O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet214/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur obyekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obyektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda obyekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o’zaro ta’sirlar tizimiga bog’liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo’lib, u bilish qaratilgan yo’nalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proyeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o’qidagi proyeksiyalariga o’xshatish mumkin.

Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko’p yangiliklar kiritdi. U ilmiy fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini o’rganadi, makon va zamonning cheksizligi muammosini o’rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon va zamonda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g’oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta’riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydo bo’lishi kosmologiya muammolarini butunlay o’zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o’n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va zamonda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo’lindi.

Olamning relyativistik konsepsiyasi bo’lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g’oyasida cheksizlik g’oyasi butunlay inkor etilib, fanda to’ntarish yasalishiga olib keladigandek bo’lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta’limoti o’tmishda ko’p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g’oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo’lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va zamonning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g’oyasini inkor etmagan.

Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o’rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.

A.Eynshteyn 1917 yilda nisbiylikning umumiy nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o’tib olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.

1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og’ir obyektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o’zgarsa-da, bu o’zgarish olamning o’zgarmas egrilikka ega bo’lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og’ishdir, xolos.

2. Olam turg’un, vaqtda o’zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi evolyusiyaga ega bo’lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko’lamli to’rt o’lchovli silindr ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo’ylab vaqt o’qi o’tadi, u o’tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o’zgarmas musbat egrilikka ega uch o’lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hyech narsa mavjud bo’lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o’z-o’zida tutashadi» va bu unda hyech qachon to’siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.

Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o’tmishda qolgan. Uning olamning turg’un modelini yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o’zgarmas holda mavjudligi haqidagi an’anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg’un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e’tiborga olish kerak.

Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg’unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi:

1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo’lsa, maydon evklid maydoni bo’ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo’ladi va dunyo cheksiz bo’ladi.

2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo’lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko’rinishida bo’ladi.

3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo’lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo’ladi. Dunyo berk va chekli bo’lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.

Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» konsepsiyasiga ko’ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o’ta zich singulyar holatda bo’lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o’zgargan, maydonning egriligi to’g’rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko’ra, kengayish o’rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig’maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitasion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko’plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko’rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o’lchovlar miqdori har xil bo’lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o’z kosmologik vaqtiga ega bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Hozirgi «ko’p sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma’nosida emas, balki materiyaning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.

Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya’ni galaktikalar taxminan o’zigacha bo’lgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy e’tirof etilgan fakt hisoblanadi. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach (1929 yilda) Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo’lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo’ladi, degan qonunni va katta masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga yetishini aniqladi.

Shunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.




Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish