94
- hayot sug‗urtasining individual sug‗urta turlari bilan shug‗ullanuvchi
kompaniyani tashkil etish;
- ommaviylashmagan, kam qo‗llaniladigan, ammo shu bilan birga daromadli
sug‗urta turlari bilan shug‗ullanuvchi sug‗urta kompaniyasini tashkil etish;
- investitsion strategiyaning turli variantlarini qo‗llovchi
kompaniyani
tashkil etish.
Taktik darajada aniq sug‗urta mahsulotlariga bag‗ishlangan xususiy savollar,
umumiy strategik darajadagi aniq investitsiyaga taalluqli qarorlar, komission
rag‗batlantirishdagi strukturaviy o‗zgarishlar bilan bog‗liq masalalar hal etilishi
mumkin.
Turli variantlarni tanlashda ushbu variantlardan kutilayotgan foyda va
risklarning
o‗zaro
balansini
hisobga
olish
zarur.
Risklar
albatta
identifikatsiyalanishi va mumkin bo‗lsa shifrlanishi zarur.
Oxir oqibatda
kompaniya risklarning o‗rtacha darajasini ta‘minlash bilan bir vaqtda aksionerlar
foydasini maksimallashtirishga yo‗naltirilgan qarorlar qabul qilishga harakat qilish
zarur. Riskdan umuman qochishning, ayniqsa sug‗urtada iloji yo‗q.
Hayot sug‗urtasining asosini uzoq muddatli biznes tashkil qiladi, shuning
uchun mavjud risklar investitsiyalarning kelajakda daromad keltirish darajasi,
sug‗urtalanganlarning
vafot etish darajasi, xarajatlar va mavjud shartnomalarning
muddatidan oldin bekor qilish ehtimolligi darajalariga bog‗liq. Bundan tashqari
kompaniya barcha biznes turlari uchun taalluqli bo‗lgan marketing va operatsion
risklar bilan ham yuzma-yuz keladi. Bu risklarning ko‗pchiligiga tijorat va
iqtisodiy muhitdagi o‗zgarishlar ta‘sir ko‗rsatadi.
Bu bosqichda oldingi bosqichda o‗z oldiga qo‗yilgan
vazifalarni hal etish
bilan bog‗liq qarorlar ishlab chiqiladi. Masalan, sug‗urta kompaniyasi o‗zining
mahsulotlar lineykasini kengaytirish va yangi sug‗urta turlari bilan savdo qilishni
rejalashtirilgan. Qaror qabul qilishdan oldin bu kompaniya quyidagilarni ko‗rib
chiqishi zarur:
- sug‗urta mahsulotlarining variantlari, mijozlar va sug‗urta kompaniyasi
nuqtai-nazaridan ularning yutuq va kamchiliklari;
95
- aktuar ta‘minoti: sug‗urta mahsulotlarining tarifikatsiyasi, rezervlashtirish
metodologiyasi, sotib olinuvchi summalar
va bonuslar hisobi;
- sotish kanallarining variantlari va ular bilan bog‗liq marketing siyosati,
xususan reklama faoliyati va sotuvchilarni rag‗batlantirish;
- komapaniya aktivlarini investitsiyalash strategiyasining turli variantlari;
- riskni kamaytirish bo‗yicha tadbirlar, shu jumladan anderrayting va qayta
sug‗urta;
- kompaniyaning operatsion qismi ishlari: polislarni ma‘muriylashtirish,
mijozlarga xizmat ko‗rsatish, avtomatlashtirish, zararlarni ko‗rib chiqish va
boshqalar.
Kompaniya tomonidan qabul qilingan har qanday qaror kompaniyaning
kelajakdagi moliyaviy natijalariga taalluqli
u yoki bu noaniqliklar, ya‘ni risklar
bilan bog‗liq. Risklarni tahlil qilish uchun qabul qilingan qarorlarning kelajakdagi
oqibatlarini prognoz qilishning turli modellaridan foydalaniladi. Ushbu
modellarning xususiyatlaridagi umumiylik – vafot etish yoki kasallanish,
investitsiyalarning daromadliligi, xarajatlar, yangi biznes hajmi va shartnomalarni
muddatidan oldin bekor qilish kabi, kelajakdagi asosiy o‗zgarishlar (ya‘ni sug‗urta
kompaniyasi faoliyatiga ta‘sir etuvchi faktorlar) to‗g‗risidagi taxminlardan
foydalanish. Modellar sug‗urta kompaniyasida o‗rnatilgan me‘zonlarga asosan eng
yaxshi (optimal) variantni tanlash imkoniyatini beradi. Bunday me‘zonlarga misol
tariqasida kompavniyaga qabul qilish mumkin bo‗lgan
risklar darajasini
oshirmadan kutilayotgan foydani maksimallashtirish. Risk darajasi deganda
sug‗urta kompaniyasining to‗lovga qobiliyatsizlik holatiga tushish ehtimolligi
tushuniladi. Qabul qilinishi mumkin bo‗lgan risk darajasi sifatida bir yillik ish
faoliyati natijalariga nisbatan 1 yoki 1,5 foizli to‗lovga noqobillik ehtimolligi
bo‗lishi mumkin.
Hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi sug‗urta
kompanisi uchun asosiy
model bo‗lib, sug‗urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan sug‗urta shartnomalari
portfeli asosida shakllantiriladigan pul oqimlarini prognoz qilish imkonini beruvchi
biznes modeli hisoblanadi. Kelajak haqidagi taxminlarning bunday jamlanmasida
96
bu model sug‗urta mahsulotlarini tarifikatsiyalashda qo‗llanilishi mumkin.
Kompaniya o‗z biznesining kelajagini kelajakda soliqqa tortishdagi o‗zgarishlar
yoki kompaniya kapitalining kelajakdagi hajmi kabi savollarga javob topish orqali
prognoz qilishi mumkin.
Birlamchi tahlil avvalam bor biznesni rivojlantirishda amalga oshish
ehttimolligi yuqori bo‗lgan ko‗rinishlar bo‗yicha amalga oshiriladi. Agar birlamchi
tahlil o‗zining ijobiy natijalarini bersa, quyidagi holatlarning rejalashtirilganiga
nisbatan ehtimoldagilari o‗rtasidagi farqlar tahlil qilinadi:
vafot etish,
investitsiyalarning daromadliligi, sug‗urta shartnomalarini muddatidan oldin bekor
qilish darajasi, yangi biznes va xarajatlar hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: