O’zbеkistоn rеspublikаsi


Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geosentrik dunyodir



Download 110,64 Mb.
bet210/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geosentrik dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.

Atributlarning universal mazmuni inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy obyekt nogeosentrik dunyo deb ataladi. «Nogeosentrik dunyo» tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeosentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeosentrik dunyolar tomon mavjud bo’lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o’zaro ta’sirlarning o’zga turini uzoq darajada bo’lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo bog’lanishlari va o’zaro ta’sirlari borliqning geosentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geosentrik andoza»dan og’ish xususiyati to’g’risidagi masalani faqat amaliyotda yechish mumkin. Bu yerda falsafadan ko’ra aniq fanlarga asoslanish lozim.

Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo’lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif yangi narsa paydo bo’lishi mumkin bo’lgan maqsadni belgilash mexanizmiga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.

Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko’p uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. Moddiy tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja - DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud bo’lgan bir hujayrali organizmlarni; ko’p hujayrali daraja – to’qimalar, organlar, funksional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi sistema), ya’ni organizmlar (o’simliklar va hayvonlar)ni o’z ichiga oladi. Organizmlardan yuqori tuzilmalar ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog’langan bir turga mansub jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o’rmondagi bo’rilar to’dasi, ko’ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning xususiyatlari va ko’payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko’payishini sekinlashtiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori darajasiga populyasiyalardan tashqari biosenozlar kiradi. Biosenozlarning yaxlit tizimida populyasiyalar shunday bog’langanki, ulardan birining hayot faoliyati mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o’rmon muayyan biosenoz hisoblanadi: unda yashovchi o’simliklar, shuningdek hayvonlar, zamburug’lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari o’zaro ta’sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.

Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh, jamoa, davlat, millat va boshqalarni o’z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo’la oladi. Shu sababli jamiyatga o’z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog’liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.

Moddiy tizimlar turlarining tasnifini davom ettirib, rus olimi L.Gumilevning «Etnogenez va Yer biosferasi» asaridagi fikr-mulohazalarini esga olish mumkin. Muallif taklif qilgan tasnifning mantiqi quyidagicha: siz Yer sayyorasida yashaysiz. Bir qobiq ostida harakat qilasiz – bu litosfera. Moddiy tizimlarning boshqa bir turi organizmingizning barcha hujayralariga kirib boradi – bu gidrosfera. Uchinchi turi bilan siz nafas olasiz – bu atmosfera. To’rtinchisi – biosfera. Bu yerda siz barcha tirik o’simliklar, mikroorganizmlar bilan yashaysiz.I

Bu tasnifni geo-, bio- va noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy tasnifiga yaqinlashishni sezish mumkin.

Asosiy muammo shundan iboratki, ilgari surilgan nazariyalar va ularni amalda sinash, ya’ni ularning ishonchliligini tasdiqlashi yoki pirovard natijada ularni rad etishi mumkin bo’lgan tegishli eksperimentlar o’tkazish yo’li bilan tekshirish imkoniyatlari o’rtasida ulkan tafovut mavjud.


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish