306
namoyon bo’lgan uchastkalarda ham aniq kuzatiladi. Mazkur uchastkalarda
haydalayotgan suvning ta’sir etishi etarli bo’lmaganligining sababi haydash
quduqlaridan suv bir vaqtda haydalganda bir ishlatish ob’ektiga birlashtirilgan bir
necha qatlamlar (qatchalar)dan suvni faqat filtratsiya xususiyatlari yaxshi bo’lgan bir
yoki ikkita qatlam qabul qiladi. Bunday qatlamlarning
suv qabul qilaolishini
ko’paytirish uchun ularda tanlab (pakerlar qo’llab) gidrouzish ishlarini bajarish,
haydash bosimini orttirish, kimyoviy reagentlar bilan quduq tubi zonasiga ishlov
berish, ob’ektni kichiklashtirish maqsadida maxsus asboblarni ishlatib qatlamlarga
alohida-alohida suv haydash va sh.o’. jarayonlar amalga oshiriladi. SHuningdek,
qatlamdagi suyuqlikning sizish oqimining harakatlanish yo’lini o’zgartirish
maqsadida haydash quduqlarining bir guruhini ishlatishdan ma’lum davrga to’xtatib
turish ham foydalidir. To’xtatilgan haydash quduqlari 2-4 oydan so’ng
qaytadan
ishga tushiriladi.
Uyumning ishlatishni tartibga solishda qatlamning hamma uchastkalarining
ozmi-ko’pmi bir me’yorda yuvilishi uchun ishlatish quduqlaridan suyuqlikni chiqarib
olish va haydash quduqlaridan suv haydash jarayonini nazorat qilishga alohida
e’tibor berilishi kerak. Bunday sharoitda uyumni ishlatish jarayonining samaradorligi
ishchi omil − suvni iqtisodiy jihatdan tejab ishlatilishiga bog’liq.
Neftlilik chegarasining siljishini kuzatib borish ham juda zarur, chunki neft
zaxirasini chiqarib olish sur’ati haydalgan suv frontining siljish tezligiga bog’liq.
SHu boisdan suv frontining, ya’ni neftlilik chegarasining
harakatini tartibga solish
masalasi paydo bo’ladi. Bu masala bir xil tarkibli jinslardan iborat qatlamlarda hal
etiladi. Turli tarkibli qatlamlarda tegishli miqdorda suyuqlik chiqarishga va qatlamga
suv haydashga rioya qilgan holda neftlilik chegarasining bir me’yorda tortilishiga
erishish ancha qiyin.
Bunday sharoitda suvlilik chegarasining harakatlanishi mavjud imkoniyatlarga
qarab tartibga solinadi. Bunda bajarilayotgan turli tadbirlar inobatga olinadi,
chunonchi, yuqori darajada o’tkazuvchan qatlamlardan suyuqlikni chiqarib olishni
chegaralash (agarda bu maqsadga muvofiq bo’lsa), yomon o’tkazuvchan qatlamdan
suyuqlikni chiqarib olishni tezlashtirish (haydalayotgan suv bosimini ko’paytirish,
qatlamlarga alohida-alohida suv haydash va qo’shimcha o’choqli suv bostirish orqali)
va boshqalar.
Ayrim hollarda ishlatish ob’ektining pastki qatlamlaridan neftni siqib chiqarishni
uning ustki qatlamlaridagiga nisbatan ildamroq bajarish foydaliroq bo’ladi.
CHunki
pastki qatlamlarning suvlanish darajasiga ko’ra izolyatsiyalar texnik jihatdan
qulayroqdir.
Har xil tarkibli qatlamga suv bostirishda va undan neftni butunlay siqib
chiqarishda davriy suv bostirish metodini qo’llash foydali hisoblanadi, bunda qatlam
haydalayotgan va sizilayotgan suv oqimlarining yo’nalishini o’zgartirishga e’tibor
beriladi. Davriy suv bostirish metodi qatlamga haydalayotgan suv sarfi yoki bosimi
vaqt davomida o’zgartirilganda yaxshi natija beradi. Bu metodni statsionar suv
bostirish metodidan afzalligi shundaki, nostatsionar
suv bostirish rejimida
o’tkazuvchanligi har xil bo’lgan uchastkalar oralig’ida bosimlar qiymatidagi farq
keskin o’zgaradi. Buning natijasida kollektorning yomon o’tkazuvchan, neftga
307
to’yingan uchastkalarining ko’p qismini suv bosadi. Davriy suv bostirish metodi
Romashkin konining ko’pgina uchastkalarida muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan.
Shuni qayd etish lozimki, uyumni ishlatishni tartibga solish va uni jadallashtirish
uchun ishlatish quduqlari tubidagi bosimning eng muvofiq qiymatini tanlash muhim
vazifa hisoblanadi.
O’zbekiston, Boshqirdiston va Tataristonda bajarilgan amaliy ishlar shuni
ko’rsatadiki, quduq tubi bosimini neftga to’yinish bosimidan kamaytirish suvsiz
ishlatish quduqlarida samarali bo’ladi, suvlangan quduqlarda esa quduq tubi bosimini
bunday kamaytirishning maqsadga muvofiqligini to’liqroq o’rganishni taqazo etadi.
Shuningdek,
ishlatishni
tartibga
solishning
muhim
tomoni
ishlatish
quduqlaridagi suvlangan qatlamlarni o’z vaqtida izolyatsiyalashdan iborat. Bu o’z
navbatida uyumni ishlatishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ma’lum
darajada
oshiradi. Bunday holatda neft bilan olinadigan yo’lakay suvning hajmi keskin
kamayadi.
Nihoyat, ob’ektdan neftni siqib chiqarish xarakterini o’rganishda izobara
xaritalari katta yordam beradi. Izobara xaritalarining va qatlam bosimining eng
yuqori va past bo’lgan uchastkalarini tadqiq qilishda ishlatish sistemalarining bir
me’yorda amalga oshirilganligi va yuqori bosimli uchastkalarda suyuqlikni jadallik
bilan chiqarib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Bu esa
ob’ektdan neftni to’liq siqish va chiqarib olishni ta’minlaydi.
Izobara xaritalarini tahlil qilish asosida qatlam bosimining anomal(nome’yor)
yuqori bo’lgan uchastkalari aniqlanadi. Bunday uchastkalar qatlamlararo
gidrodinamik bog’liqlik yaxshi bo’lganda va suyuqlikning qatlamlarning biridan
ikkinchisiga oqib o’tishida (alohida-alohida ishlatilayotgan qatlamlarda) tarkib
topadi. Bu jarayon qatlamlardan flyuid chiqarish sharoitlarini murakkablashtiradi.
Neftni suv bilan to’liq siqib chiqarish uchun uyumga yuza − faol moddalar
(YUFM)ning suvli eritmalari bilan ta’sir etish muhim ahamiyatga ega. Yuza − faol
moddalar molekulalari suv bilan neft chegarasida suvning sirtqi tarangligini
kamaytirib yuboradi, bu esa neftni suv bilan to’liq siqib chiqarishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: