O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet47/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

SAMARQAND – SHARQ GAVHARI
Samarqand ham dunyoga mashhur Bobil, Afina, Rim shaharlari kabi boy tarixga ega. Uning yoshi 2700 yildan ortiq. Samarqand dastlab Siyob daryosi sohilida qad ko‘targan. U o‘n yarim kilometrli mudofaa devori bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga uchta darvoza orqali kirilgan. Samarqandni miloddan avval 329-yili Aleksandr Makedonskiy, VIII asrda Qutayba, XIII asrda Chingizxon qo‘shinlari bosib olib, vayron qilishgan. Qadimgi Samarqand shahri xarobalari hozir Afrosiyob nomi bilan yuritiladi.
XV asrga kelib Samarqand Afrosiyob xarobalaridan janubroqda qayta tiklandi. Tez orada yana dunyoga dong‘i ketgan go‘zal shaharga aylandi. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxtiga aylantirilganidan so‘ng shaharda ma’muriy binolar, masjidlar, madrasalar, hammomlar, savdo markazlari, karvonsaroylar ko‘plab qurildi. Shahar atrofi olti darvozali mudofaa devori bilan o‘rab olindi. Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohizinda ansambllarining qurilishi shaharni yana-da go‘zallashtiradi. Shahar atrofida Bog‘ishamol, Bog‘idilkusho, Bog‘ibaland, Bog‘imaydon, Bog‘ibehisht, Bog‘izag‘on kabi 12 ta ko‘rkam bog‘ barpo etildi.
Amir Temurdan so‘ng Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Samarqandni obodonlashtirish ishlari davom ettirildi. Ulug‘bek rasadxonasi va Ulug‘bek madrasasi, XVII asrga kelib Sherdor hamda Tillakori madrasalari qurildi. O‘sha davrda qurilgan Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroyga davlat idoralari, qurol-yarog‘ ustaxonalari, xazina, zarbxona va qamoqxona joylashtirildi.
XVI asrda Buxoro xonligi tashkil topgandan so‘ng poytaxt Buxoroga ko‘chirildi. XVII-XVIII asrlarda Samarqand yana turli bosqinchilar tomonidan talanib, vayron etilgan. Shaharning mehnatkash aholisi uni yana va yana qayta tiklayvergan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Samarqandda zamonaviy binolar qurila boshladi. 1924-1930-yillarda u O‘zbekiston Respublikasining poytaxti bo‘ldi. Hozirgi paytda Samarqand shahri aholi soni va sanoat korxonalari ko‘pligi jihatidan respublikamizda ikkinchi o‘rinda turadi. Samarqand kengayib, yana-da obodonlashib bormoqda. Turar joylar ko‘paydi, yangi jamoat binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo-sotiq majmualari, keng va ko‘rkam istirohat bog‘lari, xiyobonlar, maydonlar, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar qurilgan mikrorayonlar barpo etildi. Tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash, yangilarini qurishga e’tibor berilmoqda. Shaharda Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Abulqosim Rudakiy, Islom Karimov kabi ulug‘ insonlarga mahobatli haykallar o‘rnatilgan.
Samarqand rivojlangan sanoat shahridir. Bu yerda muzlatgichlar, liftsozlik, avtomobilsozlik, chinni buyumlar, kino asbob-uskunalari, burg‘ulash asboblari, motor qismlari ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar, poyabzal, shohi va baxmal to‘qish, trikotaj, galanteriya fabrikalari va ko‘plab milliy hunarmandchilik korxonalari mavjud.
Samarqand respublikamizning yirik ilm-fan markazlaridan biri. Universitet, qishloq xo‘jalik, savdo va servis, tibbiyot, chet tillari, me’morchilik-qurilish institutlari, axborot texnologiyalari universitetining filiali, ko‘plab maktab va litseylarda yoshlar fan sirlarini o‘rganmoqdalar.
Samarqand shahri va viloyat hududida joylashgan Doniyol payg‘ambar, Imom Ismoil Buxoriy, Maxdumi A’zam, Moturudiy, Xo‘ja Ahrori Valiy, Qusam ibn Abbos, Amir Temur maqbaralarini ziyorat qilish uchun har yili millionlab sayyohlar kelishadi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish