
izopaxitlar
qiymati quduqlarni joylashish nuqtalari orasida
bir tekisda interpolyatsiya qilinadi (hattoki
ikkinchi qo’shni quduqda qalinlik nol
bo’lganda ham).
Nochiziqli interpolyatsiyada (ikkinchi
qo’shni quduqda qalinlik nol bo’lganda) nol
izopaxit shartli ravishda quduqlar oralig’ining
o’rtasi
qabul
qilinadi
va
qalinlik
interpolyatsiyasi shu joydan o’tkaziladi
(o’rtasiga interpolyatsiya qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: