O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet81/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

CHuchuk qalampir. Yangi uzilgan chuchuk qalam’ir standart talabiga ko‘ra iste’mol qilish uchun va qayta ishlash uchun to‘shiriladi. Ular toza, sog‘lom bo‘lishi, shakli va rangi jihatdan navga mos kelishi, ta’mi shirinroq yoki sal achchiqroq bo‘lishi, meva bandi cho‘zinchoq shaklli navlarda 6 sm gacha va yumaloqlarida esa 4 sm gacha bo‘lishi mumkin.
Bir partiyada sal so‘ligan, lekin burishmagan yoki sal tirnalganlar ko‘pi bilan 10%, shuningdek, belgilangan o‘lchamlardan farq qiladiganlarining 5% gacha aralashishiga ruxsat etiladi.
Kartoshka. Kartoshkaning asosiy sifat ko‘rsatkichi uning tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari, yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlari, tozaligi hisoblanadi. Tuganaklarning tashqi ko‘rinishi butun, quruq, toza, sog‘lom, o‘sib ketmagan, so‘limagan, kechki navlarning po‘sti qalin bo‘lishi kerak. Tugunaklarning o‘lchami ularning shakllari va ekiladigan mintaqalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan. O‘rta Osiyo uchun tugunaklarining diametri ertagi kartoshkaning yumaloq-oval shakli uchun 30 mm ga, kechkisini 35 mm ga, cho‘ziq shakldagisi uchun esa shunga muvofiq ravishda 25-30 mm ga to‘gri kelishi kerak. Belgilangan o‘lchamlardan kichik bo‘lishidagi tafovut 10-20 mm (lekin ko‘pi bilan 5%) bo‘lishiga ruxsat etiladi. O‘sib ketgan va 2 sm2 dan ko‘p miqdorda ko‘kish tus olgan tugunaklar 2% gacha
bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Ho‘l, quruq va halqali chirish kasalliklari va fitoftor bilan zararlangan tugunaklarning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Sovuq urgan, nami qochgan tugunaklarning aralashib qolishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tugunaklarga yopishgan tuproq miqdori ham 1% dan oshmasligi lozim.
poliz mahsulotlarining sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyilagilardan iborat.
Qovun. Yangi uzilgan xo‘raki qovunlar yaxshi pishgan, kasallik belgilari yo‘q bo‘lishi lozim. Ertagi, mayda hosilli, duksimon navlarning diametri kamida 10 va o‘rtagi, kechki, shuningdek, yumaloq oval shakldagilarniki 15 sm bo‘lishi kerak.
Tirnalgan va qirqilgan joylari bitib qolgan qovunlar yaroqli hisoblanadi. Bir partiyada yengil zararlangan qovunlar 5% gacha bo‘lishiga va bir xil muddatda pishadigan boshqa navlardan 10% gacha aralashishiga ruxsat etiladi.
Tarvuz. Yangi uzilgan tarvuzlar yetilgan, yaxlit, sershira, miqti etli, po‘stining rangi va yarqiroqligi shu navga mos kelishi lozim. Eng katta tarvuzning diametri kamida 15, ertagi navlar uchun kamida 12 sm belgilangan.
Yuklab jo‘natiladigan joylarda bir partiyada pishib o‘tib ketgan va pishmagan tarvuzlarning miqdori 3% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Yengil zararlangan tarvuzlar ortilmaydi. Tashish vaqtida yengil shikastlangan tarvuzlar 8% gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bir partiyaga bir muddatda pishadigan boshqa navlardan 10% gacha aralashgan bo‘lishi mumkin. Bosilgan, ezilgan, yorilgan, kasallik va zararkunandalardan zararlangan hamda chirigan tarvuzlar standart hisoblanmaydi.


Nazorat savollari

  1. Sifatni belgilashda va ko‘rsatishda qo‘llaniladigan iboralar?

  2. Mahsulotning sifat ko‘rsatgichlari va uni boshqarish.

  3. Mahsulotdagi nuqsonlarni farqlash va sinflari.

  4. Mahsulotni ozuqaviy va energetik qiymati.

  5. Sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
25-ma’ruza: Quritilgan meva mahsulotlarini saqlash omborlariga qabul qilish tartibini


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish