310
13-bob
ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI
OXIRIGACHA ISHLATISH, BURG’ QUDUQLARINI
TA’MIRLASH VA KAM DEBITLI QUDUQLAR
FONDIDAN FOYDALANISH
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha,
neft zaxiralarining
ancha qismi eski maydonlardagi qatlamlarda qolib ketadi, shuning uchun bu
maydonlardagi qatlamlarni oxirigacha ishlatish muhim ahamiyatga ega. Bunday
ishlar Ozarbayjon, Grozniy, Krasnodar o’lkasi, Emba, O’zbekiston va b. joylardagi
neft konlarida bajarilmoqda.
Kam debitli (sutkasiga 5 t neft olinadigan quduqlar)
konlarni oxirigacha
ishlatishni loyihalashtirishda muayyan murakkabliklar paydo bo’ladi.
13.1. Eski maydonlardagi neftli qatlamlarni
oxirigacha ishlatish
Eski, ya’ni avval ishlatilgan konlarni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda,
birinchi navbatda undan qanday foydalanilganligini puxta tahlil qilib chiqish kerak
(12-bob 12.1 mavzuga qarang). Bunday tahlil asosida qazilgan quduqlarni avval qay
darajada ishlatilganligini inobatga olgan holda loyiha tuziladi.
Loyihani tuzishda
quduqlar fondining xaritasidan foydalaniladi. Xarita qatlamning ustki qismining
strukturaviy xaritasi hisoblanib, unda quduqlarning quyidagi toifalari shartli belgilar
bilan ko’rsatiladi:
1) ishlatilayotgan quduqlar;
2) burg’ilanayotgan quduqlar (shuningdek, chuqurlashtirish va qaytarish ishlari
olib borilayotgan quduqlar alohida ko’rsatiladi);
3) o’zlashtirilayotgan quduqlar (burg’ilangan, ammo xanuzgacha ishga
tushirilmagan);
4) yuqoridagi qatlamdan pastdagi qatlamga
tomon chuqurlashtiriladigan
quduqlar;
5) pastki qatlamdan yuqoridagi qatlamga qaytariladigan quduqlar;
6)
konni
oxirigacha
ishlatish
uchun
tanlangan
sistemaga
muvofiq
loyihalashtirilayotgan quduqlar.
Qatlamning ishlatish holatini aks ettiruvchi dastlabki tuzilgan reja-
diagrammani nazarda tutgan holda, quduqlar fondi xaritasi tuziladi (12-bob 1-§ ga
qarang). Qatlamni oxirigacha ishlatish bo’yicha tuzilgan loyihani amalga oshirishda
qazilib bo’lingan quduqlar holatini, neftlilik va gazlilik chegarasining siljish tezligini
hamda ayrim uchastkalardagi qatlamlarning geologik xususiyatlarini inobatga olish
zarur.
Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda
quyidagi asosiy qoidalarga
amal qilinadi:
311
1) qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish
mumkinligi va zarurligini inobatga olish;
2) qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi
quduqni burg’ilash;
3) bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni
oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha
ishlatilishini hisobga
olish;
4) yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida
quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik
koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish;
5) quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini
oshirish
maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish
va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak.
Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim
hisoblanadi:
1) quduqlarda tiqin hosil bo’lishi va ularning muddatidan ilgari suvlanib ishdan
chiqishiga qarshi samarali tadbirlar ishlab chiqish orqali ishlatish quduqlarining
mavjud fondini saqlab qolish;
2) qatlamni litologik-fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda qatlamga ta’sir
etishning loyihalashtirishni maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqib, agar bunday ishlar
bajarilmagan bo’lsa, qoldiq neftni chiqarib olish uchun quduqlar to’rini
birmuncha
zichlashtirish.
Uyumni oxirigacha ishlatish loyihasini tuzishda uyumning o’tgan davrlarda
ishlatilishidan olingan kon-geologik ma’lumotlarni sinchiklab tahlil qilish lozim.
Bunga
quyidagilar
mansub:
qatlamlarni
litologik-stratigrafik
jihatdan
o’zgaruvchanligi, qatlam tarkibining har xilligi (uzuq-uzuqliligi, tabaqalanganligi,
qatlanishi, qumliligi), qatlamda neftni joylashish sharoiti (neftga to’yinganligi,
zaxiralarni ishlatilganlik darajasi), filtratsion xususiyatlari (o’tkazuvchanlik, suv
o’tkazuvchanlik), qatlamlar va suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (neftning
qovushqoqligi, fazaviy o’tkazuvchanligi, jinslarning xo’llanishi va b.).
Uyumni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishdan avval qabul qilingan
texnologik sxemaga binoan hisoblab topilgan neft beraolishlik
koeffitsienti asosida
neftning balans va chiqarib olinadigan qoldiq zaxiralarini aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: