O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


-rasm. Sig‘imi 3200 tonna bo‘lgan don omborxonasi 6-rasm



Download 11,87 Mb.
bet16/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

5-rasm. Sig‘imi 3200 tonna bo‘lgan don omborxonasi


6-rasm. Don uchun yig‘ma temir-beton omborxona

Omborxona qurishda standart o‘lchamdagi o‘rmon materiallaridan foydalanilgan. Omborxona loyihasida g‘o‘la va taxtalarining standart uzunligi asos qilib olingan (6,5 m). Bo‘ylama yo‘nalishda omborxona 6,2 m dan to‘qqizta va 3,1 m dan ikkita chetgi ‘roletga ajratilgan. Ko‘ndalangiga omborxona uchta ‘roletga bo‘lingan: o‘rtadagisi 11 m va ikkita chetdagisi 4,5 m dan. O‘rtadagi ‘roletning keng bo‘lishi omborxona ichidagi harakatlanuvchi mexanizm bilan manevrlash imkoniyatini beradi. Bunday omborxona qurishga ketadigan xarajatlar 1 t sig‘im uchun 0,585...0,615 kun va 0,450...0,600 t materialni tashkil qiladi. SHu bilan bir qatorda yig‘ma temir-beton omborxonalar ham quriladi (6-rasm). Yig‘ma temir-beton omborxona quyidagi afzalliklarga ega: yil mavsumidan qat’iy nazar qurish imkoniyati bor, qurilish maydonida ishchilar soni kamayadi, qurilish sifati ortadi; qurilish maydoniga tashib keltiriladigan materiallar massasi kamayadi, (35 % gacha).


Sig‘imi 5500 t li birinchi yig‘ma temir-beton ombor panelli konstruktsiyasidan loyihalangan. Ko‘ndalang kesimda omborxona ichki ustunlar bilan uchta ‘roletga bo‘lingan: o‘rtadagisi — kengligi 12 m va chetdagilari 6 m dan iborat bo‘lgan. Tashqi ustun(kolonna)lar qurishga ketadigan xarajat 0,4 kishi — kun va 0,2 t materialni tashkil qiladi.
Sig‘imi 3200 t li omborxonaga o‘xshash JBM-61 omborxonalari ham keng tarqalgan. Uning sig‘imi 3200...7500 t, devorlari mahalliy materiallardan va karkasi — yig‘ma temir-betondan tayyorlangan. Devorlar ostidagi poydevor harsang toshdan tasmasimon qilib, kolonnalar ostidagi poydevorlar temir-betondan ishlab chiqiladi. Tashqi devorlar gpishtdan yoki harsang toshdan, yirik bloklardan,
oddiy toshdan, kolonnalar yig‘ma temir-betondan tayyorlanadi. Tom to‘sig‘i VO(BO) yoki VU(BU) shiferdan tayyorlangan. Omborxonani qurishning mehnat sig‘imi 0,334 kishi — kun bo‘lib, bu sig‘im 3200 t li omborxonaning 1 t sig‘imiga nisbatan 45 % kam. Bu loyihalardagi don balandligi devorlar oldida 2,5 m, o‘rtasida 5 m ni tashkil etishi hisobga olingan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bu balandlik bir qator konstruktsiyalardagi balandlikka nisbatan yaxshi bo‘lib, balandlik kichik bo‘lganida omborxonaning sig‘imi kamayadi, yuqori bo‘lganida — kontsruktsiya og‘irlashib ketadi.
    1. Vaqtinchalik don omborxonalari

Tayyorlov korxonalariga ommaviy don keltirish davrida, don omborxonalarning sig‘imi yetishmaganida maxsus tayyorlangan asfalt yoki boshqa maydonlarda vaqtinchalik omborxonalar va buntlar quriladi (7-rasm). Maydon uchun joylar temiryo‘llar, suv yo‘llari yaqinida, don omborxonalari, quritish-tozalash va boshqa mexanizatsiyalashgan minoralar yonidan tanlanadi. Korxona hududida maydonlar omborxonalar orasida va ularning devorlariga ‘arallel tarzda 10 m masofada joylashtiriladi. Agar omborxona qurish hisobga olingan bo‘lsa, asfaltlangan maydonlardan omborxonalarning pollari sifatida foydalaniladi.




7-rasm. Taxta devorli don bunti
1-brezent, 2-arqon, 3-taxta, 4-temir-beton fundament.

Maydonlarning o‘lchamlarini belgilashda mahalliy sharoit va mexanizatsiyalashtirish vositalarini qulay joylashtirish hisobga olinadi. Bunda uning kengligi 7...14 m, uzunligi esa joyga va joylashtiriladigan don miqdoriga qarab 50 m dan ortiq bo‘lmagan holda belgilanadi. Buntlar asfaltlangan maydonlarda yoki zarurat tug‘ilganida quruq va yomg‘ir suvlari bosmaydigan, o‘rab turgan maydondan 300— 350 mm ko‘tarilgan grunt maydonlarda joylashtiriladi. Quruq va o‘rtacha quruqlikdagi donni vaqtinchalik saqlash maydonlari hamda faol shamollatish qurulmalari bilan jihozlangan maydonlar atrofi mahalliy materiallardan tayyorlangan devorlar bilan o‘raladi. Bunt yuqorisidan brezent bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan tortiladi. Shamollatish uchun don yuzasi va brezent orasida joy qoldiriladi. Nam va ho‘l donni joylashtirishda maydonlar ko‘chma shamollatish qurulmalari bilan jihozlanadi yoki taxta va garbillardan uchburchak kesimli vintilatsion ariqchalar qilinadi.


Donni asfaltlangan va grunt maydonlarda saqlash tajribasi ko‘rsatishicha, ko‘pchilik hollarda donning quyi qatlami namlanadi va tomir hosil qilib o‘sadi. Buning oldini olish uchun maydon yuzasi donni gruntdan himoyalovchi material bilan qo‘lanadi.
Uzilish kuchlanishi 10 pa, qalinligi 0,2...0,3 mm li polietilen pardalardan foydalanish, quruq donni buntlarda saqlashda, don massasining holati brezent bilan yopilgan buntlarda saqlangan donnikidan farq qilmasligini ko‘rsatdi. Ammo nam va ho‘l donni saqlashda polietilen parda ostida namlik konditsiyalanadi va tomchi holida pardaning ichki yuzasidan oqib tushib, donning yuza qatlamini namlaydi. Shu sababli nam va ho‘l donni saqlashda polietilen pardalardan buntlarning
ustini yog‘inlar vaqtida yopish uchun foydalanish mumkin.


4-rasm. Un kombinatining bosh rejasi 1-don tozalash bo‘limi; 2-yangchish bo‘limi; 3-qo‘lash bo‘limi; 4-tayyor mahsulot ombori; 5-tayyor mahsulot ombori; 6-elevatorning ishchi binosi; 7-don quritgich o‘txonasi; 8-dis’ettser xonasi; 9-silos korpusi; 10-silos korpusining ikkinchi qavati; 11-
donni temir yo‘l transportidan qabul qilish; 12-ta’mirlash ustaxonasi va qozonxona; 13-ko‘mir ombori; 14-vagon tarozilari; 15-avtomobil tarozilari; 16-boshqaruv korpusi; 17-yordamchi korpus; 18-transformator stantsiyasi.




    1. Download 11,87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish