1-masala
Bir kalliktivning 2,5 gektar sabzavot ekiladigan yeri bo’lib yuzi 250 va 400 bo’lgan 70 ta uchastkaga bo’lingan maydonlarga ajratdi .Bu yerda nechta va 400 li uchastkalarga bo’lindi?
2- masala
Zavodning 3 ta sexida 1274 ta ishchi ishlaydi. 1 chi sexda nomalum, 2- sexda 1-siga nisbatan 70 ta ishchi ko’p ishlaydi. 3-sexda esa 3- sexda esa 2- sexga nisbatan 84 ta ortiq ishchi ishlaydi. Har bir sexda nechtadan ishchi ishlaydi?
3-Масала
Ma’ruzani ko’chirish.
Ma’ruzani ko’chirish ikki teruvchiga topshirildi.Tajribalirog’i butun ishni 2 soatda ,tajribasizrog’i esa 3 soatda bajara oladi.Agar ular ishni eng qisqa muddatda bajaradigan qilib taqsimlashsa , shu ma’ruzani qancha vaqtda ko’chirib bo’lishadi?
4-Масала
Eritma tayyorlash.
Bir menzurkada ozgina xlorid kislotanbo’lib, ikkinchisida shuncha suv bor.
Eritma tayyorlash uchun oldin birinchi menzurkadan ikkinchisiga 20 g kislota quyildi .So’ngra ikkinchi menzurkada hosil bo’lgan eritmaning uchdan bir qismi birinchiga quyiladi.Shundan keyin birinchi menzurkadagi suyuqlik ikkinchidagiga qaraganda to’rt baravar ko’p bo’lgan.
Dastlab qancha kislota va qancha suv olingan.?
5.Масала
Umumiy o’choq boshida.
Men aytadigan jumboq kommunal xonadonda turadigan oilalar orasida yuz bergan voqea.Bir nechta oila bir vaqtda foydalanadigan o’choqboshida ovqat pishirayotgan ayollardan biri (qulaylik uchun uni Uchxon deylik) o’choqqa 3 palyon o’tin yoqadi.Ikkinchisi (Beshxon) 5 palyon o’tin yoqdi.O’tinsiz degan ayol ovqatini (bundan uning o’tinsizligini tushinasiz)ovqatini o’rtadagi qozonda pishirib olishga ruxsat oldi.O’tin haqi uchun u qo’shni ayollarga 8 tiyin berib ketti.Bu pulni Uchxon va Beshxon o’zaro qanday bo’lishib olishi kerak.
6.Масала
Samolyotning uchishi.
Samolyot A shahardan B shaharga 1 soat 20 minutda uchib boradi.Biroq qaytish uchun 80 minut vaqt sarf qiladi.Siz buni qanday izohlaysiz.?
7-Масала
Kim ko’p sanadi?
Ikki kishi bir soat davomida yo’lakda yonlaridan o’tkan o’tkinchilarni sanashdi.Ulardan biri uy darvozasi oldida , ikkinchisi yo’lakda nari-beri borib-kelib turadi.O’tkinchilarni kim ko’p sanagan?
8-Масала
Temir yo’l chiptalari.
Men temir yo’lda chipta sotaman, - deb gap boshladi navbatdagi o’yin qatnashchisi bo’lgan ayol . - Ko’p kishilarga bu juda oson ish ko’rinadi.Hatto kichkina bekatning chiptachisi ham turli xil chiptalar bilan ish ko’rishi hech kimning xayoliga kelmaydi.Yo’lovchilar bir bekatdan o’sha yo’ldagi boshqa har qanday bekatgacha va shu bilan birga ikki tomonga chipta ola bilishlari kerak.Men hizmat qiladigan yo’lda 25 ta bekat bor.Sizningcha ,temir yo’l boshqarmasi bu yo’lning hamma kassalari uchun har xil chiptadan qancha tayyorlagan ?
9-масала
Bozorga ketayotganimda karmonimda bir so’mlik va yigirma tiyinlik tangalardan hammasi bo’lib 15 so’mgacha pulim bor edi.Qaytishimda dastlab yigirma tiyinlik tangadan qancha bo’lsa,shuncha bir so’mlik va nechta bir so’mlik pulim bo’lsa ,shuncha yigirma tiyinlik tanga bilan qaytib keldim.Xarid uchun olib ketgan pulimning uchdan biri qolibdi.
Qancha pullik narsa xarid qilibman?