O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet97/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Darsning maqsadi: Talabalarni meva-sabzavod mahsulotlarini tayyorlov idoralari va omborxonalarga topshirish tartiblari, hamda topshirish vaqtida mahsulot sifatini belgilash qoidalari bilan tanishtirish.
Jihozlar: CHizg‘ich, shtangenstirkul, maxsus shablonlar, har xil diametrli elaklar, lupa, Bondarsteva jadvali, texnik tarozi.
Umumiy mahlumotlar: Tovar navlari miqdori mevalar va sabzavotlar turiga qarab ikkitadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin. Oliy va birinchi navlarga sifat jihatdan bekami-ko‘st mahsulotlar kiritiladi; past navlarga shakli yoki rangiga ko‘ra tekislanmagan, zararkunandalar zararlagan yoki shikastlangan mevalar va sabzavotlar kiritiladi. Hosilning faqat ovqatga ishlatish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz bo‘lgan qismi nostandart deb hisoblanadi.
Sifat ko‘rsatkichlari tashqi ko‘rinishning bayonini, pishganlik, tozalik darajasini o‘z ichiga oladi. Odatda standartlarda pomologik (sabzavotlar uchun — botaniq) navga xos bo‘lgan tipik shakl va rangga ega bo‘lishi kerakligi aytib o‘tiladi. Mevalar va rezavorlar uchun standartlarda ularda boshqa hid, tahm bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatilgan.
Sifatning miqdoriy ko‘rsatkichlari son bilan tavsiflanadi, ular eng yuqori, cheklovchi va taqiqlovchi mehyorlarni o‘z ichiga oladi; eng yuqori ko‘rsatkichlar — ko‘rsatkichning tebranish chegaralarini (...dan..,gacha); cheklovchi ko‘rsatkichlar — «kamida», «ko‘pi bilan» degan so‘z va iboralar bilan ifodalanadi; taqiqlovchi ko‘rsatkichlar — mahsulotning zararsizligi va zarur sanitariya holatini kafolatlaydi, «yo‘l ko‘yilmaydi» degan ibora bilan ifodalanadi.
Meva-sabzavotchilik mahsulotlariga standartlar don, dukkakli-don va moyli ekinlar standartlaridan yo‘l ko‘yilishning mavjudligi bilan farqlanadi. Yo‘l ko‘yiladigan mehyorlar — bu o‘lchami va sifatiga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tebranishlardir. Standartlarda ularni mehyorlab qo‘yishning zarurligi meva-sabzavot mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning yetishtirishdagi turlicha shart-sharoitlar, terimni tashkil etish muddatlari va darajasi, tashish va saqlash shart-sharoitlari, mahsulotlarni navlash va kalibrlash mavjud usullarining nomukammalligi bilan bog‘likdir, bunday holatlar mutlaqo bir xildagi turkumlarni olishni qiyinlashtiradi.
Yo‘l qo‘yiladigan mehyorlar odatda massaga yoki mahsulot nusxasi soniga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Bunda mazkur tovar navidagi, keyingi, birmuncha past navga tegishli mevalar (ildizmevalilar, tugunaklilar va boshqalar) soni aniqlanadi. Odatda meva-sabzavotchilik mahsulotlariga standartlarda umumiy yo‘l ko‘yiladigan mehyorlar, ya’ni barcha yo‘l qo‘yiladigan meherlar yig‘indisi belgilanadi. Umumiy yo‘l ko‘yiladigan mehyorlar ushbu standartdagi ayrim yo‘l qo‘yiladigan mehyorlarning arifmetik summasidan kam bo‘ladi va mahsulotlar massasining 15% ni tashkil etadi.
Standartlar tovarni u yoki boshqa tovar naviga kiritish uchun asos bo‘ladigan asosiy belgilarni nazarda tutadi; ular eng kam yoki eng katta miqdorlar, zararkunanda va kasalliklardan mexanik shikastlanishning yo‘l qo‘yiladigan foizi, yetilish darajasi, kartoshka, mevalar va sabzavotlarning shakli va rangi; boshqa navlar aralashmasining foizi (pomologik va botaniq bir xillik), boshqa aralashma va tuproqning mavjudligi kabilardir.
Meva-sabzavot mahsulotlarining ayrim turlari uchun ichki baholash ko‘rsatkichi, ya’ni: ichki (yashirin) kasallikning aniqlanishi, yetilishi darajasining belgilanishi (shunga tegishlicha, ovqatga yarokdilikni) ni ham nazarda tutadi. Yetilishning to‘rtta darajasi aniqlanadi: yig‘ib-terib qo‘yiladigan, istehmol qilinadigan (eyishga yaroqlilik), texnik (konservalash) va biologik (fiziologik).
Yig‘ib-terib ko‘yilish uchun yetilgan mevalar va sabzavotlar to‘liq shakllangan, yig‘ib olinganidan keyin yana yetiladigan va istehmol uchun yetilgan bo‘lishi kerak. Urug‘ mevalilar (olma, nok, behi), shaftoli, o‘rik, qovun, pomidorlar (dumbul vaqti) kuzgi va qishki navlari olib ko‘yiladigan yetilish darajasida yig‘ib olinadi.
Istehmol uchun yetilgan mevalar va sabzavotlar tashqi ko‘rinishi, tahmi va etining konsistentsiyasiga ko‘ra eng yuqori sifatga ega bo‘ladi. Gilos, olcha, olxo‘ri, tarvuzlar istehmol uchun yetila boshlagan vaqtida yig‘ib olinadi, ular to‘liq pishmasdan uziladi.
Sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan meva va sabzavotlar uchun standartlarga ko‘ra texnik jihatdan yetilish belgilanganki, unda mahsulot qayta ishlash texnologiyasi talablariga muvofiq bo‘ladi. Standartlarga ko‘ra xom va o‘tib ketgan meva-sabzavotlar toza holida istehmol qilish va sanoatda qayta ishlash uchun yo‘l qo‘yilmaydi. Uzilganidan so‘ng ushbu navdagi mevalarga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishga, konsistentsiya va tahmga ega bo‘la olmaydigan mevalar xom hisoblanadi. Istehmol uchun yetilganlik belgilarini yo‘qotgan mevalar o‘tib ketgan hisoblanadi. Ularning eti bo‘shashgan (olmalarniki — unsimon yoki qoraygan, noklarniki — unsimon yoki suyulgan, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, olcha, giloslarniki — suyulgan, po‘stlog‘i ochilsa, oqib chikib ketadi va hokazo). Tobidan o‘tib ketgan meva va sabzavotlarda yoqimsiz xid, meva etida bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. O‘tib ketganlik odatda biologik yetilish, ya’ni urug‘larning muayyan tarzda yetilishidar dalolat beradi. Bahzan mevalar biologik jihatdan yetilgani holda istehmol qilish uchun yaroqli bo‘lishi ham mumkin. Meva va sabzavotlarning yetilish darajasi haqida ularning tashqi ko‘rinishi (avvalo, rangi), ichki tuzilishi, tahmiga qarab baho beriladi.
Standartlarga ko‘ra yangi uzilgan bodring, tarvuz va qovunlar, baqlajonlarga ularning ichki tuzilishini, binobarin, mahsulotning yetilish darajasini tavsiflaydigan sifatlar ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Bunday standartlarga ichki holatini tekshirish uchun kesib ko‘rishga ruxsat qilinadigan (zarur bo‘lganida) mevalar sonining mehyori joriy etilgan.
Standartlar meva-sabzavot mahsulotlarini bir o‘lchamga keltirish, ya’ni o‘lchamlari bo‘yicha navlashga nisbatan muayyan talablarni nazarda tutadi. O‘lchamiga ko‘ra bir xil mahsulot yengil va tez qadoqlanadi; uning tashilishi kam xarajat va sarflar bilan bog‘likdir. Bir xil o‘lchamdagi meva va sabzavotlar birmuncha jalb etuvchi tovar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Mahsulotlarning o‘lchamiga ko‘ra yaqin turkumlari ko‘proq bir xildagi xususiyatlarga ega bo‘ladiki, bu ularni saqlash va kuzatib turishni yengillashtiradi.
Mahsulotlarning tovar sifati deganda — qishloq xo‘jalik mahsulotlarining istehmol qilinishi uchun va texnologik ahamiyatini aniqlash uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni yig‘indisiga aytiladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish