bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytiradi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbatdoshliligini oshiradi. Innovatsion rivojlanish uchun iqtisodiyotning davlatga tegishli va hususiy sektorlari rivojlangan g’arb va sharq mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, o’z mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishga ulardan har tomonlama yordam olishga intilishlari kerak. Buning uchun esa innovatsion hamkorlikning jahon andozalariga mos bo’lgan infratuzilmasini yaratish talab qilinadi. Bunday ish akkreditatsiya qilingan horijiy firmalar bilan yaqindan muloqot qilish natijasida qo’shma korxonalar, konsortsiumlar va al’yanslar tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlari bilan innovatsion faoliyatda hamkorlik qilishning asosiy shartlari – investitsion muhitni yaxshilash, ilmiy sektorga investorlarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish va innovatsion texnologiylarni respublikaga olib kelishdir. Asosiy tadbirlardan yana biri - alohida huquqiy rejimda faoliyat ko’rsatadigan Innovatsion Fondtashkil qilishdir. Uning asosiy funktsiyalariga innovatsion loyiha va dasturlarni past foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklik asosida) kreditlash hamda ularni sug’urtalsh kirishi lozim. Innovatsion faoliyatni kreditlagan banklar foydasining bir qismini esa soliqdan ozod qilish ham yaxhsi natija bergan bo’lar edi. Xorijiy innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun Texnologiyalar trensferiva Injiniring Markazi tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shu va bu bilan bog’liq bir qancha muammolar Birlashgan Millatlar tashkiloti rivojlanish dasturi tomonidan tavsiya etilgan “O’zbekiston Respublikasining 2012-2020 yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish kontseptsiyasi” deb nomlangan xujjatda ham tavsif etilib,
batafsil keltirilgan. Ushbu innovatsion rivojlanishga oid muammo va masalalar muvaffaqiyatli va og’shmay hal qilingan taqdirda O’zbekiston o’z ilmiy-texnik potentsiali bilan zamonaviy ilg’or texnologiyalardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida foydalanish hamda ularni yaratishda faol ishtirok etib, qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarila olar edi. Xuddi shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda xozirgi paytda O’zbekistonda investitsiyalarni jadallashtirish va innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 maydagi №UP-3751 sonli Qarori asosida mamlakatda samarali strukturaviy va investitsion siyosatni ta’minlash, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta texnik jihozlash hamda mamlakatning tezkor dinamik rivojlanishini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi rivojlanish va rekonstruktsiya Fonditashkil qilingan. Ushbu fondning ustav kapitali 15 milliard AQSH dollarini tashkil qilib, bu kapital 2012-2016 yillar davomida hosil qilinishi rejalashtirilgan. Fondning ta’sischisi (Uchreditel) bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi hisoblanadi. Bu Fondning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
• Davlatning va xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy mablag’larini O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida akkumulyatsiya qilish, shu jumladan, tijorat banklari, horijiy fondlar, investorlar va boshqa tuzilmalarning mablag’laridan foydalanish;