O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


91 
7-BOB. HAYOT SUG„URTASINI TASHKIL ETISHNING O„ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
7.1. Hayot sug„urtasida umumiy nazorat va iqtisodiy muhit 
Nazorat jarayoni tushunchasi biznesning barcha sohalarida qo‗llaniladi. 
Sug‗urtada buni ko‗pincha aktuar nazorat jarayoni deb ataydi. Hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha faoliyat ko‗rsatuvchi sug‗urta kompaniyasini boshqarishning barcha 
asosiy jihatlari nazorat jarayonlaridagi ularning o‗rni bilan bog‗liq terminlarda 
ko‗rilishi mumkin. 
Biznesni boshqarishga jalb qilingan shaxslarning barchasi o‗zlarining 
kundalik ish faoliyatida nazorat jarayonlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. 
Kompaniyaning nazorat jarayonlarida ishtirok etayotganlar o‗zlarining o‗rni va 
rolini yaxshi bilishlari o‗z vazifalarini samarali bajarishlarida qo‗l keladi. Aniqroq 
aytganda, ―Umumiy tijorat va iqtisodiy muhit‖ qismi nazorat jarayoniga kirmaydi, 
ammo sug‗urta kompaniyasi ishlayotgan umumiy jarayonni belgilab beradi. 
Aktuar nazorat jarayonini kompaniyani umumiy boshqarish darajasida 
(masalan, kompaniyaning biznes-strategiyasini ishlab chiqishda) va kompaniya 
ishidagi aniq masalalarni hal etishda qo‗llash mumkin.
Bu bosqichda kompaniya tomonidan hayot sug‗urtasi bo‗yicha qabul 
qilinayotgan qarorlarga ta‘sir ko‗rsatadigan masalalar o‗rganiladi.
Mijozlarning talablari.
Sug‗urta kompaniyasining maqsadi – mijozlarning 
talablarini qondirishdan iborat. Ularning talablari vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradi. 
Bunday o‗zgarishlarni birinchi bo‗lib ilg‗ab olgan kompaniya ularning talablarini 
birinchi bo‗lib qondirish imkoniyatiga ega bo‗ladi va raqobatchilarni ortda 
qoldiradi. Mijozlarning talablaridan kelib chiqib, mavjud sug‗urta mahsulotlarining 
yetarlliligi va yangi sug‗urta mahsulotlariga bo‗lgan talablar aniqlanadi.
Sotish kanallari.
Sug‗urta mahsulotlarini quyidagi sotish kanallari orqali 
amalga oshirilishi mumkin: o‗z agentlik tizimi, sug‗urta brokerlari, banklar, 
onlayn-sotuv, supermarketlar, pochta va boshqalar. Bunda kompaniya 
quyidagilarni bilishi zarur: sotish kanallarining samaradorlik darajasini, turli 


92 
kanallar orqali sotilayotgan sug‗urta mahsulotlarining samaradorligini, sotish 
kanalidan kelib chiqib, sotuvchilarni rag‗batlantirish darajasini. Misol sifatida 
kredit oluvchining hayotini sug‗urtalash xizmatiga bo‗lgan kuchli talabning yuzaga 
kelgan paytlarini aytish mumkin. Ammo xalqaro iqtisodiy krizisning boshlanishi 
bunday talabning pasayishiga sabab bo‗ldi. Ammo biznesning kuchayishi bilan 
mazkur talab yana kuchayishi mumkin. Bundan tashqari uzoq muddatli ipoteka 
kreditlari sug‗urtasiga bo‗lgan talab ham oshib ketishi mumkin.
Raqobat.
Asosiy raqobatchilarni bilish, ularning mahsulotlarini, qo‗llayotgan 
tariflarini, sotish kanallarini, sotuvchilarni rag‗batlantirish tartiblarini o‗rganish 
raqobatda o‗z mavqeini saqlab qolishda muhim jihatlar hisoblanadi.Hayot 
sug‗urtasining jamg‗arib boriladigan turlari bo‗yicha raqobatchilar faqatgina 
sug‗urta koampaniyalari emas, balki banklar, pay fondlari, nodavlat pensiya 
jamg‗armalari va boshqa investitsiya institutlari ham raqobatchi sifatida faoliyat 
yuritishi mumkin. 
Tartibga solish.
Hayot sug‗urtasini tartibga solish va boshqarish – sug‗urta 
kompaniyasining faqat hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanishini belgilab qo‗yish, 
ular tomonidan sotiladigan sug‗urta mahsulotlari uchun turli chegara va qoidalarni 
belgilab qo‗yish, aktivlarni investitsiyaga yo‗naltirish bo‗yicha qoida va 
chegaralarni belgilash, sug‗urta zahiralarini shakllantirish qoidalarini belgilash, 
buxgalteriyani yuritish tartiblarini belgilash va shu kabilar sug‗urta kompaniyasi 
faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu holatlar faqat sug‗urta kompaniyasining 
o‗ziga emas, balki raqobatchilarga ham ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hayot sug‗urtasiga bo‗lgan talabga mamlakatdagi ijtimoiy sug‗urtaning 
holati ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, aholining qarish darajasining ortishi bilan 
davlat pensiya ta‘minotining pasayishi ixtiyoriy pensiya sug‗urtasi va va pensiya 
ta‘minotiga bo‗lgan talabning ortishiga olib keladi. 
Soliqqa tortish. Sug‗urta faoliyatini tartibga solish kabi, ushbu faoliyatni 
soliqqa tortish ham sug‗urta kompaniyasining hamda uning raqobatchilarining 
imkoniyatlariga ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa, hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullaniuvchi 
sug‗urta kompaniyalarining investitsion faoliyatini soliqqa tortish, ular bilan 


93 
raqobatchi hisoblangan boshqa tarmoq sub‘ektlarining investitsion faoliyatini 
soliqqa tortishdagi farqlarning mavjud bo‗lishi ular faoliyatiga jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Ko‗plab mamlakatlarda pensiya sug‗urtasi bilan bog‗liq imtiyozlar 
mavjud. Masalan AQSHda annuitetlar sug‗urtasi bilan bog‗liq soliq imtiyozininig 
mavjudligi tufayli ushbu sug‗urta turidan kelib tushayotgan sug‗urta mukofotlari 
sug‗urta kompaniyalari tomonidan hayot sug‗urtasi bo‗yicha yig‗ilayotgan jami 
sug‗urta mukofotlarida 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. 
Iqtisodiyot.
Mamlakatdagi umumiy iqtisodiy holat mijozlarning to‗lovga 
qobilligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiy pasayish davrida biznes hajmlari pasayadi 
va bu ko‗plab sug‗urtalanuvchilar tomonidan tuzilgan uzoq muddatli sug‗urta 
shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilinishiga olib keladi. 
Investitsiya.
Hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar, ayniqsa 
jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi va annuitetlar sug‗urtasi bo‗yicha 
to‗plangan sug‗urta mukofotlarini investitsiyaga yo‗naltiradi. Shuning uchun 
ularning faoliyatida investitsion faoliyat muhim hisoblanadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish