273
TUZUVCHI: dotsent B.
Jalilov
Taqrizchi: dotsent A. Jo’raxonov
Ushbu ma’ruza matni kafedra qaroriga asosan Andijon Davlat Universiteti
o’quv-uslubiy hay’ati tamonidan (1999 yil 4 sentyabr) qo’llanganligi tavsiya etilgan.
MUQADDIMA
O’zbek mumtoz adabiyotining ajralmas bir qismidir. Xalqimiz madaniyat tarixi ildizlari
teran bo’lgani kabi o’zbek mumtoz adabiyoti uzoq va boy tarixga ega bo’lib, undan jaqon
madaniyatiga ma'lum va mashhur asarlar meros bo’lib qolgan.
Sho’ro davrida adabiyot tarixi Lenin ta'limotiga ko’ra tanlab o’rganildi. Sho’ro
siyosati
mashinasiga “Vincha” bo’lishga hizmat qiluvchi qismigina o’rganildi, o’sha siyosatga
moslashtirildi.
Mumtoz adabiyot na'munalari taxlilida mavzu, g’oya timsollar tizimi soxtalashtirildi,
badiyat masalalariga yetarli e'tibor berilmadi.
Istiqlol mumtoz adabiyotini puxta o’rganishga imkoniyat yaratdi. Endilikda mumtoz
adabiyot namunalarini o’zligicha adabiyotning bosh masalalaridan biri bo’lgan
badiyat qonunlari
asosida o’rganish zarur.
O’zbek mumtoz adabiyoti tarixida XIV-XVI asr adabiyoti alohida o’rin tutadi.bu davrda
jahon madaniyatiga katta xissa qo’shgan Otoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Navoiy singari ulkan
ijodkorlar yashab ijod etgan. Bu davrda turkiy til davlat tili darajasiga ko’tarildi,
dunyoviy
adabiyot rivojlandi, mumtoz adabiyot o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Turkiy adabiyot
boshqa xalqlar adabiyoti bilan mustaxkam aloqada bo’ldi.
Bu davrning muhim xususiyati shundaki, bu davrda Navoiy va Bobur hayoti ijodi
o’rganildi. Bugunning talabi shundaki
faqat adabiyotshunosgina emas, ziyoli sanalgan har bir
inson bu kabi ijodkorlar ijodi bilan yaqindan tanish bo’lmog’i zarur. Chunki ular ijodi
go’zallikning, badiyatning yuksak na'munalari bo’lib, insonni kamolot sari yetaklashga hizmat
qildi.
Sho’ro siyosati bizni ana Shunday imkoniyatdan maxrum etdi. Ulug’ Shoirlar ijodi kam
va chala xolda nashr etildi. Sho’ro davrida asarlarning nashri bo’yicha Navoiyning 42-o’rinda
turishini qanday izoxlash mumkin. O’zbek mumtoz adabiyotini istiqlol g’oyalari
asosida
o’rganuvchi darsliklar, qo’llanmalar xali yaratilgani yo’q. Mavjud darslik va qo’llanmalardagi
ko’pgina masalalar ko’pgina masalalar istiqlol qoyalariga ziddir. Masalan, Amir Temur, Xo’ja
Axror haqidagi qarashlar yoki Navoiy progressiv adabiyot vakili deb qaralishi kabidir.
Ta'lim jarayonidagi ana shu ochiqlikni to’ldirish uchun XIV-XVI asr adabiyoti tarixiga
oid Ma’ruza matnlari yaratildi. Unda davr adabiyoti istiqlol g’oyalari bidyat qonunlari asosida
o’rganildi. Muallif bu ish orqali talabalarni qadriyatlarni chuqur bilishiga mumtoz adabiyotni
g’oyalarini hosil qilishni maqsad qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: