Nazorat savollari:
1. Hayot sug‗urtasiga bo‗lgan talabga mamlakatdagi ijtimoiy sug‗urtaning
holati qanday ta‘sir ko‗rsatadi?
2. O‗zbekiston milly sug‗urta bozorida hayot sug‗urtasini amalga oshirishda
va ushbu faoliyatni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud?
3. Hayot sug‗urtasi bo‗yicha mavjud muammolarni bartaraf etishning
qanday yo‗llarini bilasiz?
4. Hayot sug‗urtasining yangi turlarini rivojlantirishga to‗sqinlik qilayotgan
faktorlarni sanab o‗ting.
5. Aholi sug‗urta madaniyatining pastligiga sabab nima?
101
8-BOB. HAYOT SUG„URTASIDA TARIF STAVKALARI
8.1. Sug„urta tarifi tushunchasi, sug„urta mahsulotini
tarifikatsiya qilish
Hayot sug‗urta turlari bo‗yicha tarif stavkalarini aniqlash va ularning
qo‗llanilishi shartlarini belgilash sug‗urta mahsulotini tarifikatsiya qilish deb
nomlanadi. Tarifikatsiyaning asosiy bosqichlari sifatida
tarifikatsiya tizimini
shakllantirish va
tarif stavkalarini
hisoblashni keltirish mumkin. Ma‘lumki,
sug‗urta tarifining tarkibiy qismi bo‗lgan netto-stavka sug‗urtalovchi uchun
sug‗urtalangan ob‘ektning sug‗urta hodisasiga uchrash ehtimolligini hisobga
oluvchi sug‗urta qoplamasi to‗lanishining matematik kutilishini ifodalaydi. Mazkur
kattalikka quyidagi omillar o‗z ta‘sirini o‗tkazadi:
- shartnoma bo‗yicha sug‗urta hodisasining yuz berish ehtimolligi;
- sug‗urta hodisasining kutilayotgan og‗irligi (bunda sug‗urta qoplamasining
kutilayotgan hajmining sug‗urta summasiga nisbati nazarda tutiladi).
Umumiy tartibda barcha tarifikatsiya tizimlarida sug‗urtalanayotgan
ob‘ektlar bir nechta guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh uchun bazaviy tarif
stavkasi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari sug‗urtalovchi aks ettirishni lozim
topgan barcha risk omillarining ro‗yxati keltiriladi. Har bir omilning sug‗urta
ob‘ektida mavjudligi tarifni hisoblashda maxsus koeffitsientlar orqali hisobga
olinishi belgilanadi. Koieffitsientlarning bir qancha turlari bo‗lib, ular
ko‗paytiruvchi, qo‗shiluvchi yoki boshqa shakllarga ega bo‗lishi mumkin. Kerakli
bo‗lgan koeffitsientni tanlash tarifikatsiya tizimini yaratishda sug‗urta turining
xarakteridan kelib chiqib sug‗urtalovchi tomonidan tanlanadi. Hozirgi kunda
mamlakatimiz sug‗urtalovchilari tomonidan o‗tgan yillar davomida sug‗urta
hodisalarining yuz berishi bo‗yicha yetarlli darajada ma‘lumot to‗planganligi
shubhasiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sug‗urtalovchilar tomonidan tarif
siyosatini amalga oshirishda tarifikatsiya tizimi risk omillarining guruhlari
bo‗yicha ishlab chiqish taklif etiladi.
102
Shaxsiy sug‗urtada tarifni klasslarga ajratishda muhim me‘zonlar sifatida
quyidagilar hisoblanadi:
1)
Yoshi.
Sug‗urta shartnomasini tuzishda sug‗urtalanuvchilarning yoshidan
kelib chiqib tabaqalashtiriladi.
2)
Jinsi.
Sug‗urta qoplamalari statistikasiga ko‗ra qoplamalar hajmi
sug‗urtalanuvchining jinsiga nisbatan farqlanadi. Sog‗liqni sug‗urtalashda
ayollarga nisbatan tarif stavkalarining yuqoriroq darajalari qo‗llansa, hayot
sug‗urtasida erkaklar uchun balandroq stavkalar qo‗llaniladi.
3)
Kasb-kori
. Ushbu faktorning tarif stavkalariga ta‘siri kasbning xavflilik
darajasidan va kasb kasalliklarining yuz berish ehtimolligidan kelib chiqadi.
4)
Tamaki mahsulotlarini qabul qilishi
. Ma‘lumki, chyokish insonning
kasallanishi va vafot etishini tezlashtiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi. Shundan
kelib chiqib, chekuvchilarga nisbatan yuqoriroq tarif stavkalari qo‗llaniladi.
5)
Geografik faktor
. Kasallanish va vafot etishga ta‘sir ko‗rsatuvchi
faktorlardan muhimi geografik joylashuv hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan
holda tarif stavkalarini tabaqalashtirishda geografik faktor e‘tiborga olinadi.
6)
Ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar
. Vafot etish va kasallanish turli ijtimoiy-
iqtisodiy guruhlar uchun farqlanadi. Shuning uchun shaxsiy sug‗urtaning ba‘zi
turlari uchun ushbu faktor muhim hisoblanadi.
7)
Sug‘urta mahsulotlari dizaynining o‘ziga xosliklari
. Sug‗urta
shartnomalarini shakllantirish, birinchi o‗rinda sug‗urta javobgarligining hajmi
sug‗urta summasiga, qoplama hajmiga va sug‗urta mukofoti hajmiga ta‘sir
ko‗rsatadi.
Sug‗urtalovchi tarif tizimini yaratishdan tashqari tarif siyosatini olib borishi
ham uning iqtisodiy holatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Masalan, noto‗g‗ri olib
borilgan tarif siyosati risklarning antiseleksiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Risklar antiseleksiyasi bu kompaniya uchun noqulay bo‗lgan risklarning qabul
qilinishi hisoblanadi. Kompaniya uchun noqulay risklarga xaqiqatdagi yuz berish
ehtimoli sug‗urta tarifida nazarada tutilgan ehtimollikdan baland risklarni kiritish
103
mumkin. Risklar anitiseleksiyasini vujudga kelishini quyidagi misol orqali ham
ko‗rish mumkin.
Sug‗urta tashkiloti sug‗urta tariflarini hisoblashda tarifikatsiya tizimini
qanchalik samarali amalga oshirsa, uning shallantirgan sug‗urta zahiralari
shunchalik majburiyatlariga muvofiq bo‗ladi. Tarifikatsiya tizimini ishlab
chiqishda sug‗urtalanuvchilarni risklar bo‗yicha guruhlash va risklar
antiseleksiyasi kabi yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olish katta ahamiyatga
ega.
Sug‗urta tashkilotlarining tarif siyosatini tartibga solishda bir qancha usullar
qo‗llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
- tarifni talab va taklif asosida tartibga solinishi;
- tarifni davlat tomonidan tartibga solinishi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug‗urta
xizmatining ham bahosi, ya‘ni sug‗urta tarifi talab va taklif asosida paydo bo‗ladi
hamda bu baho o‗zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug‗urta
tushumlarining miqdori sug‗urta to‗lovlari va sug‗urta tashkilotlari xarajatlari
miqdoriga teng bo‗lishi sug‗urta bahosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday
sharoitda sug‗urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‗p hollarda
sug‗urta bozoridagi keskin raqobat, sug‗urta tashkilotlarining potensial mijozlarni
jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi.
Chet mamlakatlarda, sug‗urtalovchilar sug‗urta faoliyatidan zarar ko‗rganda,
bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.Sug‗urta tarifining
yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‗urta
xizmatining ma‘lum bir turiga yetarlli darajada talab mavjud bo‗lganda, sug‗urta
tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lyokin,
vaqt o‗tishi bilan bozorda sug‗urta xizmati ko‗rsatish turlarining ko‗payishi bilan,
o‗z-o‗zidan tarif stavkalari kamayadi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |