8.3. Sug„urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani
hisoblashning o„ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari
Sug‗urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi,
ya‘ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta‘minlanadi.
Shunday qilib, har qanday sug‗urta turi bo‗yicha tarif stavkasi brutto-stavka
sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‗urta qoplamasi to‗lovlari
uchun zahira summasi) va sug‗urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u
«yuk» deb ataladi) iborat bo‗ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati,
ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-
stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‗urta turiga
qarab, 60-95 foizgacha ulush to‗g‗ri kelishi mumkin. «Yuk» hisobiga esa, shunga
mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
Sug‗urta shartnomasi bo‗yicha qancha sug‗urta turi sug‗urtalanayotgan
bo‗lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‗ladi. Masalan, hayotni aralash
sug‗urtalash bo‗yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun,
o‗lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‗qotish holati uchun kabi
netto-stavkalardan tashkil topadi.
«Yuk»da sug‗urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi
qismlarni o‗z ichiga oladi:
- ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga
to‗lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi);
- sug‗urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar;
- sug‗urta agentlari, menejerlar uchun haqlar.
To‗lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda
aniqlanadi. Foiz to‗lovlaridan tashqari rag‗batlantirishlar ham amalga oshirilishi
mumkin.
Umumiy sug‗urta qilish tarmog‗i klasslari bo‗yicha «yuk» sug‗urta ishini
yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zahirasiga ajratmalar qilish va
109
rejalantirilgan foyda summalarini ham o‗zida aks ettiradi. Brutto-stavkani
hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‗ngra unga «yuk» (odatda
brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‗shib hisoblanadi.
Brutto-stavka
qo‗yidagicha aniqlanadi:
(%)
100
Yu
NS
MS
,
Bu yerda,
MS
– brutto stavka;
NS
– netto stavka;
Yu
(%) – yuk (foizlarda ifodalanadi).
Majburiy sug‗urta turlari bo‗yicha tariflar me‘yoriy hujjatlar bilan o‗rnatilsa,
ixtiyoriy sug‗urtada esa, sug‗urtachi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Tarifni aniqlash uslubiyati, tarif stavkasi va uning dastlabki ma‘lumotlar
manbasi, netto-stavka va «yuk» ulushlari ko‗rsatilgan holda tarif hisob-kitoblari
maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi. Mazkur organ tomonidan ruxsat
berilganidan so‗ng sug‗urta tashkiloti o‗zi hisoblab chiqqan sug‗urta tarifini
qo‗llash huquqiga ega bo‗ladi. Har bir sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta
tarifining hajmi sug‗urta ob‘ektini tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda
tomonlarning o‗zaro kelishuviga ko‗ra belgilanadi.
Netto-stavka ikki qismdan - sug‗urta summasining zararlilik ko‗rsatkichi va
risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug‗urta summasining zararlilik ko‗rsatkichi - eng
katta ehtimollikka ko‗ra, sug‗urtalangan ob‘ektlar summasining to‗langan sug‗urta
qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi.
Risk qoplamasi to‗lovining kattaligi sug‗urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi
darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Risk bo‗yicha sug‗urta mukofoti uning yuz berish
ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‗urtasi
tarmog‗ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‗p jihatdan aloqador bo‗lsa,
umumiy sug‗urta tarmog‗ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma‘lum
vaqt oralig‗ida risk kattaligi o‗zgarishi ham kuzatiladi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |