297
bo’lgan juda yirik uyumlar uzoq vaqt ishlatilganda ham yiliga 4-5% miqdorda neft
olinadi.
Uyumning suvlanishining tezlashishi va qazib olinayotgan
neft miqdorining
kamayishi sababli uni ishlatish jarayonida neft zaxirasini to’liqroq chiqarib olishga
mos keladigan sur’atni tanlab olish lozim bo’ladi.
M.M. Ivanova tadqiqotlaridan) ma’lumki, neft olish sur’ati boshlang’ich
chiqarib olinadigan zaxiralardan bir yilda 2% gacha kamayganda,
uyumni
ishlatishning uchinchi bosqichi tugallanadi. Shu boisdan konni ishlatishning uchinchi
bosqichining oxirida qatlamdan bunday sur’atda suyuqlik olish miqdorini ta’minlash
asosan mahsulotning qanday suvlangan davrda tugashiga bog’liq. Quyida M.M.
Ivanova tomonidan tavsiya etilgan mazkur ko’rsatkichlarning miqdori keltiriladi:
Uchinchi bosqich oxirida mahsulotning suvlanishi, % da 30 40 50 60 70 80 85
90 95 97. Uchinchi bosqich oxirida suyuqlik olishning zarur bo’lgan minimal sur’ati,
boshlang’ich chiqarib olinayotgan zaxiralardan % da ..............................................
2,9 3,3 4 5 7 10 14 20 40 67.
Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, neftni chiqarib olishning eng
qulay dinamikasini ta’minlash uchun, masalan, uyumni ishlatishning asosiy davrida
suvlanganlik 70% ga etganda, uchinchi bosqichning oxirida suyuqlik olish sur’ati 7%
dan kam bo’lmasligi zarur. Agar suyuqlikni chiqarib olish sur’ati ikkinchi bosqichda
7% dan yuqori bo’lsa, u holda uchinchi bosqichda uning qiymati pasayishi mumkin.
Shu bilan birga, suyuqlikni chiqarib olish sur’atining yil mobaynida o’rtacha
kamayishi uni ishlatishning asosiy davrining oxirida
neft zaxiralaridan etarli
miqdorda chiqarib olishni ta’minlashi kerak. Suyuqlikni maksimal sur’atda, ya’ni
miqdorda chiqarib olish uchinchi bosqichda ham saqlanib qolishi mumkin. Ikkinchi
bosqichda uyumlardan suyuqlik chiqarib olish sur’ati 7% dan kam bo’lsa, u holda
uchinchi bosqichda, ba’zan ikkinchi bosqichning oxirida uni ko’paytirish tadbirlarini
belgilash lozim bo’ladi.
Shunday qilib, suyuqlikni chiqarib olish dinamikasi ko’pincha uyumning
geologik-fizik sharoitlariga qarab aniqlanadi.
Uyumni ishlatishning uchinchi bosqichida suyuqlikni chiqarib olish sur’atini
kamaytirish yoki bir me’yorda saqlab turish qovushqoqlik
darajasi past neftli va
mahsuldorligi yuqori uyumlar uchun xosdir. Neftning qovushqoqlik darajasi past,
mahsuldor qatlamlarining tuzilishi turli tarkibli va suv-neftli zonalari yirik bo’lgan
uyumlardan katta miqdorda suyuqlik chiqarib olish mumkin. Suyuqlikni chiqarib
olish sur’atining keskin ortib borishi qovushqoqlik darajasi yuqori bo’lgan
neftli
uyumlarda kuzatiladi. SHuni nazarda tutish lozimki, ko’pincha neft chiqarib olish
sur’atining keskin pasayib ketishi qazib olinayotgan
neftning barvaqt kamayib
ketishiga va uyumni ishlatishning oxirgi bosqichiga o’tishiga asosiy sabab bo’ladi.
Suyuqlikni chiqarib olishning maksimal sur’ati Volga-Ural ob’ektlarida yil
davomida olinadigan zaxiralarning 12,3-12,6% ni va minimal sur’ati 3,2-4,0% ni
tashkil etgan.
Qatlamning suyuqlik o’tkazuvchanligi qanchalik yuqori bo’lsa, undan
foydalanishning asosiy davridagi (I, II, III bosqichlarda) suyuqlik chiqarib olish
sur’ati shuncha yuqori bo’ladi. Odatda yirik ob’ektlardagi uyumni ishlatish sur’ati
298
o’rta va kichik ob’ektlaridagidan past bo’ladi. Qovushqoqlik
darajasi past neftlarni
chiqarib olish sur’ati qovushqoqligi yuqori bo’lgan neftlarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Umuman olganda, bir xil sharoitlardagi kollektorlarning geologik-geofizik
tavsifini va maksimal neft beraolishligini ta’minlash zarurligini inobatga olgan holda,
yirik uyumlarning bloklaridan olinadigan neftning eng qulay sur’atlarini quyidagicha
belgilash mumkin:
1) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari
chiqarib
olinadigan neft
zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 6-12% ortiq bo’lmasligi kerak;
2) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari noqulay bo’lganda
chiqarib
olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 4% atrofida bo’lishi kerak.
Uyumni ishlatishning ikkinchi bosqichining so’nggida (neftni chiqarib olish
darajasi kamayishining boshlanishida) olinadigan neft zaxirasining 40-70%,
uyumdan foydalanishning asosiy davrida esa 70-90% chiqarib olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: