O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasi shartnomalarining tasniflanishi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

6.2. Hayot sug„urtasi shartnomalarining tasniflanishi 
Hayot sug‗urtasi amaliyoti sug‗urta kompaniyalari tomonidan tuzilgan 
sug‗urta shartnomalarining har xilligini ko‗rsatadi. Aholi daromadlarini 
sug‗urtalash bilan ishlaydigan bu sug‗urta tarmog‗i moliya bozori ishlashiga 
o‗zining ta‘sirini juda tez ko‗rsatadi. Barcha tuziladigan shartnomalar hayot 
sug‗urtasi tarixi davomida ishlab chiqilgan o‗ziga xos xususiyatga egadir. Hayot 
sug‗urtasining asosiy farqli tomonlari quyidagilar: 
-
sug‗urta ob‘ekti; 
-
sug‗urta predmeti; 
-
sug‗urta mukofotlarini to‗lash tartibi; 
-
sug‗urta qoplamasining amal qilish davri; 
-
sug‗urta qoplamasi shakli; 
-
sug‗urta to‗lovlari ko‗rinishlari; 
-
shartnoma tuzish shakllari. 
Hayot sug‗urtasi ob‘ekti quyidagilar bo‗yicha farqlanadi: 
-
shaxsiy sug‗urta bo‗yicha tuzilgan shartnomada sug‗urtalanuvchi va 
sug‗urtalovchi bitta shaxs bo‗ladi; 
-
boshqa shaxsning hayotini sug‗urta qilishda sug‗urtalanuvchi va 
sug‗urtalovchi turli shaxslar bo‗ladi; 
-
birgalikdagi hayot sug‗urtasining birinchi yoki ikkinchi o‗lim prinsipi 
asosida shartnoma tuziladi. 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, hayot sug‗urta shartnomasi tuzilayotgan vaqtda 
sug‗urtalanuvchi va sug‗urtalovchi turli shaxslar bo‗lganda sug‗urtalovchi 
sug‗urtalanuvchining hayotiga qiziqishi bo‗lishi kerak. 
Birgalikdagi hayot sug‗urtasi er-xotinlik juftliklari asiosida tuziladi. Birinchi 
o‗lim prinsipi asosida tuzilgan birgalikdagi hayot sug‗urta shartnomasida 


79 
shartnoma summasi birinchi shaxs vafot etganda ikkinchi shaxsga to‗lab beradi. 
Ikkinchi o‗lim prinsipi asosida tuzilgan hayot sug‗urta shartnomasi ikkala shaxs 
ham vafon etganda me‘rosxo‗r shaxsga to‗lab beriladi. Birinchi turdagi sug‗urta 
mukofoti ikkinchi turdagi sug‗urta mukofotidan sezilarni darajada katta bo‗ladi, 
chunki bitta o‗lim kelishi riski ikkita o‗limnikidan ko‗ra baland hisoblanadi. 
Sug‗urta predmeti bo‗yicha hayot sug‗urtasi: 
-
o‗lim hodisasini sug‗urtalash; 
-
qolgan umni sug‗urtalash. 
O‗lim hodisasi sug‗urtasi sug‗urtalangan shaxs vafot etganda sug‗urta 
summasi to‗lab beriladi. Qolgan umrni sug‗urtalashda esa shartnoma muddati 
tugagan vaqtda sug‗urtalangan shaxs hayot bo‗lsa sug‗urta summasi to‗lab beriladi. 
Sug‗urta mukofotlarini to‗lash tartibi bo‗yicha: 
-
bir martalik to‗lov amalga oshiriladigan sug‗urta shartnomalari; 
-
davriy to‗lov amalga oshiradigan sug‗urta shartnomalari. Davriy to‗lov 
mukofotlari bir martalik to‗lovdan summasidan farq qiladi.
Sug‗urta qoplamalarining amal qilish davri bo‗yicha: 
-
umrbod sug‗urtalash (butun umrga); 
-
aniq bir davrdagi hayot sug‗urtasi. 
Sug‗urta qoplamasining amal qilish muddati kriteriyasi nafaqat vaqt omilini 
balki sug‗urta kompaniyasining o‗ziga olayotgan riskini ham aniqlab beradi. Hayot 
sug‗urtasida sug‗urta hodisasining yuzaga kelish ehtimoli 

sug‗urta qiluvchi 
uchun 1 ga teng.
Ma‘lum bir vaqt uchun sug‗urta hodisasi sodir bo‗lish ehtimoli sug‗urta 
predmetiga bog‗liq: qolgan umrni sug‗urta qilish ehtimoli (
P
<1), o‗lim sug‗urtasi 
ehtimoli (
P
<1), agar har ikkisi bo‗lsa sug‗urta hodisasi sodir bo‗lish ehtimoli 1 ga 
teng. Bunda sug‗urta qiluvchi kompaniya garantiyani qanchalik katta bersa, 
sug‗urta hodisasi sodir bo‗lish ehtimoli qanchalik baland bo‗lsa, va sug‗urta 
shartnomasi muddati qanchalik qisqa bo‗lsa shuchalik yaxshi bo‗ladi.
Sug‗urta qoplamasi shakli bo‗yicha:
-
qat‘iy belgilangan sug‗urta summasi; 


80 
-
kamayib boradigan sug‗urta summasi; 
-
oshib boradigan sug‗urta summasi; 
-
sug‗urta polislarining chakana narxlari indeksining oshishi bilan oshib 
boradigan sug‗urta summasi; 
-
sug‗urta 
kompaniyasi 
foydasiga 
sherikligi 
hisobidan 
sug‗urta 
summalarining oshib borishi; 
-
sug‗urta summasining sug‗urta mukofotlarini to‗gridan to‗g‗ri maxsus 
investitsion fondlarga investitsiya qilish hisobiga oshib borishi.
Aniq belgilangan summada sug‗urta qilish ancha eski va ko‗p tarqalgan 
shakl hisoblanadi. Kamayib boradigan sug‗urta summasi shakli kredit olishda 
hamkor element hisoblanadi va qachon qarzni qaytarayotganda sug‗urta summasi 
foizlar va asosiy qarz hayoti sug‗urta qilingan shaxsning kreditori foydasiga o‗tib 
ketadi. Oshib boradigan summa sug‗urta shakli yaqinda moliya bozorida 
raqobatning kuchayib ketishi natijasida sug‗urtachi sug‗urta va moliyaviy 
mahsulotlarini birgalikda sotishi bilan paydo bo‗ldi.
Sug‗urta to‗lovlarining ko‗rinishlari bo‗yicha quyidagicha farq qiladi: 
-
hayot sug‗urtasining bir martalik sug‗urta to‗lovi; 
-
hayot sug‗urtasining annuitet bo‗yicha bo‗yicha sug‗urta to‗lovlari; 
-
pensiya to‗lovlari shaklidagi hayot sug‗urtasi. 
Sug‗urtaning birinchi ko‗rinishi sug‗urtalovchiga yoki uning merosxoriga 
sug‗urta hodisasi yuzaga kelganda yoki shartnoma muddati tugaganda to‗lab 
beriladigan aniq bir kapitalni ifodalaydi. Ikkinchi ko‗rinishi bo‗yicha kapital emas, 
balki davriy to‗lab boriladigan sug‗urta to‗lovlarini ifodalaydi. Uchinchi ko‗rinish 
bo‗yicha to‗lovlar sug‗urtalovchi qachon pensiyaga chiqsa o‗shanda sug‗urta 
to‗lovlari pensiya tariqasida oylik, choraklik yoki yillik qilib to‗lab beriladi.
Shartnoma tuzish usullariga ko‗ra hayot sug‗urtasi ikkiga bo‗linadi: 
-
individual; 
-
kollektiv.
Birinchi vaziyatda shartnoma jismoniy shaxs bilan tuziladi va uning 
predmeti bir yoki ikki kishi bo‗lishi mumkin. Kollektiv shartnomalar yuridik shaxs 


81 
tomonidan tuziladi va aniq bir shaxslar hayot risklarini sug‗urtalaydi. Juda ko‗p 
hollarda kollektiv sug‗urta shartnomalarida nafaqat o‗lim riskini, balki baxtsiz 
hodisa, nogironlik va kasallik risklarini ham sug‗urta qilinadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish