Tashqi ko‘rinishi — majmuiy ko‘rsatkich bo‘lib, mevaning o‘lchami, rangi, butunligi, mexanik jaroxatlanishi, kasalliklar bilan zararlanishi, pishgan-etilganligi va boshqalar mahsulotni sifatini va to‘plamning bir xilligini bildiradigan ko‘rsatkichdir.
vazifa. Kartoshka, meva-sabzavotlarning fizik ko‘rsatkichlarini aniqlash.
O‘lchami. Meva-sabzavotlarning o‘lchamlari chizg‘ich, shtangentsirkul (doira shaklidagi mahsulotlarni), maxsus shablonlar yordamida, juda mayda mahsulotlar esa har xil diametrli elaklar bilan o‘lchanadi. Meva-sabzavotlarning shakli yassi bo‘lsa, u xolda bu mahsulotning balandligi va diametri ikki marta o‘lchanadi. Ya’ni eng katta diametri va eng kichik diametri.
Albatta, ayrim meva-sabzavotlarning o‘lchamiga baho berilayotganda qiyinchiliklar tug‘iladi, bu mahsulotlarga asosan murakkab geometrik shakli yoki uzunchoq diametrli, o‘qli simmetriyasi buzilgan meva-sabzavotlar kiradi.
Masalan, kartoshkaning tugunaklari ayrim ildizmevalar, piyoz anjir, patisson, baqlajonlar, nok va boshqalar.
Rangi. Meva va sabzavotlarning rangi bu ularning sifatining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Bu ko‘rsatkichga qarab, mahsulotning yetilganligi, tashqi qiyofasiga oftob tekkan- tegmaganligi aniqlanadi. Lekin rangni aniq bilish qiyin muammo, masalan birgina oq rangning o‘zi DASTda bir necha xilga bo‘linadi. SHuning uchun xozir rangning aniq ajralishi uchun fotometrik usul yoki maxsus Bondartseva jadvali yordam beradi.
Og‘irligi. Meva-sabzavot va uzumlarning og‘irligini aniqlash uchun albatta tarozi kerak bo‘ladi, unga eng yaxshisi pochta tarozisidir.
Unda faqatgina kilogrammgina emas, grammlar ham yaqqol ko‘rinib turadi. SHuni aytish kerakki, meva og‘irligini aniq bilish uchun qanchalik ko‘p miqdorda meva yoki sabzavot bo‘lsa, shunchalik aniq ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz.
Undan tashqari shu ko‘rsatkichga ega bo‘lish uchun bir tortish varianti 3 marta qaytarilishi
kerak.
Hajmi. Mahsulotlarning bu ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun menzurkalar yoki hajmni
belgilovchi shisha idishlar kerak bo‘ladi. Mahsulotni ko‘mib turadigan miqdorda suv solinadi, keyin unga mahsulotning o‘rtacha namunasi joylanadi, mahlumki suvning satxi mahlum belgigacha ko‘tariladi, shu ko‘tarilgan bo‘lim meva hajmi deb hisoblanadi.
Topshiriq. Yangi meva va sabzavotlarning standartlari bilan tanishish. Karam, ildizmevalar, piyoz, olma yoki boshqa meva-sabzavot mahsulotlaridan (bir-ikki xilidan) o‘rtacha namuna olish va ularning sifatini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |